Andijonda hayvonot bog‘i ishchisi ayiq tishlab olishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
3-yanvar kuni soat 16:00 larda Xo‘jaobod tumani “Mustaqillikning 27 yilligi” MFY hududida joylashgan Andijon hayvonot bog‘i ishchisi A.G. unga ovqat berish maqsadida qafasiga kirgan vaqtida, ayiq unga tashlanib, bo‘yin qismidan tishlab olishi oqibatida og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, hodisa joyi tuman IIB tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan. Fuqaro A.G.ning olgan tan jarohatlarini og‘irlik darajasini va uning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Voqega joyiga borgan “Daryo” muxbiriga hayvonot bog‘i mas’ullarining aytishicha, fojiali voqea ishchi xavfsizlik qoidalariga amal qilmagani oqibatida ro‘y bergan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)