• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    O‘pka saratonining dastlabki 6 ta alomati

    Har qanday saraton kasalligini davolash mumkin. Faqat bir yo‘li bor: saratonning erta tashxisi. Bu xastalikdan avval uni yengib o‘tishning eng maqbul chorasidir. Buning uchun siz nimalarga ko‘proq e’tibor berishingiz kerak? Quyida batafsil keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    Avvalo, salomatligingizga befarq bo‘lmang. Tanangiz haqida vaqtida qayg‘urishni biling. Agar sog‘lig‘ingizda biror noxush o‘zgarish sezilsa, darhol ishonchli shifokor bilan maslahatlashing. Kasallikni erta aniqlash muvaffaqiyatli davo ekanini hamisha yodda tuting.

    O‘pka saratonining dastlabki belgilarini vaqtida kuzatish nima uchun muhim?

    O‘pka saratonining ilk belgilari kutilganidek (doimiy yo‘tal, nafas siqishi, qon aralash balg‘am) kechadi. Yelkalarda ko‘krak qafasining orqa tomonida, hatto, paradoksal ravishda tizza bo‘g‘imlarida kuchli bo‘lmagan muntazam og‘riqlar kuzatiladi. Simptomlar erkaklar va ayollar, chekuvchilar va chekmaydiganlar o‘rtasida ham farq qiladi. Shu bilan birga, klinik yosh qiyofasini sezilarli darajada o‘zgartiradi.

    Qayd etish kerak, inson onkologik xavflarni oshiradigan faktorlar bilan uzviy bog‘liq holda yashaydi. Garchi doimiy sog‘lom turmush tarzini tanlaganlar ham saratondan kafolatlanmagan — xastalik har kimga ta’sir qilishi mumkin.

    O‘pka saratonining eng ko‘p uchraydigan belgilari qanday?

    Biz o‘pka saratoni haqida ma’lum bir kuzatuvlarni bilamiz, biroq bu har doim ham muqobil kelmasligi mumkin. O‘pka saratoniga ishora beradigan eng “mashhur” belgilar kuchsiz bo‘ladi yoki birma-bir paydo bo‘la boshlaydi. Ushbu belgilarga e’tibor bering:

    • doimiy yo‘tal.
    • nafas siqishi.
    • respiratorli infeksiyalarning tez-tez takrorlanishi.
    • yo‘tal vaqtida qon.
    • yelkalarda, ko‘krak qafasida, qo‘llardagi og‘riq.
    • sababsiz vazn yo‘qotish.
    Yo‘tal

    Yo‘tal — o‘pkada saraton kechayotganining eng keng tarqalgan simptomidir. Bu o‘pka saratoni haqida o‘ylaganimizda, aqlga kelgan birinchi xavotirdir. Chunki o‘pka saratoniga uchragan bemorlarning yarmida uchraydigan belgi yo‘taldir. U turli shakllarda bo‘lishi mumkin: ho‘l yoki quruq, tez-tez yoki kamdan-kam; kechasi yoki kunning istalgan vaqtida qo‘zg‘ab qoladigan yo‘tal. Aksar odamlar yo‘talga hadeganda e‘tibor beravermaydilar: changdan, allergiyadan yoki juda quruq havo tufayli yo‘tal tutgan deb o‘ylashadi. Chekuvchilar esa bu borada mutlaqo beparvo yoki saraton xavfidan xabarsiz. Biroq bizni bir necha haftadan so‘ng tark etmagan yo‘tal jiddiy bir narsaning alomati bo‘lishi mumkin.

    Nafas siqishi

    O‘pka saratonida bu belgi ham keng tarqalgan simptomdir. Shu bilan birga ancha erta paydo bo‘ladi (ayniqsa, umuman chekmaydiganlarda). Odatda, nafas siqishi jismoniy mashqlar (zo‘riqish) paytida paydo bo‘ladi. Odamlar esa buni ortiqcha vazn yoki yosh bilan bog‘laydilar. Ulardan so‘rab ko‘ring-chi, zinalardan chiqish, tepalikka, yuqoriga yayov ko‘tarilish osonmi yoki yo‘q. Agar bu mashg‘ulotlar zavqlanishdan ko‘ra qiyinroq tuyulsa, allaqachon shifokor bilan uchrashishning vaqti kelgan.

    Respiratorli infeksiyalarning tez-tez takrorlanishi

    “Saraton” tashxisi ko‘pincha turli nafas yo‘llari infeksiyalarining uzoq vaqt davolanishidan keyin yangraydi. Agar o‘simta nafas olish yo‘llariga yaqin bo‘lsa, u balg‘amning normal oqishini to‘sib qo‘yishi mumkin. Oqibatda infeksiyalar o‘pkada uzoq qolishi uchun qulay muhit yaratiladi. Bu esa aksar hollarda bronxit va pnevmoniyaga olib keladi.

