Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi Krishtianu Ronaldudan keyin yana qator yulduzlarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Marca nashrining xabar qilishicha, klubning yangi nishoni “PSJ” markaziy himoyachisi Serxio Ramos bo‘lib turibdi. Qayd etilishicha, arablar Ramosga “rad etib bo‘lmas” darajada ko‘p maosh to‘lashga tayyor.
Futbolchi avvaliga Parij klubining taklifini ko‘rib chiqmoqchi. Uning “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan va ayni vaqtda ispan xohlagan klubi bilan muzokara o‘tkazish huquqiga ega.
“An-Nassr”ning yana bir maqsadi — “Real” futbolchisi Luka Modrich. 37 yoshli futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi shu yozda tugaydi.
Xorvatga, shuningdek, AQSHning “Inter Mayami” jamoasidan ham qiziqish bor.
Izoh (0)