• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish Konstitutsiyada mustahkamlanmoqda

    Prezidentning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida nima sababdan erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog‘lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash ustuvor masalalardan biri etib belgilandi?

    Bir qaraganda, Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatini, islohotlar natijasini kuzatib borayotgan inson uchun buni tushunish aytarlik mushkul emas.

    Bosh maqsad – mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiy faoliyatga erkinlik berish, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabilar.

    Bu esa, o‘z navbatida iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishda davlatning emas, bozorning roli muhim, degan tamoyilning talabidir.

    Erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish oqibatida oddiy aholi zarar ko‘rmaydimi, degan savolning paydo bo‘lishi tabiiy albatta. Ko‘ndalang javob beraman, aslo yo‘q, aksincha foyda ko‘radi.

    Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonning iqtisodiyotni erkinlashtirish borasidagi islohotlari butun dunyo matbuoti e’tiborida, ya’ni, jahonning eng yirik kompaniyalarining diqqat e’tiborida turibdi. Zero, O‘zbekistonda erkin bozor mexanizmlari qanchalik mukammal joriy etilsa, sog’lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlansa, milliy bozorimizga kirib kelayotgan xorijiy investorlar oqimi shunchalik ko‘payadi.

    Аmmo eng muhim masala erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog’lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash orqali mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashdir.

    Tadbirkor qancha qo‘llab-quvvatlansa, iqtisodiyot rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida quyidagi natijalarni beradi:

    • birinchidan, bozorlarimizda mahsulotlar to‘kinligini va arzonchiligi ta’minlanadi;
    • ikkinchidan, aholiga sifatli milliy tovarlar yetkazib beriladi;
    • uchinchidan, oziq-ovqat xavfsizligiga erishiladi;
    • to‘rtinchidan, aholi bandligi ta’minlanadi;
    • beshinchidan, kambag’allik darajasi kamayadi, aholining farovonligi oshadi;
    • oltinchidan,eng muhimi milliy iqtisodiyot yuksaladi.
    Eng muhimi, eksportchi korxonalarga ko‘rsatilayotgan tashkiliy va moliyaviy yordam berish tizimini takomillashtirish masalasi bosqichma-bosqich hal etilmoqda. Shuning uchun mamlakatimizda eksport bilan shug’ullanadiganlarga har tomonlama sharoit yaratishga harakat qilinmoqda.

    Bu holat so‘nggi 5-6 yilda sezilarli darajada o‘zgardi. Natijada eksport qiluvchi korxonalarning eksportdagi tashish xarajatlarini 50 foizgacha miqdorda kompensatsiya qilish mexanizmi joriy etildi. Eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar natijasida, eksport nomenklaturasi 74 ta yangi turdagi mahsulot va geografiyasi 42 ta mamlakatga kengayib, eksport hajmi 2016 yildagi 12.1 milliard dollardan 2021 yilga kelib 16.6 milliard dollarga yetdi. Joriy yilda esa eksport xajmi 19 milliard АQSh dollariga yetdi.

    Respublikamiz tomonidan inson huquqlari, atrof-muhit muhofazasi, mehnat munosabatlari, boshqaruv standartlari bo‘yicha 27 ta xalqaro konvensiya talablarini bajargani to‘g’risidagi Yevrokomissiya xulosasiga ko‘ra, joriy yil aprelь oyida Yevroparlament bizga Yevropa ittifoqi davlatlariga bojsiz eksportni amalga oshirish huquqini beruvchi GSP+ imtiyozini taqdim qilgan edi. Shunday qilib, yurtimiz mazkur imkoniyatni qo‘lga kiritgan dunyodagi to‘qqiz davlatdan biriga aylandi.