    Yo‘tal vaqtida qon

    Kutilmagan vaqtdagi qon — tashvishlanish uchun jiddiy sababdir. Qon bilan yo‘talganda zudlik bilan shifokor huzuriga borish shart. Chunki aynan shu simptom o‘pka saratoni aniqlangan bemorlarning beshdan birida paydo bo‘ladi. Va ko‘pincha yo‘tal va nafas siqishi bilan birga dastlabki belgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo ba‘zan qon miqdori juda kam bo‘lib, uni o‘tkazib yuborish mumkin.

    Yelkalar va qo‘llardagi og‘riq

    Ko‘plar yelkalar va qo‘llardagi og‘riqni cho‘zilish yoki noto‘g‘ri bukilish oqibatida sodir bo‘lmoqda deb o‘ylaydi. Ammo og‘riq saratonning ilk belgilaridan biri ekanini hamma ham bilavermaydi. O‘pkaning yuqori qismida paydo bo‘ladigan o‘smalar ba‘zan yelkadagi og‘riqqa sabab bo‘ladi va jimjiliqqacha yetib boradi.

    Ko‘krak qafasida og‘riq

    O‘pkaning o‘zi zarar ko‘rmasa ham, plevra va uning atrofidagi to‘qimalar nerv tugunchalariga boy. Ular miyaga og‘riq signallarini yuboradi. Buni bemor “ko‘krak qafasidagi” yoki “chuqur nafas olgandagi” og‘riq deb biladi. Bundan tashqari ko‘krak qafasining orqa tomonida og‘riqlar kuzatiladi. Og‘riqlar umurtqa pog‘onasining quyi qismlariga qadar tarqaydi. Ogoh bo‘lish kerak, bel og‘rig‘i saratonning dastlabki belgilaridan biridir. Agar o‘simta asab tugunlariga halal bersa, metastazlar umurta pog‘onasi suyaklari, buyrak usti bezlari tomon o‘sgan bo‘lsa, umurtqa pog‘onasining o‘rtasida og‘riqlar paydo bo‘ladi. Og‘riq shunchaki yonboshlab yotgan vaqtda ham, jismoniy faoliyat paytida ham kuzatilishi mumkin. Intensivlik ortishi, odatda tungi vaqtda yoki chuqur nafas olish bilan bog‘liq bo‘ladi.

    Ozish

    Sababsiz ozish yo‘qotish umumiy tana vaznining 5 foizi yoki 6-12 oy ichida 5 kilogrammdan ortiq vazn yo‘qotish hisoblanadi. Saratonning vazn yo‘qotishiga turli sabablar bor: ishtahani kamaytirishdan metabolizmdagi o‘zgarishlargacha. Bemorlarning 35-75 foizida sababsiz ozib ketadi.

    O‘pka saratonining boshqa belgilari qanday?

    Yuqorida aytilganlarga qo‘shimcha ravishda, shifokorlar va bemorlar o‘pka saratonining kam uchraydigan belgilari haqida xabar berishadi. Ular filmlarda ko‘rsatilmaydi yoki kitoblarda tasvirlanmaydi, lekin biz ularni tanib olishimiz uchun muhimdir.

    • ovozning xirillashi.
    • yuz va bo‘yinning shishishi.
    • kuchsizlik.
    • nafas olishning ravon va maromda emasligi.
    • trombozning kuchayishi.
    • paraneoplastik sindrom.
    • metastazlardan kelib chiqadigan alomatlar.
    • tanadagi nimadir “nosoz” ekanini his qilish.
    O‘pka saratoni o‘ziga xosmi?

    Yurak xuruji belgilari erkaklar va ayollarda bir xil kechmaganidek, o‘pka saratoni turlari o‘rtasida ham farqlar mavjud. Chekuvchilarda mayda va skuamoz hujayrali saratonning rivojlanish ehtimoli ko‘proq, asosan katta nafas yo‘llarida. Ayollarda, yoshlarda va umuman chekmaydiganlarda o‘pka adenokarsinomasi ko‘p uchraydi. O‘pka adenokarsinomasi o‘pkaning periferik hududlarida lokalizatsiya qilinadi. Munatazm o‘tirib ishlaydigan odamlarda odatiy belgilari — yengil nafas siqishi, doimiy charchoq va ishtaha yo‘qolishi tufayli salbiy tashxis qo‘yilgan.

    O‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish juda muhim, chunki ko‘p odamlar muammoni faqat o‘simta rivojlanishining jiddiy bosqichida aniqlaydilar. Odam o‘z-o‘zini xavfdan avvalroq himoya qilgani yaxshiroqdir.

    Qanday asoratlar bor?

    O‘pka saratonining asoratlari tashxisdan oldin ham, keyin ham paydo bo‘lishi mumkin.

