• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Shoh oilasiga yaqin bo‘lgan Rasputinning o‘ldirilishi, dorga osilgan Saddam Husayn va Chikagoda yuzlab inson umriga zomin bo‘lgan teatr yong‘ini. Kun xronologiyasida 30-dekabr

    30-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Nikolay II oilasiga yaqin bo‘lgan Rasputinning o‘ldirilishi, Iroq prezidenti Saddam Husaynning qatli hamda Chikagoda yuzlab inson umriga zomin bo‘lgan teatr yong‘iniga oid faktlar o‘rin olgan.

    Shoh oilasiga eng yaqin insonlardan biri — Rasputinning o‘ldirilishi

    1916-yil 30-dekabr kuni Petrogradda knyaz Yusupovlar saroyida Grigoriy Rasputin o‘ldirilgan edi. XX asrning eng mashhur qotilligini tergov qilishga yuqori siyosiy qatlam, keyinroq inqilobiy tartibsizlik xalaqit bergandi.

    Foto: BBC

    Rossiya tarixida sibirlik keksa monax va so‘nggi imperatorlar sulolasining suyukli kishisi kabi juda ozchilik tanilgan. Uning shaxsiyatiga bog‘liq ko‘plab mish-mishlar uydirma hisoblanadi. O‘qimagan, shubhali xulq-atvorga ega odam 1905-yildan beri shohlar oilasi bilan birga edi, ammo “taxt atrofidagi qora kuchlar” haqidagi vahimalar Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan avj olgan.

    Kelib chiqishi dehqon bo‘lgan Rasputin har qanday urushga erkak kishi uchun kerak bo‘lmagan va zararli ish sifatida qaragan. Uning imperator rafiqasiga kuchli ta’sir ko‘rsata olishi “Antanta” tarafdorlariga g‘alabaga erishishida katta qarshilik ko‘rsatgan. “Xudo xohlasa, urush bo‘lmaydi va men bunga ko‘maklashaman”, — degandi Rasputin 1914-yil bahorida italiyalik jurnalistga.

    Rasputin Yusupovlar saroyida qanday paydo bo‘lib qolgandi? Qotillik ishtirokchilari Feliks Yusupov va Davlat dumasi deputati Vladimir Purishkevichning so‘zlariga ko‘ra, Yusupov tungi 01:00 larda Rasputinni olib, monax anchadan beri tanishishni istab yurgan rafiqasi Irinaning yoniga olib kelgan. Aslida bu payt Irina Yusupovlarning Qrimdagi qarorgohida edi.

    Feliks avvaliga Rasputinni yerto‘ladagi gotik usulda jihozlangan xonaga taklif etgan va u yerda zaharlangan pirojnilar bilan mehmon qilgan. Ammo zahar Rasputinga ta’sir qilmagan va u Irina bilan qachon uchrashishini so‘ragan. Bu vaqtda yuqori qavatdagi ishtirokchilar go‘yoki bazm uyushtirgandek o‘zlarini tutgan.

    Yusupovlarning uyiga tungi tashrif oldinroq kelishilgan va Rasputin uchun muhim ahamiyatga ega edi. 16-dekabr kechasi uning oldiga siyosiy ittifoqdoshi va do‘sti, ichki ishlar vaziri Aleksandr Protopopov kelgan. Rasputinning qizi Matrenaning so‘zlariga ko‘ra, vazir uni o‘ziga suiqasd uyushtirishayotganidan ogohlantirgan va barcha tadbirlarni bekor qilib, uydan chiqmaslikni maslahat bergan. Rasputin bunga javoban “endi kech”, degan.

    1916-yillar oxiri Petrogradda fitnalar avj olgandi. Tarixchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, aristrokratlar, harbiylar va Duma vakillari orasida kamida uchta bir-biridan mustaqil fitnachilar Nikolay II ni taxtdan ag‘darib, uning o‘rniga 12 yoshli o‘g‘li Alekseyni o‘tqazishni rejalashtirgan. Shu bilan birga, Aleksandra Fedorovna va Protopopovning Dumani tarqatib yuborish, favqulodda holat e’lon qilish rejasi haqida mish-mishlar tarqalgan. Gap kim birinchi zarba berishida qolgandi.

