Angliya Premyer Ligasi klublari afsonaviy futbolchi Pele xotirasiga hurmat bajo keltiradi.
30-dekabr va 1-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan APLning 18-tur bahslari bir daqiqalik qarsaklar bilan boshlanadi. Futbolchilar va rasmiy shaxslar motam belgisini bildiruvchi bog‘ichlarni taqadi.
82 yoshli Pele 29-dekabr kuni og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi.
Braziliyalik futbolchi 2021-yil sentabr oyida saraton tufayli jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan edi. 2022-yil boshida Pele kimyoterapiya amaliyotini o‘tagan. So‘nggi vaqtlarda unga kimyoterapiya ham yordam bermayotgani, uning ahvoli yomonlashayotgani xabar qilingandi.
Izoh (0)