• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Aytildi, ammo ko‘p o‘tmay qaytildi. Maktablarda 11-yanvardan dars boshlanishi haqidagi xabarni jamoatchilik qanday qarshiladi?

    Xabaringiz bor, O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida 11-yanvar kuni tugashi kerak bo‘lgan qishki ta’til sovuq ob-havo oqimi kirib kelayotganligi sababli 17-yanvarga qadar uzaytirilgandi. Bugun esa aytilgan gapdan qaytilgani, aksariyat hududlarda jumladan Surxondaryo, Xorazm, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida maktablar faoliyati 11-yanvardan yana davom ettiriladigan bo‘lgani ochiqlandi.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Dastlab bu haqdagi shov-shuvlar Jizzax shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri Oydin Hamroqulovaning shahardagi umumta’lim maktabi direktorlariga ta’lim dargohlaridagi isitish pechlarini yoqib, tayyor qilishlari kerakligini uqtirib, o‘quv jarayonlari 11-yanvardan davom etishini bildirishi bilan boshlandi.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Jizzax shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri Oydin Hamroqulovaning maktab direktorlariga yozgan xabarida shunday deyiladi. “Bugun hamma issiqlik tarmog‘i suvini to‘ldirib, yoqinglar. Qishki ta’til bekor qilindi. Hammaga 11-yanvardan ish boshlanadi. O‘qituvchilar o‘quvchilarni chaqirib, darsga tayyorgarlik ko‘rib kelishsin”.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    “Daryo”ning bu haqdagi so‘roviga javob bergan Oydin Hamroqulova xabar maktab direktorlariga 9-yanvar kuni kechki payt yozilganini, 10-yanvar kuni ob-havo keskin sovigani va qalin qor yoqqani sababli bu topshiriq bekor bo‘lganini aytdi. Surxondaryo viloyati hokimligi esa Telegram messenjerida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i nomidan tarqalayotgan xabarlar to‘g‘ri ekanini, hududdagi maktablarda dars jarayonlari 2023-yilning 11-yanvaridan boshlanishini tasdiqladi.

    Ko‘p o‘tmay Xorazm, Buxoro va Andijon viloyatidagi maktablarda ham dars jarayonlari 11-yanvardan boshlanishi ma’lum bo‘ldi.

    Xo‘sh, buni jamoatchilik qanday kutib oldi?

    “Hokimlar o‘quv jarayonlarini belgilash yoki ta’tilni bekor qilish bo‘yicha mustaqil vakolatga ega emas”, — deydi Telegram’dagi “Yuristkadastr” kanali admini amaliyotchi yurist Saidali Muxtoraliyev.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Ba’zi bir viloyatlarda, jumladan, Andijon va Xorazm viloyatlarida ayrim ta’lim muassasalari uchun ertadan o‘quv jarayonlari boshlanishi haqida xabar tarqaldi. Bu yoqda maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oliy o‘quv yurtlari uchun 18-yanvargacha ta’til e’lon qilingan. Lekin Vazirlar Mahkamasidan chiqqan qaysidir yig‘ilish bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarda o‘quv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish belgilanibdi. Aslida hokimlar o‘quv jarayonlarini belgilash yoki ta’tilni bekor qilish bo‘yicha mustaqil vakolatga ega emas. Sababi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 27-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari keltirilgan bo‘lib, bular qatorida ta’lim muassasalari uchun o‘quv ta’tillarni belgilash yoki ularni bekor qilib, o‘quv jarayonlarini boshlash yoki ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish vakolati ko‘rsatilmagan. Shunday ekan, hokimliklar bu masalani mustaqil hal qila olmaydi.

    Yuqoridagi qonunning 26-moddasida Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari ekanligi belgilangan. Hozir bu vazirliklar Maktabgacha va maktab vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. 26-moddada aynan mana shu vazirliklarning asosiy vakolatlaridan biri sifatida ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish vakolati e’tirof etilgan. Demoqchi bo‘lganimiz, ta’lim sohasidagi asosiy qonunda joylardagi ta’lim muassasalari uchun o‘quv jarayonlarini belgilash yoki ta’til belgilash ko‘proq shu sohaning egalari bo‘lgan Maktabgacha va maktab vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining vakolatiga kiradi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, viloyat hokimlari o‘z hududlarida joylashgan ta’lim muassasalari uchun belgilangan ta’til muddatlarini o‘zgartirishni hamda qaysi ta’lim muassasalar uchun o‘quv jarayonlarini qaysi vaqtdan boshlanishini yuqoridagi vazirliklarsiz o‘zlari mustaqil hal qila olmaydi”, — deydi yurist.Huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bu haqda fikr bildirar ekan, ta’lim ham o‘yinchoq bo‘lib qolganini, boshidan puxta o‘ylab, o‘rganib, keyin qaror qilinishi kerakligini yozmoqda.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Huquqiy tomondan qarasak, ta’til muddatini uzaytirish haqidagi qarorni bosh vazir qabul qilgan edi. Ayrim hududlarda (shuningdek, Andijonda ham deyishmoqda) ta’tilni muddatidan avval tugatishga bosh vazir yana ruxsat beribdimi? Yoki hokimlar hukumat qaroriga qarama-qarshi ta’tilni tugatish to‘g‘risida o‘zlari qaror chiqaryaptimi? Qachondan buyon o‘zi hokimlar ta’til muddatini uzaytirish yoki qisqartirishga aralashadigan bo‘lib qoldi? “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 27-moddasida hokimlarga bunaqa vakolat berilmagan. Xullas, hamma yoq “kasha”. O‘rtada ta’lim — talabalar va o‘quvchilar sarson. Bu masalada yakuniy gapni Maktabgacha va maktab vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi aytishi kerak. Asosiy vakolat ularda”, — deydi bloger.

