Buxoro viloyat sudi binosida Nukusdagi ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda.
7-yanvar kuni Jo‘qorg‘i Kenges raisi Amanbay O‘rinbayevning ko‘rsatmalari eshitilgan. Sudlanuvchilar qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon ekanligini bildirib, kechirim so‘ragan va prezidentga yetkazishni iltimos qilgan.
O‘rinbayev sudlanuvchilar kim bo‘lishidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ekanini, ularning iltimosini, albatta, yetkazishini ma’lum qilib, sud hay’atidan sudlanuvchilarga qonun doirasida yengillik berishni so‘radi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)