    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xususiy mulkchilikni davlat tomonidan kafolatlash, tadbirkorlik erkinligini huquqiy jihatdan ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida amaliyotda talab va taklif, raqobat hamda narx kabi bozor mexanizmlari ishlay boshladi. Аgar tahlillarga e’tibor beradigan bo‘lsak, so‘nggi 5 yilda ichki bozor uchun zarur bo‘lgan 3,5 ming turdagi tovarlar uchun import bojxona boji, 1,1 ming turdagi tovarlar uchun aktsiz solig’i bekor qilindi, shuningdek, 3 mingdan ziyod turdagi tovarlar uchun import bojxona bojlari keskin kamaytirildi.

    Soliq turlari 13 tadan 9 taga, soliq tekshiruvlari turlari esa, 13 tadan 3 taga qisqartirildi. Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig’i stavkasi – 20 foizdan 15 foizga, ijtimoiy soliq stavkasi – 25 foizdan 12 foizga tushirildi. Sog’lom raqobatni ta’minlash uchun valyuta bozori liberallashtirildi, shu jumladan eksportdan kelib tushgan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish talabi bekor qilindi, fuqarolar uchun milliy va xorijiy valyutani erkin konvertatsiya qilish imkoniyati yaratildi. Tadbirkorlik sohasida talab etiladigan 114 turdagi litsenziya va ruxsatnoma bekor qilindi hamda 33 turdagi litsenziya va ruxsatnoma o‘rniga xabardor etish tartibi joriy qilindi.

    Ta’kidlash zarurki, aholisi farovonligini ta’minlashning eng birlamchi omili mamlakat hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati va undan samarali foydalanish bilan uzviy bog’liq.

    Hududlarda barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlariga erishmasdan turib, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish haqida fikr bildirishning o‘zi mantiqiy nuqtai nazardan samarasiz hisoblanadi. Shuning uchun hududlarning moliyaviy-investitsion salohiyatini oshirishga zamin yaratilsa bu holat hududlardagi sanoat korxonalari uchun biznes muhitini yaratishga turtki beradi hamda barcha hududlar teng rivojlanishiga xizmat qiladi.

    Shunday esada ba’zi hollarda davlat sektorining bozor munosabatlariga aralashuvi ko‘p holatlarda nafaqat iqtisodiy samarasizlik va erkinliklarning to‘silishiga, balki korrupsiyaga ham sabab bo‘lmoqda.

    Shu bois ham davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

    Mazkur masalalarning Konstitutsiya orqali mustahkamlanishi kelajakda milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga erkinlik berish bilan birga sohadagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etadi.

    Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati kafolati Konstitutsiyaning tegishli normalari orqali mustahkamlanishi kelajakda biznesni ma’muriy va boshqaruv jihatidan nazorat qilishning keskin qisqarishiga, sof raqobatchilik amaliyotini rivojlanishiga, mulkdorlar keng qatlamining shakllanishiga hamda monopolistik harakatlarning cheklanishiga olib keladi.

    Chunki mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari faoliyati, birinchi navbatda, huquqiy jihatdan kafolatlanishiga hamda moliyaviy va iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash davr taqozosidir.

    30.12.2022, 16:10   Izoh (0)   3872
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Xalqaro onlayn savdo platformalari orqali 1,5 mln dollarlik mahsulot sotildi” — “Hunarmand” uyushmasi raisi o’rinbosari Bobur Mansurov

    30.12.2022, 15:56

    Namanganda MJ Developers kompaniyasining ilk ko‘p qavatli uyi foydalanishga topshirildi. Toshkentda bu loyiha doirasidagi ishlar to‘xtab qolgandi

    30.12.2022, 15:08

    Nodir Jonuzoq Yozuvchilar uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosarligiga qaytdi

    30.12.2022, 14:32

    Toshkent va Andijon xalqaro aeroportlari ishi qalin tuman sababli vaqtincha cheklandi

    30.12.2022, 13:57

    Vladimir Norov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi

    30.12.2022, 13:44

    O‘zbekistonda “Dok-1 Maks”ni ishlab chiqargan kompaniyaga tegishli barcha dorilar savdosi vaqtincha to‘xtatildi

    30.12.2022, 12:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.