5-yanvar kuni Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida janjal sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 09:55 larda fuqaro B.N. Baliqchi tumani “Eskimarkaz” MFY Mukarram ko‘chasida joylashgan “Farovonlik timsoli” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga “Moskvich” avtomashinasiga gaz quyish uchun kelgan. Navbat kutib turgan vaqtida u va shoxobchada qorovul bo‘lib ishlovchi D.T. hamda S.D. o‘rtasida boshqa 2 nafar haydovchini navbatsiz kiritib yuborgani uchun o‘zaro janjal kelib chiqqan.
Janjal vaqtida D.T va S.D. fuqaro B.N.ning oyoq va bosh qismiga yog‘och bilan urib, tan jarohat yetkazgan.
Holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)