Daryo

“Tolibon” harakati to‘yxonalar faoliyatini taqiqladi

To‘yxona egalari qaror ishsizlikning ortishiga va investorlarning mamlakatdan chiqishiga olib kelishini aytmoqda

1 daqiqa o‘qish50 682 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

“Tolibon” harakati Afg‘onistonning Samangan viloyatidagi to‘yxonalar faoliyatini taqiqladi. Bu haqda Etilaatroz xabar berdi.

Foto: AP Photo

Ma’lum qilinishicha, “Tolibon” fohishabozlikning oldini olish va “islom shariati”ga rioya qilish sababli bir necha zallarni yopib qo‘ygan.

Oybak shahridagi Qasr Almas, Qasr Riyoz va Qasr Sulton yopilgan uchta to‘yxona hisoblanadi. To‘yxona egalari “Tolibon” harakatini tanqid qilmoqda. Ulardan biri “Tolibon”ning qarori ishsizlikning ortishiga olib kelishi, investorlarning mamlakatda ishlashga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirishini aytgan.

To‘yxonadagi xodimlarning bir qismi mamlakatda qashshoqlik va ishsizlik ortib borayotganidan xavotirda va “Tolibon”ning bu qarorini qayta ko‘rib chiqishini istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonning Taxor viloyatidagi maktabda “Tolibon” o‘z jangchisining nikoh marosimini o‘tkazgandi. Marosim “Sayed Husayn Shahid” maktabida bo‘lib o‘tgan va unda faqat erkaklar qatnashgan. To‘y ishtirokchilari maktab binosida ovqatlangan. “Tolibon” hech kimga surat yoki video olishga ruxsat bermagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar