Afg‘onistonning Bomiyon viloyatida “Tolibon”ning ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish departamenti yetti kishini uzun soqol qo‘ymagani uchun hibsga oldi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Hibsga olinganlar “Tolibon”ning viloyatdagi jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari ekani aytilmoqda.
“Ikki kun avval (7-yanvar) Bomiyon sog‘liqni saqlash boshqarmasining yetti nafar xodimi soqol qo‘ymagani uchun toliblar tomonidan hibsga olingan edi”, — deydi manba.
Mazkur holat yuzasidan “Tolibon” harakati nazoratidagi boshqa davlat idoralari xodimlarini soqol qo‘ymasa, hibsga olinishidan ogohlantirgan. Hozirda hibsdagi erkaklar qo‘yib yuborilgani aytilmoqda. Bomiyondagi mahalliy “Tolibon” rasmiylari vaziyatga rasmiy munosabat bildirmagan.
Mavzuga doir: Afg‘onistonda “Tolibon” harakatini Facebook‘da tanqid qilgan yigit qamoqqa olindi
Izoh (0)