Krishtianu Ronalduda “An-Nassr”dan Chempionlar Ligasida ishtirok etuvchi klub safiga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
37 yoshli futbolchining Saudiya Arabistoni klubi bilan 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, shartnomada Angliyaning “Nyukasl” jamoasi Chempionlar Ligasiga chiqa olsa, Ronaldu ijara asosida ushbu klubga o‘tishi haqidagi band ham qo‘shilgan. Eslatib o‘tamiz “Nyukasl” Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondiga qarashli klub hisoblanadi.
Ronaldu YCHLda eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib turibdi. Portugaliyalikning hisobida 140 ta gol mavjud. Uning eng yaqin ta’qibchisi Lionel Messida 129 ta gol bor.
Izoh (0)