    Irina va Feliks Yusupovlar

    Irina va Feliks Yusupovlar
    Foto: BBC

    Yusupov va Purishkevichning mazkur voqea bo‘yicha keyingi tafsilotlari qo‘rqinchli filmlarni yodga soladi. Rasputin oshqozonida og‘riqni his qilib, barchasini tushunib yetgan. Yusupov unga o‘q uzishga majbur bo‘lgan. Qotil ishonch hosil qilish uchun bir necha bor uni turtib ko‘rgan va shu payt Rasputin o‘rnidan turgan.

    Yusupov qo‘rquvdan qochishga tushgan, Rasputin esa hech qanday to‘siqsiz tashqariga chiqqan, hovlini kesib o‘tib, darvozaga yetay deganida ortidan yetib kelgan Purishkevich unga yana to‘rtta o‘q uzgan.

    O‘q ovoziga yugurib kelgan shahar soqchisi Vlasyuk hovlida Purishkevichni ko‘rmagan, biroq Yusupov va uning eshikog‘asi Bujinskiyga duch kelgan — ular hech qanday o‘q ovozini eshitmaganini, balki qayerdadir avtomobil pokrishkasi yorilgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

    Qotillikning barcha ishtirokchilari uchun taqdir va ba’zi hollarda yangi hukumat juda yumshoq bo‘lib chiqqan. Feliks Yusupov Parijda 80 yoshiga qadar yashagan. Hozirgi kurs bo‘yicha 16,5 milliard dollarga teng mablag‘idan ayrilgan bo‘lsa-da, u migratsiyada qiynalmagan. “Rasputinning o‘lmi” nomli kitob yozgan.

    Foto: Wikipedia

    Rasputinning qotilligida ishtiroki knyaz Dmitriy Pavlovichning hayotini saqlab qolgan. Agarda u Petrogradda qolganida otasi va aksariyat Romanovlar kabi bolsheviklar tomonidan o‘ldirilishi mumkin edi. U Kavkaz frontidan Eron orqali Mesopotamiyaga borgan va ko‘ngilli sifatida Britaniya armiyasiga qo‘shilgan. Natijada AQSH va Shveysariyada yashagan, badavlat amerikalik ayolga uylanib, 1942-yilda vafot etgan.

    Vladimir Purishkevich Petrogradda hibsga olingan, biroq 1918-yil aprelda shaxsan Dzerjinskiyning buyrug‘i bilan ozod etilgan.

    Saddam Husaynning qatl etilishi

    Bundan 16 yil oldin 30-dekabr kuni Iroq yangi davrda uyg‘ondi: sobiq prezidenti Saddam Husayn insoniyatga qarshi qator jinoyatlar, jumladan, kurdlar va shialarning ommaviy o‘ldirilishi ayblovi bilan qatl etilgandi.

    Foto: AP Photo

    Saddamni hokimiyat tepasiga partiya olib kelgandi. Yosh Husayn 1950-yillar oxirida “Baas” — Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasiga a’zo bo‘lgan. Siyosiy harakatning g‘oyasi sotsializm, panarabizm va imperialistlarga qarshi kurash aralashmasidan iborat edi. Saddam harbiy qobiliyatlari, jasurligi, shuningdek, kutilmagan siyosiy iqtidori bilan tezda yuqoriga ko‘tarilgan.

    1968-yilgi to‘ntarishdan keyin hokimiyat tepasiga baasistlar kelgan, Saddam esa bosh vazir o‘rinbosariga aylanib, mamlakatdagi ikkinchi odamga aylangan. 1979-yilda hokimiyat Husayn qo‘lida mustahkamlanganidan so‘ng Iroqda siyosiy mafkuralashtirish jarayoni kuchaygan. Mamlakatda universal partiyani tuzish ishlari muvaffaqiyatli olib borilgan. 1986-yilda unga 1,6 million odam a’zo bo‘lgan, 2003-yilga kelib ushbu raqamlar 4 millionga — Iroq aholisining 16 foiziga yetgan.

