O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’atining 4-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon domla Inomov boshqa ishga o‘tganligi sababli, uning o‘rniga Toshkent shahridagi “Novza” jome masjidi imom-xatibi Jaloliddin domla Hamroqulov rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasida yangi tashkil etilgan raisning Yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Toshkent islom instituti rektori vazifasida ishlagan Uyg‘un domla G‘ofurov tayinlandi.
Ushbu institut rektori lavozimiga esa O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedrasi mudiri, doktor, professor, Muhammadsiddiqov Muhammadolim tayinlandi.
Izoh (0)