Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-yanvar kuni sanoatda ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlarini ta’minlash, mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, prezident o‘z murojaatnomasida sanoatni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha katta rejalarni belgilab bergan. Unda har bir tumanga 50 million dollar investitsiya olib kelish vazifasi qo‘yilgan.
“Bu – har bitta tumanda qo‘shimcha kamida 5 mingta ish o‘rni va 20 milliard so‘m soliq tushumi paydo bo‘ladi, degani”, — dedi davlat rahbari.
Bu ishlarni tizimli tashkil qilish uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashkil qilingan.
Vazir Qudratov, hokimlar va tarmoq rahbarlari bu ishlarni to‘g‘ri tashkil qilsa, 2023 yilda sanoatda o‘sishni 14 foizga olib chiqish mumkinligi ta’kidlangan.
Izoh (0)