    Hokimiyat tepasiga kelgan Husayn diniy va dunyoviy davlat o‘rtasida muvozanatni ushlashga intilgan. Avvaliga “Bass” dunyoviy davlat tamoyillari asosida qurilgan, biroq chuqur diniy arab davlatlarda bunday tamoyillar bilan ish olib borish juda qiyin edi. 1970-yillarda din muhim rol o‘ynamagan, islomgacha bo‘lgan Mesopotamiyaning madaniy merosiga e’tibor qaratilgan, qadimgi Bobil shohlari faol ravishda ulug‘langan.

    Saddam atrofdagilar bilan muloqotda o‘zini shoh Navuxodonosor bilan taqqoslab turgan. Partiyaning ichki hujjatlarida amaldorlarga aholi bilan muloqotda diniy mavzularda gapirish taqiqlangan.

    Foto: AP Photo

    “Xudo haqqi, siyosat bilan shug‘ullanib din ortiga yashirinadiganlarga ishonmayman. Men buni qabul qilmayman”, — degandi Saddam Husayn.

    Oqibatda shia mazhabidagi tuzilmalar repressiyaga uchray boshlagan. 1977-yilda Ashuro bayramiga yig‘ilgan shialar kuch ishlatish orqali tarqatib yuborilgan. Shialar jamiyati manfaatlarini ifoda etuvchi “Dava” partiyasi yo‘q qilinib, uning yetakchilari qatl etilgan.

    Biroq Saddam birinchi navbatda pragmatik edi va siyosiy maqsadlarda diniy yo‘nalishdan faol foydalangan. Eron bilan munosabatlar keskinlashuvi fonida u masjidlar va ziyoratgohlarni saqlash uchun 80 million dollar ajratgan holda shia jamoatini faol ravishda tinchlantirishni boshlagan.

    Mamlakat ichidagi vaziyat yomonlashgani va “Baas” rejimining tashqi izolyatsiyasi kuchaygan sari Iroq hukumati aholining diniy tuyg‘ulari bilan tobora ko‘proq o‘ynasha boshlagan. 1990-yilda Kuvayt egallanganidan bir necha hafta o‘tib, Husayn televideniye orqali chiqishida ushbu harakatni “Allohning inoyati” deb atagan.

    Husaynning suveren hukmronligining boshlanishi neft eksport qiluvchi mamlakat sifatida Iroq uchun eng qulay davrga to‘g‘ri keldi. 1973-yilgi arab neft embargosi ​​natijasida G‘arbning “Oxirzamon urushi”da Isroilni qo‘llab-quvvatlashi natijasida neft narxi keskin oshgan. Eronga qarshi urush boshlanishidan biroz oldin (1980-1988) u rekord darajadagi bir barrel uchun 132 dollarga yetgan (hozirgi kurs bo‘yicha neft narxi faqat 2008-yil boshida yuqori edi — barreli uchun 173 dollar). 1979-yilda Iroq yalpi ichki mahsuloti 54 milliard dollarni tashkil etib, tarixiy eng yuqori darajaga yetgan.

    Sanoat va qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan investitsiyalar rivojlanayotgan mamlakat uchun past daromad keltirgan. 1970-yillarda bu kutilmagan neft daromadlari hisobiga qoplandi, ammo Eron bilan urush boshlanganidan keyin ular tezda pasayib ketgan. Iroq iqtisodiyoti turg‘unlik bosqichiga kirgan.

    Husaynning harbiy nayranglari nafaqat oddiy iroqliklar, balki mamlakat iqtisodiyoti uchun ham falokatga aylangan. Asli iroqlik bo‘lgan amerikalik tadqiqotchi Abbos Al-Nasraviyning hisob-kitoblariga ko‘ra, 1986-yilga kelib, mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi neft daromadlarining ulushi 20 foizgacha tushib ketgan. Amalda bu Iroq budjetiga urushgacha bo‘lgan 35 milliard dollar o‘rniga atigi 3 milliard dollar tushganini anglatardi. Shu bilan birga, harbiy xarajatlarning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 57 foizga yetgan.

