Ukraina 31-dekabr kuni Xersonda Rossiya armiyasining bo‘linmalariga hujum qilishi oqibatida 500 ga yaqin rus askari halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining 3-yanvardagi hisobotida ma’lum qilindi.
Hisobotga ko‘ra, 1-yanvar kuni Ukraina qurolli kuchlari Xerson viloyatining Fedorovka hududida rossiyalik harbiy xizmatchilarga hujum qilgan. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni aniqlanmoqda. Ukraina harbiylari 1-yanvarga o‘tar kechasi Donetsk viloyatining Rossiya tomonidan anneksiya qilingan qismida joylashgan Makeyevka shahridagi kasb-hunar maktabi binosiga raketa hujumi uyushtirgan. U yerda urushga safarbar qilingan Rossiya fuqarolari bo‘lgan.
Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, raketa zarbasi oqibatida 400 ga yaqin odam halok bo‘lgan, yana 300 nafari yaralangan. Rossiya Mudofaa vazirligi Makeyevkaga raketa hujumi sodir etilganini tasdiqlab, qurbonlar soni 63 tani tashkil etishini bildirgan.
Izoh (0)