Davlat statistika qo‘mitasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
5-yanvar holatiga ko‘ra:
- suyakli mol go‘shti (1 kg) 49 500—80 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kg) 54 000—91 000 so‘m;
- kartoshka (1 kg) 3300—6000 so‘m;
- piyoz (1 kg) 3000—6000 so‘m;
- sabzi (1 kg) 2000—5 000 so‘m;
- tuxum (10 dona) 11 000—18 000 so‘m;
- guruch (1 kg) 6000—27 000 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 l) 16 000—30 000 so‘m;
- shakar (1 kg) 11 000—14 000 so‘m.
Yuqorida kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilgan bo‘lib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan (supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan).
Izoh (0)