    Foto: AP Photo

    1989-yili harbiy harakatlar tugagunga qadar, ilgari xorijiy kreditlar uchun deyarli ariza topshirmagan mamlakat moliyaviy qullikka tushib qolgandi. Barcha kreditorlar oldidagi qarzlarning umumiy miqdori 81 milliard dollarni tashkil etgan. Bu mablag‘dan Iroq Saudiya Arabistoni va Kuvaytga 40 milliard, G‘arb davlatlariga 30 milliard, Sovet Ittifoqi va uning sheriklariga 11 milliard qarz bo‘lgan.

    Saddam zamonaviy Iroq va uning muammolarining haqiqiy otasiga aylangan. Neft dollaridan tushgan ortiqcha foyda iqtisodiyotning nodavlat tarmoqlarini rivojlantirishga emas, balki bir qator muvaffaqiyatsiz urushlarga sarflangan. Mamlakatning huquqiy tizimi vayron bo‘lgan, uning o‘rniga Saddamning partiyasi va uning atrofidagilar kelgan. Sunniylik imtiyozlari va kurdlar masalasida haqiqiy murosaga kelishdan bosh tortish Kurdistonning mamlakatdan chiqib ketishiga va sunniy—shia to‘qnashuviga olib kelgandi.

    Chikagoda 600 dan ortiq inson umriga zomin bo‘lgan teatr yong‘ini

    1903-yil 30-dekabr kuni Amerikaning Chikago shahridagi “Irokez” teatrida yong‘in yuz bergandi. Bu vaqtda Drury Lane myuzikli namoyishini tomosha qilish uchun 2 mingdan ortiq odam to‘plangan. Fojia oqibatida 602 kishi halok bo‘lgandi. Mazkur teatr yong‘ini AQSH tarixidagi eng halokatli hisoblanadi.

    Foto: WTTW

    Mazkur tomoshaga kutilmagan darajada ko‘p odam tashrif buyurgan. Teatr 1602 kishi uchun mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, shu kuni tomoshabinlar soni 2 100—2 200 atrofida edi. Hatto binoning orqa qismidagi “turib tomosha qilish” joylari ham to‘lgan, tomoshabinlar o‘tish yo‘llarini to‘sib qo‘ygan.

    Bundan tashqari, klasslarni bir-biridan ajratish maqsadida qo‘yilgan temir panjaralar yopilgan edi. Soat 15:15 larda ikkinchi akt boshlanishi bilan sakkiz erkak va yana shuncha ayol sahnaga chiqqan. Oy vazifasini bajargan lampadan uchqunlar sachrab, teatr pardasiga tushgan. Sahnadagi ko‘ngilli navbatchi o‘t o‘chirgich bilan olovni o‘chirmoqchi bo‘lgan, biroq u foyda bermagan.

    Olov kutilmagan darajada tez pardadan sahna tepasidagi galereyaga ko‘tarilgan, u yerda esa bir necha ming kvadrat fut tez yonuvchan dekoratsiya matolari bor edi. Menejer asbestdan ishlangan yong‘inga qarshi maxsus pardani tushirishga uringan, biroq u qotib qolgandi. Keyinroq aniqlanishicha, ushbu pardani sahna arkasi ortida joylashgan yorug‘lik qaytargich to‘sib qo‘ygan.

    Foto: WTTW

    Bu vaqtda o‘z chiqishini boshlamoqchi bo‘lgan komik aktyor Eddi Foy sahnaga yugurib chiqib, tomoshabinlarni vahima ko‘tarmaslikka chaqirgan. Shiftdan yonayotgan dekoratsiya bo‘laklari qulab tushishni boshlagan bo‘lsa-da, u orkestrga sho‘x musiqa chalishni buyurgan.

    Avvaliga tomoshabinlar xavfni payqamagan ham, hatto yonayotgan sahnani qarsaklar bilan kutib olgan. Shundan keyin sahnada ikki ballon asetilen portlab ketgan. Portlash va dekoratsiyalarning qulashi binodagi elektr ta’minoti tizimiga shikast yetkazgan va butun teatrda chiroq o‘chib qolgan. Bu esa bir zumda vahimani keltirib chiqargan va barcha tomoshabinlar binodan qochishga uringan.

