Harbiy prokuratura tomonidan 8-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari hodimlari kuni munosabati bilan “Qurolli kuchlar davlat muzeyi”da tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etuvchi uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.
Unda Harbiy prokuratura organlari faxriylari, Toshkent shahrida joylashgan yetakchi oliy harbiy ta’lim muassasalari, xususan, Qurolli kuchlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyalari, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, Temurbeklar maktabi o‘quvchilari hamda harbiy prokuraturaning yosh prokuror-tergov xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir O‘zbekiston harbiy prokurori Botir Qudratxo‘jayev rahbarligida o‘tkazildi. Mudofaa vazirining o‘rinbosari Hamdam Qarshiyev, prokuratura organlarini qo‘llab-quvvatlash markazi boshlig‘i Botir Kalonov uchrashuvda yoshlarni o‘z firklarini bildirib, barcha prokuratura organlari xodimlarini bayram bilan qutladi.
Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan uchrashuvda faxriylar o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. So‘ngra faxriylar va yoshlar “Prokuratura organlari muzeyi” bilan tanishdi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda qonunga hurmat, adolat tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida shu kabi tadbirlar kelgusida ham davom ettiriladi.
Izoh (0)