Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha turdagi dori vositalarining savdosi 30-dekabrdan boshlab vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda AOKAda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova ma’lum qildi.
Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” dori vositasi tarkibida qo‘shimcha yot moddalar aniqlanganligi bois, hozirda ushbu ishlab chiqaruvchining boshqa mahsulotlarida ham xuddi shunday holat kuzatilish ehtimolini inobatga olgan holda, kompaniyaning boshqa mahsulotlari ham chuqur laborator tekshiruvlaridan o‘tkazilmoqda, — degan u.Uning ta’kidlashicha, “Dok-1 Maks” dori vositasining savdosi 22-dekabrdan vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lib, Quramax Medical MCHJga realizatsiya qilingan dorixonalardagi qoldiq dori vositalarini qaytarib olish hamda dorixonalarga mazkur dori vositasini yetkazib beruvchi distribyutorga zudlik bilan qaytarish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berilgan. Hamda ushbu dori vositalari respublikadagi barcha dorixonalardan tezkorlik bilan yig‘ib olingan.
Marion Biotech kompaniyasi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazgan barcha dori vositalari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Mavzuga doir:
Izoh (0)