O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—noyabr oylarida hajmi jami 2,9 milliard dollarga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 250,5 million dollarga oshgan.
2022-yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar quyidagicha:
- Rossiya – 1,2 miliard dollar;
- Turkiya – 482 millon dollar;
- Qirg‘iziston – 458 millon dollar;
- Xitoy – 253 millon dollar;
- Eron – 75 millon dollar;
- Polsha – 73,2 millon dollar;
- Qozog‘iston – 55,3 millon dollar;
- Tojikiston – 54,5 millon dollar;
- Belarus – 39,2 millon dollar;
- Italiya – 36,9 millon dollar.
Izoh (0)