    Yuz va bo‘yinning shishishi

    Bu holat yuqori vena kava sindromi deb ataladi. Yuz, bo‘yin, qo‘llarning shishishi, bo‘yin va ko‘krakdagi tomirlarning shishishiga olib kelishi mumkin. Simptomlar o‘pkadagi o‘sma qonni yurakka qaytaradigan katta tomirlardan birini bosib qolganda paydo bo‘ladi.

    Metastazlar

    Ko‘pincha saraton faqat o‘simta boshqa organlarga metastazlanganida aniqlanadi. Aksar hollarda o‘pkadagi o‘simta suyaklarga, jigarga, buyrak usti beziga va miyaga tarqaladi. Metastazlarning belgilari qanday?

    • bosh og‘rig‘i, zaiflik, sudurgi (agar metastazlar miyaga kirsa)
    • bel og‘rig‘i, ichak va siydik pufagi nazoratini yo‘qotish (suyak metastazlari)
    • ko‘ngil aynishi, qorinning yuqori qismida og‘riqlar, sariqlik va qichishish (jigar metastazlari)
    Tromboz shakllanishining kuchayishi

    O‘pka saratoni bilan og‘rigan bemorlarda qon quyqalari keng tarqalgan muammodir. Jarrohlik va kimyoterapiya trombozlar paydo bo‘lish xavfini oshirsa-da, ular ko‘pincha davolanishni boshlashdan oldin paydo bo‘ladi.

    Oyoqlardagi og‘riq ko‘pincha chuqur tomir trombozining belgilaridir. Ko‘krak qafasidagi o‘tkir kuchli og‘riq, nafas siqishi bilan birga, o‘pka emboliyasini ko‘rsatishi mumkin (o‘pka arteriyasining qon ivishi bilan bloklanishi).

    Qachon shifokorga ko‘rinish kerak?

    Yuqoridagi belgilarning har biri bilan, ayniqsa, qisqa vaqtda ularning bir nechta kombinatsiyasi kuzatilganda darhol shifokorga ko‘rinish lozim. Ba‘zan simptomlar asta-sekin paydo bo‘ladi va birinchi “jiddiy bo‘lmagan” alomatlardan tashxis qo‘yishgacha ko‘p vaqt talab qilishi mumkin. Agar siz kasallikni ilk davridayoq bilib olsangiz, davolanish ancha samarali bo‘ladi.

    Hech qachon chekmagan bo‘lsangiz (yoki chekishni ko‘p yillar oldin tashlagan bo‘lsangiz), tanangizni diqqat bilan kuzatib borishingiz kerak. Agar shifokor tashvish beruvchi belgilar mavjud bo‘la turib fluyografiyaning o‘zini yetarli deb hisoblasa, (masalan, kompyuter tomografiyasi o‘rniga), boshqa shifokorni qidiring. Afsuski, o‘pka saratoniga chalinish uchun aktiv chekuvchi bo‘lishimiz shart emas.

    Har yili o‘pkangizni fluyografiya qildirasizmi?

    Yana bir bor ta‘kidlash kerakki, har bir belgi muhim ahamiyatga ega. Bu mayda muammo yoki aksincha, salomatligingiz uchun ulkan xavf darakchisi bo‘lishi mumkin, ammo chuqur tekshiruvlardan o‘tmagnuningizcha aniq bila olmaysiz. Sog‘lig‘ingizni obdon tekshirishni talab qiling — bu sizning manfaatingiz uchun muhim.

    06.01.2023, 19:40   Izoh (0)   47803
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Keksalik bilan adashtirmang: Alsgeymer kasalligining 7 ta dastlabki belgilari

    06.01.2023, 14:33

    Faqat kartoshka emas: vazn ortishiga sabab bo‘ladigan sabzavotlar

    06.01.2023, 12:42

    Tezroq vazn kamaytirishga yordam beradigan 7 ta tonggi odat

    06.01.2023, 09:50

    Sabzi kerak emas: ochiq havoda o‘ynash ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradimi?

    05.01.2023, 21:23

    Foydali, ammo vazn ortishiga sabab bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlari

    05.01.2023, 17:36

    Diyetolog tavsiyasi: organizmdan toksinlarni chiqarib tashlashga yordam beradigan mahsulotlar

    05.01.2023, 15:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Dynamic Tower qurilishi mumkin

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:13

    Aguero: “Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini televizorda ko‘rayapti”

    Sport | 15 iyun, 14:00

    Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalari uchinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 12:52

    “Liverpul” ikki hujumchisini 105 mln yevroga pullamoqchi

    Sport | 15 iyun, 12:37

    Parkentda 3 nafar bola suvga cho‘kib vafot etdi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 11:48

    Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradi

    Dunyo | 15 iyun, 11:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.