Noqulay ob-havo sharoiti tufayli 7-yanvar kuni O‘zbekistondagi 4 ta aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.
Qayd etilishicha, soat 10:00 dan boshlab quyidagi aeroportlarda samolyotlarni qabul qilish va uchirishda cheklovlar joriy etilgan:
- Andijon aeroporti — tuman, ko‘rish masofasi 50 m;
- Namangan aeroporti — tuman, ko‘rish masofasi 50 m;
- Farg‘ona aeroporti — tuman, ko‘rish masofasi 400 m;
- Urganch aeroporti — tuman, ko‘rish masofasi 600 m.
Izoh (0)