    Shuningdek, bu masalaga “Davletovuz” kanali ham e’tibor qaratgan.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Andijon viloyati hokimligi barcha ta’lim muassasalarida, Xorazm viloyati esa maktablarda ertadan o‘qish boshlanishini e’lon qildi. Ta’lim tizimiga mas’ul vazirlik esa hozircha sukut saqlamoqda, odamlarda savollar ko‘paydi. Markazlashtirilgan tartibda rasmiy axborot berilsa yaxshi bo‘lar edi, — deyiladi “Davletovuz” kanalida.

    Hokimlar tashabbusi bilan boshlanayotgan darslar haqidagi yangilikni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida kulgiga olib, zaharxanda qilayotganlar ham yo‘q emas.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    O‘qituvchi va murabbiylar faoliyati haqida yozuvchi “Ma’rifat” gazetasi bosh muharriri Husan Karvonli shaxsiy Telegram kanalida “O‘qituvchilar shu sovuqda hokimlarning o‘zi maktabda dars o‘tib bersin deyapti”, degan bo‘lsa, Facebook foydalanuvchi Mehribon Polvonova esa “O‘quvchilarimni maktabga chaqirsam, ota-onalar menga tuturug‘ingiz bormi deyapti”, — dedi.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Telegram messenjeridagi kanallarda, shuningdek, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi vaziri Hilola Umarova 2023-yilning 6-yanvar kuni imzolagan buyruq skrini ham tarqalayotgan bo‘lib, unda maktab va bog‘chalarda ta’lim berish jarayoni 2023-yilning 18-yanvaridan ekanligi yozilgan.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Biroq bu eski buyruq bo‘lib, bugun tarqalgan xabarlarga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugun soat 20:15 da munosabat bildirib, qishki ta’til davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berilganini ma’lum qildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini ma’lum qilamiz. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlariga ta’lim sohasidagi tegishli vakolatlar berilgan, — deyiladi vazirlikning uzoq kutilgan izohida.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    10.01.2023, 20:20   Izoh (0)   51104
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qulay haroratni saqlab turgan holda isitish xarajatlarini qanday tejash mumkin?

    10.01.2023, 20:09

    Toshkent viloyatida “Jiguli” yo‘l chetidagi ikki kishini urib yubordi. Piyodalar vafot etgan

    10.01.2023, 19:58

    Xorazmda o‘rdaklar noqonuniy ovlangani ortidan ekoinspektorlar ishdan olindi

    10.01.2023, 19:53

    O‘zbekiston bo‘ylab dekabr oyida 1879 nafar egizak tug‘ildi

    10.01.2023, 19:51

    “Gemodializ xizmati ko‘rsatishda 14 turdagi vositalar va 5 nomdagi dorilar bemorlarga davlat tomonidan beg‘araz berilmoqda” — SSV

    10.01.2023, 19:21

    Qashqadaryoda ikki yoshli qiz noto‘g‘ri emlanish oqibatida falaj bo‘lib qolgani haqidagi xabarga munosabat bildirildi

    10.01.2023, 19:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda dronlar shousi bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

    Layfstayl | 23 iyun, 17:00

    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik

    Reklama | 23 iyun, 16:30

    Hunnu Air O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 16:55

    Bel og‘rig‘ining bepul davosi: mutaxassislar oddiy usulni tavsiya qilmoqda

    Salomatlik | 23 iyun, 16:46

    “Al-Hilol” Osimhen va Teo Ernandes transferini tezroq yakunlamoqchi

    Sport | 23 iyun, 16:39

    Saida Mirziyoyeva BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi (foto)

    O‘zbekiston | 23 iyun, 16:32

    Toshkentda 11 yoshli qiz do‘kon tomida tok urishi oqibatida vafot etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 16:28

    O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 16:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.