• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Rekordlar bo‘yicha rekordchi. “Futbol qiroli” Pele faoliyatiga nazar (video)

    Futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri, tom ma’noda “futbol qiroli” Pele faoliyatida juda yorqin natijalar qayd etgan. 1940-yilning 23-oktabrida tavallud topgan Pele 2022-yil 29-dekabr kuni 82 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Quyida “qirol”ning faoliyatiga oid eng yorqin vaziyatlar yodga olinadi.

    1. Vundekindning Jahon Chempionatidagi debyuti

    Pele 17 yoshida o‘zining ilk Jahon Chempionatida ishtirok etdi. Shvetsiyadagi mundialda (1958-yil) SSSRga qarshi o‘yinda debyutini o‘tkazadi (Braziliya 2:0 hisobida g‘alaba qozongan), birinchi golini esa chorak finalda Uelsga qarshi uchrashuvda uradi.

    Foto: Reuters
    Yarim finalda esa Fransiya 5:2 hisobida taslim etildi. Pele esa o‘sha o‘yinda 3 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa braziliyalik vunderkind mundiallar tarixidagi het-trik qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi. Finalda esa Shvetsiya ustidan 5:2 hisobida g‘alaba qozongan Braziliya o‘z tarixida birinchi marta chempionlikni nishonlaydi. Finalda ham Pele ikkita gol muallifiga aylandi.

    2. Bir o‘yinda 8 ta gol

    Pele va Garrincha

    Pele va Garrincha
    Foto: Reuters
    Pele yoshligidanoq sermahsullik namoyish etgan. 1964-yil 21-sentabr kuni braziliyalik afsona “Santos” safida “Botafogo” darvozasiga 8 ta gol uradi.

    3. Jahon Chempionligini uch marta qo‘lga kiritgan yagona futbolchi

    Pele 1970-yildagi Jahon Chempionatida

    Pele 1970-yildagi Jahon Chempionatida
    Foto: Reuters

    Pele futbolchi sifatida mundialda uch marta g‘alaba qozongan yagona futbolchi hisoblanadi. Shvetsiya, Chili va Meksika braziliyalik futbolchi uchun sevimli mamlakatlarga aylanib ulgurgan. 1970-yilgi Jahon Chempionati finalida Braziliya terma jamoasi Italiyaga qarshi maydonga tushadi. Mexikodagi “Atsteka” stadionida 110 ming muxlis yig‘iladi. Meksikalik muxlislar tribunada braziliyalik muxlislar bilan birgalikda Braziliyani qo‘llab-quvvatladi.

    Lotin Amerikasi jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Pele gol urdi va ikkita assistni amalga oshirdi. O‘yindan so‘ng Peleni yopishi kerak bo‘lgan italiyalik himoyachi Tarchizio Burgnicha “O‘yindan avval u hamma kabi teri va suyakdan tashkil topgan deb o‘ylagandim. Afsus, adashgan ekanman”, — deb tan oldi.

    4. Braziliya tarixidagi eng yaxshi to‘purar

    Pele va Neymar

    Pele va Neymar
    Foto: Reuters
    Pelening Braziliya tarixidagi eng yaxshi to‘purar ekanligi hech kimni hayratga solmaydi. Terma jamoadagi faoliyati davomida 92 ta o‘yinda ishtirok etib, 77 ta gol urgan. Bu rekordni qariyb 50 yil davomida hech kim yangilay olmadi. 2022-yilgi mundial vaqtida Neymar Pelening ushbu rekordini takrorlashga muvaffaq bo‘ldi.

    5. Braziliyalik chaqmoq

    Pele hozir to‘p surganda yamaykalik Useyn Boltga raqobatch bo‘lardi

    Pele hozir to‘p surganda yamaykalik Useyn Boltga raqobatch bo‘lardi
    Foto: Reuters
    O‘zining mehnatsevarligi evaziga Pele futbolda yuksak natijalarga erishgan. U faoliyatining eng yuqori nuqtalarida yengil atletikachilar kabi 100 metr masofani 10 soniyada bosib o‘tardi. Agar Pele hozirgi zamonda faoliyat olib borganda, Useyn Bolt bilan bemalol raqobatlashgan bo‘lardi. Afsonaning bo‘yi unchalik uzun bo‘lmagan — 173 santimetr uning ikki metr yuqoriga sakray olishiga xalaqit qilmagan. Buyuk hujumchi yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatlarida ishtirok etsa, oltin medalga da’vogarlik qila olardi.

