• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Oylik olmasangiz, nega vaqtingizni sarflab maqola yozasiz, deydiganlar ko‘p” — o‘zbekcha Wikipedia uchun beminnat xizmat qilayotgan Nodir Atayev bilan suhbat (video)

    “Daryo” nashri 13 yildan beri o‘zbek tilidagi Wikipedia’dagi administratorlik qilib kelayotgan Nodir Atayev bilan intervyu uyushtirdi. Suhbat davomida mutaxassis o‘z faoliyati, Wikipedia’ning muhim jihatlari va “Vikistipendiya” loyihasi to‘g‘risida so‘zlab berdi.

    “Wikipedia uchun bepul ishlaymiz”

    O‘zbekcha Wikipedia’da tahrir qilish va maqolalar yozishni 2009-yilda boshlaganman. Aslida o‘zbekcha Wikipedia 19 yildan beri mavjud. Lekin bizda uni ko‘pchilik bilmaydi. Wikipedia’ni ko‘ngillilar yaratadi va yuritadi. Ya’ni hech kim maosh olmaydi. Menga o‘xshagan foydalanuvchilar bo‘sh vaqtida o‘zini qiziqtirgan mavzularda maqola yozadi. O‘zbekcha Wikipedia’mizning ahvoli yomon bo‘lishining sababi ko‘ngilli ravishda ishlaydigan foydalanuvchilar sonining oz bo‘lgani bilan bog‘liq.

    Men o‘zimni til jonkuyari deb hisoblayman. O‘zimning ona tilimda boshqalar bepul ma’lumot topa olsin, degan maqsadim bor. Oddiy misol, bir kasallik haqida ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz Google’ga kirasiz va uni  qidirasiz. Odatda natijalar rus tilida chiqadi. Koronavirus haqidagi ma’lumotlarni ham odamlar ruscha yoki inglizchada o‘qiydi. Bizning yagona maqsadimiz o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar o‘z ona tilida istagancha ma’lumot topa olsin.

    G‘arbda tahsil olganim uchun ko‘rdimki, u yerda ko‘ngillilar juda ko‘p. Masalan, o‘qishga yoki ishga hujjat topshirayotganda rezyume yuborsangiz yoki insho yozsangiz albatta, ko‘ngilli sifatida nima ishlar qilganingizni so‘raydi. Chunki ular uchun bu tabiiy hol.

    Nodir Atayev

    Nodir Atayev
    Foto: “Daryo”

    “Noyob loyihaga qo‘l urdik”

    O‘zbekcha Wikipedia’da 19 yil davomida 140 mingta maqola yaratilgan. Shundan 60 mingtasi Milliy ensiklopediyadan olingan ma’lumotlar va bot yordamida yozilgan.

    Ochig‘i, bizning jamoaga yordam kerak edi. Bizda ishtiyoq ancha pasaygandi. Chunki yirik minglab maqolalar yozish uchun katta potensial va ko‘psonli jamoa bo‘lishi zarur. Bizga mutaxassislar yetishmas edi.

    Ammo 2022-yilning may oyida ajoyib loyihani yo‘lga qo‘ydik. Hozirda uning birinchi bosqichi yakuniga yetdi. Bu loyihamiz “Vikistipendiya” deb nomlandi. Marafonning asosiy maqsadi o‘zbek tilidagi Wikipedia’ni rivojlantirishga qaratilgan.

    Loyiha o‘zbekcha Wikipedia’ning faol tahrirchilari jamoasi va Yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Bu noyob loyiha bo‘ldi.

    O‘zbekcha Wikipedia’da maqolalar soni oz va borlarining ham sifati yaxshi emas edi.

    Yoshlar ishlari agentligi aprel oyida “faol foydalanuvchilar bilan kelinglar, birga loyiha bajaraylik, maqolalarni soni va sifatini oshiraylik”, degan taklif bilan chiqdi. Biz bunga rozi bo‘ldik.

    Marafonda qatnashish uchun yosh cheklanmadi, istagan odam unda ishtirok eta oldi. Marafon 7 oy davom etdi va barchaga maqola yaratish orqali o‘zaro bellashish imkoni berildi.

    Loyihada bir necha ming nafar odam qatnashdi. Marafon 20-dekabr kuni o‘z yakuniga yetganida maqolalarimiz soni 77 mingtaga oshdi. Marafon boshlangan paytda o‘zbekcha Wikipedia’da 140 mingta maqola bor edi, yakunda esa 217 mingtadan oshib ketdi. Bu katta yutuq.

    Foto: Yoshlar ishlari agentligi

    Taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi. Faol, eng ko‘p va sifatli maqolalar yaratgan foydalanuvchilar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bir martalik stipendiya bilan taqdirlandi. Birinchi o‘rin egasiga 50 million so‘m berildi. Bu juda katta mablag‘.

    Bunaqa marafonlar boshqa mamlakatlarda ham uyushtiriladi. Lekin hech qayerda bunchalik uzoq vaqt davomida yoki bu kabi katta mablag‘ fondi bilan uyushtirilmagan.

