O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov raisligida 4-yanvar kuni Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

/> Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi axborot xizmati

Yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan xatolar, fuqarolar murojaatini tinglashdagi kamchiliklar, aholi bilan ishlashdagi muammolar va mo‘min-musulmonlar ehtiyojlarini ta’minlashdagi oqsoqliklar tahlil qilindi. Shuningdek, poytaxtdagi bir nechta tuman bosh imom-xatibi va markaziy masjid imom-xatibi vazifalari vakant bo‘lib turgani oqibatida kelib tushayotgan shikoyatlarga ham majlisda urg‘u qaratildi.

/> Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi axborot xizmati

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi. Unga ko‘ra, Rahmatulloh Sayfuddinov o‘z arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilib, “Abu Saxiy” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor Yunusov shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Mavzuga doir: Toshkent islom institutiga yangi rektor tayinlandi