Rossiyada o‘tgan yilning 11 oyi davomida amalga oshirilgan jinoyatlar soni undan avvalgi yilga nisbatan qariyb 10 foizga o‘sdi. Ushbu ko‘rsatkich so‘nggi besh yildagi eng yuqorisiga aylandi, deb yozadi “TASS” Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib.
“Rossiya hududida chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 2021-yilning yanvar-noyabriga nisbatan 9,8 foizga ko‘proq jinoyatlar amalga oshirildi, shu jumladan, MDH mamlakatlari fuqarolari tomonidan 15,2 foizga ko‘proq jinoyatlar qilindi”, — deyiladi IIV xabarida.
Shuningdek, chet elliklarga nisbatan amalga oshirilgan jinoyatlar ham ko‘paygan. Ushbu ko‘rsatkich sezilarsiz darajada — 3 foizga o‘sgan (15 mingta jinoyat).
IIV statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvaridan noyabriga qadar bo‘lgan davrda Rossiyada chet elliklar 33,7 mingta, 2020-yilda 31,7 mingta, 2019-yilda 32,4 mingta va 2018-yilda 35,9 mingta jinoyat sodir etgan, bu esa o‘tgan yili ularning soni eng ko‘p bo‘lganidan darak beradi.
Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev 19-oktabr kuni Davlat dumasida mamlakatda chet elliklar orasida jinoiy hodisalar soni oshib borayotgani kuzatilayotganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatlar o‘sish ko‘rsatkichining 80 foizi narkotiklar noqonuniy aylanmasi sohasiga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)