    Aniqlanishicha, favqulodda holatlar uchun chiqib ketishga mo‘ljallangan barcha 30 ta eshik yopib qo‘yilgandi. Odamlar ularning ikkitasini sindirishga muvaffaq bo‘lgan, qolganlarini ochish imkonsiz edi. Shu sababli tomoshabinlarning ko‘p qismi tiqilinchda qolib halok bo‘lgan.

    Aktyorlar orqa chiqishdan chiqqanlarida, sovuq shamol bino ichiga kirib, olov kuchini ancha oshirgan. Ko‘pchilik teatrdan yechinish xonasining derazalari orqali qochib ketgan, boshqalari esa g‘arbiy sahna orqali chiqishga harakat qilgan. Aktyorlar chiqishga urinib, eshikni bosganlarida, u ichkariga ochilgan va tiqilib qolgan. Tasodifan o‘tib ketayotgan temiryo‘l agenti olomonning eshikni bosganini ko‘rib, odatda o‘zi bilan olib yuradigan asboblari bilan tashqi ilmoqlarni yechib, aktyorlar va tomoshabinlarning qochishiga yordam bergan.

    Foto: WTTW

    Kimdir sahnaning shimoliy qismidagi yuk tashish uchun mo‘ljallangan eshiklarni ochgan va binoga kirgan kuchli shamol olovning yoyilishiga xizmat qilgan. Sahna ortida olovli devor paydo bo‘lgan.

    Soat 15:33 larda Chikago o‘t o‘chirish departamenti maxsus operatsiyani boshlagan. Ammo evakuatsiya ishlari teatr shimoliy qismidagi zinalar qurib bitkazilmagani bois qiyinlashgan. Bu vaqtga kelib odamlar quyuq tutunga bo‘g‘ilib ommaviy o‘lishni boshlagan. Yonayotgan binodan chiqishga muvaffaq bo‘lgan ko‘plab odamlar kuyish jarohatlari tufayli vafot etardi.

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, yong‘in kuni 575 kishi halok bo‘lgan, yana 30 ga yaqin tomoshabin olgan kuyish jarohatlari va tutundan zaharlanish belgilari bilan shifoxonada vafot etgan. Teatr xodimlaridan esa jami 5 kishi halok bo‘lgan. Ishchilar barcha chiqish yo‘llari qayerda joylashganini aniq bilganliklari bois ularning katta qismi orqa eshikdan chiqib ketishga ulgurgandi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Vunded-Ni qirg‘ini — hindularning oxirgi jangi, “Vnukovo” aeroportida halokatga uchragan samolyot va dog‘istonliklar tomonidan Volgogradda uyushtirilgan teraktlar. Kun xronologiyasida 29-dekabr

    30.12.2022, 09:30   Izoh (0)   55734
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ramzan Qodirov Rossiya prezidentligiga nomzodini qo‘ya olishini aytdi (video)

    29.12.2022, 23:31

    Isroilda Netanyaxu boshchiligidagi yangi hukumat qasamyod qildi

    29.12.2022, 22:28

    Ispaniya qirolining jiyani tungi klubda mushtlashdi. Politsiya tergov boshlagan

    29.12.2022, 21:06

    Peskov Rossiya Ukraina dronlaridan himoyalanganmi, degan savolga javob berishdan bosh tortdi

    29.12.2022, 20:38

    Qirg‘iziston sobiq prezidenti uyi bolalar reabilitatsiya markaziga aylantirildi

    29.12.2022, 20:23

    Putin va Si Szinpin 30-dekabrda muzokara o‘tkazadi

    29.12.2022, 20:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Navoiyda 2 mlrd so‘mlik oltinni talon-toroj qilmoqchi bo‘lgan zavod xodimlari qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 17 may, 09:48

    O‘zbekiston 2025—2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasini qabul qildi

    O‘zbekiston | 17 may, 09:09

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16

    Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

    Sport | 16 may, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.