Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi ofis hamda savdo shoxobchalari kimoshdi savdosida sotildi. Ma’lumotlar “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot auksionga “Aloqabank” tomonidan joylashtirilgan edi. Bino ichidagi jihozlari bilan birga sotilgan, Yerga bo‘lgan huquq turi — ijara.
2019-yilda qurilgan ushbu bino 5 qavat va 11 ta xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,05 gektar. Binoning maydoni — 1 658 kvadrat metr. Binoda, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi bor. Gaz ta’minoti esa yo‘lga qo‘yilmagan.
Auksionga qo‘yilgan ofis binosining boshlang‘ich bahosi — 73,9 mlrd so‘m. 29-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan savdolarda bino 77,5 mlrd so‘mga “Ishonch kredit savdo” kompaniyasiga sotildi.
Avvalroq Toshkent viloyatidagi klinika 80 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)