O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 5—10-yanvar kunlari qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu kunlarda kutilayotgan vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik hamda havo haroratidagi o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
- Namangan viloyati: Pop tumanida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Izoh (0)