    6. “Santos” ramzi

    Foto: Sky Sports
    Pele faoliyatining 18 yilini San-Pauluning “Santos” klubiga bag‘ishlagan. 1956-yildan to 1974-yilga qadar hujumchi “Santos” safida 1091 ta gol uradi. Klub tarixi ikkiga bo‘linadi: “Pelega qadar” va “Peledan keyin”. Afsona bilan birgalikda jamoa 5 marta Braziliya Kubogi, 2 marta Libertadores va 2 marta Mintaqalararo Kubok sohibiga aylanadi. 2014-yilda “Santos” Pele bilan uning obrazidan umrbod foydalanish bo‘yicha shartnoma imzolaydi. Endi jamoa va futbolchi bir butun.

    7. 1000+

    Foto: Reuters
    Pele — “1000” klubi a’zosi. U 21 yillik faoliyati davomida umumiy hisobda 1389 ta gol (ba’zi manbalarda 1281 ta deyiladi) urgan. Faqatgina avstriyalik hujumchi Yozef Bitsan (1468) va germaniyalik Gerd Myuller (1461) braziliyalik futbolchidan ko‘proq gol urgan.

    8. Pele kuni

    Pele nomidagi marka

    Pele nomidagi marka
    Foto: “Chempionat”
    1969-yil 19-noyabr Braziliya futboli tarixidagi muhim sanalardan biri bo‘lib qoldi. “Marakana” stadionida “Santos” “Vasko da Gama”ga qarshi o‘ynadi. Pele o‘sha uchrashuvda 1000-golini urdi. Shu munosabat bilan Braziliya aloqa vazirligi futbolchiga atalgan dunyodagi yagona pochta markasini yaratdi. Shundan buyon ko‘plab braziliyaliklar 19-noyabrni Pele kuni sifatida nishonlaydi.

    9. MOQ versiyasiga ko‘ra eng yaxshi sportchi

    Foto: Reuters
    1999-yilda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Peleni XX asrning eng yaxshi sportchilari top-5 ligiga kiritadi. Eng qizig‘i, braziliyalik futbolchi Olimpiada o‘yinlarida umuman ishtirok etmagan.

    10. XX asrning eng yaxshi futbolchisi

    Foto: Reuters

    Bir nechta yirik nashriyotlar Peleni o‘tgan yuz yillikning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etadi. Braziliyalik futbolchi World Soccer, France Football, Guerin Sportivo, Placar kabi jurnallar talqiniga ko‘ra XX asrning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko‘rilgan. Undan tashqari, Pele FIFA tomonidan tuzilgan “XX asrning ramziy jamoasi” tarkibiga kiritilgan.

    Mavzuga doir:

    • Pele vafoti munosabati bilan Braziliyada 3 kunlik motam e’lon qilindi
    • Pele vafoti munosabati bilan APLning 18-tur bahslari bir daqiqalik qarsaklar bilan boshlanadi

    30.12.2022, 21:26   Izoh (0)   30576
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xalqaro sport matbuoti assotsiatsiyasi 2022-yilning eng yaxshi sportchisi nomini e’lon qildi

    30.12.2022, 20:01

    Pele vafoti munosabati bilan APLning 18-tur bahslari bir daqiqalik qarsaklar bilan boshlanadi

    30.12.2022, 18:01

    Pele vafoti munosabati bilan Braziliyada 3 kunlik motam e’lon qilindi

    30.12.2022, 13:44

    Messi, Benzema — eng yaxshi, Ronaldu va Azar omadsizlar qatorida. 2022-yilning eng yaxshi o‘yinchilari va hafsalani pir qilgan futbolchilar

    30.12.2022, 10:07

    Afsonaviy futbolchi Pele vafot etdi

    30.12.2022, 00:04

    Gavi, Orelyen Tchuameni, Enso Fernandes. 2022-yil transfer qiymatida o‘sish kuzatilgan futbolchilar

    29.12.2022, 20:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.