    Foto: Yoshlar ishlari agentligi

    Wikipedia’da o‘rnatilgan rekordlar

    Loyiha davomida ko‘plab rekordlar o‘rnatildi. Masalan, noyabr oyi o‘zbekcha Wikipedia’ning 19 yillik tarixida eng ko‘p tahrir qilingan oy bo‘ldi. Shu oy davomida 250 mingtaga yaqin tahrir bo‘ldi. Shundan 105 mingtasi foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirildi. Qolgani bot orqali bajarildi. Lekin foydalanuvchilar qilgan tahrir natijalari ham rekord hisoblanadi. Ya’ni o‘zbekcha Wikipedia’da hech qaysi oyda 105 mingta tahrir qayd etilmagandi.

    Wikipedia mintaqada rus tilida ko‘proq o‘qiladi. Qirg‘iziston deysizmi yoki Tojikistonmi farqi yo‘q, barcha qo‘shni davlatlarda har doim rus tilidagi Wikipedia’ga tashriflar ko‘p bo‘ladi. Noyabrda mintaqada ilk bor o‘zbekcha Wikipedia’ga tashriflar soni O‘zbekistonning ichida ruscha Wikipedia’ga tashriflardan o‘zib ketdi. Bu o‘zbekcha Wikipedia’da kontent ko‘paygani va undan ko‘proq odam xabar topgani, onlayn dunyoda ruschani o‘rinini o‘zbekcha egallab borayotganini ko‘rsatadi. Bu ham yuqori natijalarimizdan biri bo‘ldi.

    “Odamlar nega vaqtingizni sarflab tekinga maqola yozasiz deb ko‘p so‘raydi”

    Ayrim insonlar Wikipedia’da ishlaysizmi, deb so‘raydi. Bu savol noto‘g‘ri. Chunki Wikipedia’da ishlash mumkin emas. U bepul va ochiq loyiha. Wikipedia’ga ko‘ngilli ravishda hissa qo‘shish kerak. Oylik olmasangiz nega vaqtingizni sarflab maqola yozasiz yoki kontent yaratasiz, deydiganlar ham uchraydi. Tushunishlari qiyin bo‘ladi. Biroz suhbatlashgach, tushuntirganimdan so‘ng, ha qoyil, ajoyib, men ham qiziqib ko‘raman deb aytib qolishadi. Lekin odamlar nima uchun ko‘ngillilik qilish kerakligini tushunmaydi. Bu bizda keng tarqalmagan. Aslida ko‘ngillik ravishda ishlashning yaxshi tomonlari ko‘p.

    Nodir Atayev

    Nodir Atayev
    Foto: “Daryo”

    Albatta, odamlarni ko‘proq jalb qilish uchun tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish kerak. Marafonda qatnashganlar bu haqda tushunchaga ega bo‘ldi va ko‘ngillilar soni ko‘payadi.

    Eng muhimi, o‘zimiz amalda ko‘rsatib berishimiz va misol bo‘la olishimiz kerak. Masalan, men shu paytgacha o‘zbekcha Wikipedia’da 50 mingta maqolani tahrir qildim. Ko‘ngilli sifatidagi faoliyatim sababli Wikipedia asoschisi Jimmi Ueyls bilan ko‘rishdim. Xalqaro anjumanlarga yetti marta to‘liq grant asosida bordim. Afrikadan tortib, Yevropa, Amerikada o‘tkazilgan global vikichilar anjumanlarida qatnashdim.

    Masalan, 2022-yilda shu kabi anjumanlardan biri shimoliy Makedoniyada bo‘ldi. U yerda o‘zimizda o‘tkazilgan Wikipedia marafoni haqida ma’ruza qildim. Istanbulda ham anjuman bo‘ldi. Unda ham ishtirok etdim. Wikipedia’ga hissa qo‘shib, men faqat yaxshi yutuqlarga erishyapman.

    Ijtimoiy tarmoqlarda 15 daqiqa sarflagandan ko‘ra, o‘sha vaqtni o‘zimni qiziqtirgan mavzuda maqola yozib qo‘ysam, uni kimdir o‘qiydi. Masalan, Google’da Erkin Vohidov qidirib ko‘ring. Xursandmanki, bu haqda inglizcha Wikipedia’da ham, o‘zbekchasida ham boshdan oyoq men yozgan maqola chiqadi. Wikipedia’ga yozib, joylagan har bir maqolangiz tarixiga kirib, uni necha marta o‘qilganini ko‘rishingiz mumkin. Bu sizdan foydali narsa qolayotganini bildiradi.

    07.01.2023, 19:36   Izoh (0)   10176
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Qambarota-1 GES qurilishi “yo‘l xaritasi”ni tasdiqladi

    07.01.2023, 18:38

    Buxorodagi savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

    07.01.2023, 17:55

    Kelasi hafta boshida O‘zbekiston hududlariga qor yog‘adi

    07.01.2023, 17:22

    Andijondagi gaz zapravkada navbat talashish oqibatida janjal kelib chiqdi

    07.01.2023, 17:05

    Chimyon tog‘larida qor ko‘chdi (foto)

    07.01.2023, 16:53

    Namanganda “Dok-1 Maks” preparatini qabul qilgan 2,5 yashar bola vafot etdi

    07.01.2023, 16:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.