• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sog‘liqni saqlashga 28 trln, yuzdan ortiq yangi poliklinikalar — tibbiyotda 2022-yilda nimalar o‘zgardi?

    2022-yilda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga 28 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Bu raqam o‘tgan yilga nisbatan 1,3 baravar ko‘p degani.

    Joriy yilning o‘tgan davrida respublikada 106 ta yangi oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar, 1 000 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etildi. Bu orqali birlamchi tibbiy xizmati yana 3,5 million aholiga yetib bormoqda.

    Onkolog shifokor Maqsud Mallayev “Daryo”ga bergan intervyusida sog‘liqni saqlash sohasida yuz bergan bir qator o‘zgarishlar haqida gapirdi.

    “Joriy yilda davlat klinikalariga tengma-teng raqobat qila oladigan xususiy klinikalar soni keskin oshdi. Bu tibbiyotga berilayotgan yengilliklardan dalolat. 2000-yillarda bitta xususiy klinikani ochish uchun byurokratizm va ko‘plab qiyinchiliklar bo‘lardi. Hozirda xususiy klinika ochishda muammolar yo‘q. Qolaversa, bu yo‘nalishda davlat tomonidan subsidiyalar ham beriladi.

    2022-yil davomida shifokor punktlari va poliklinikalardagi tor mutaxassislar soni ham sezilarli darajada oshirildi. Mahallabay ishlash tizimi tibbiyot yo‘nalishiga ham kirib bordi. Kasalliklarni to‘liq ro‘yxatga olish, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish tizimining joriy etilishini yil yangiligi deyish mumkin”, — dedi shifokor.

    [caption id="attachment_2292103" align="aligncenter" width="1920"] Maqsud Mallayev
    Foto: “Daryo”

    Joriy yilda O‘zbekistondagi 820 ta birlamchi tibbiyot muassasalariga UZI va EKG uskunalari yetkazib berildi. Oilaviy shifokorlar tomonidan bepul tarqatiladigan dorilar 45 turdan 70 turga ko‘paydi. Bunga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi ham o‘tgan yilga nisbatan 3 baravar oshirildi, ya’ni 188 milliard so‘mdan 540 milliard so‘mga yetkazildi.

    Yil davomida oilaviy poliklinikalarda 19 ming 500 ta kunduzgi shifo o‘rinlari tashkil etildi. Buning natijasida 740 ming aholiga shifoxonaga bormasdan, mahallaning o‘zida davolanish imkoniyati yaratildi.

    2022-yilda tibbiyot xodimlarining oyligi 30 foizgacha oshirilib, shifokorlarga ish samaradorligi va natijasiga qarab tabaqalashtirilgan rag‘batlantirish va ustama to‘lovlari joriy etildi.

    “Shifokorlar oyliklarining oshirilishi, ularni moddiy rag‘batlantirishlar, tibbiyot xodimlariga sog‘liqni saqlash faxriysi va boshqa medallar berilishi ham muhim o‘zgarishlardan hisoblanadi. Bular davlatga har bir shifokor qanchalik muhimligini ko‘rsatib beruvchi e’tibordir. Hamma ham o‘zining qilgan ishini oliy darajada baholanishini ko‘rsa, yana ikki barobar yaxshi ishlashga harakat qiladi”, — dedi Maqsud Mallayev.

    Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, yil davomida onkologiya sohasida ham bir qator o‘zgarishlar amalga oshirilgan.

    “2022-yilda onkologiya bo‘yicha har bir viloyatga nur terapiya apparatlari yetkazildi. Oldinlari bunday uskunalar respublikadagi 2-3 ta joyda bo‘lardi. Buning oqibatida juda uzoq navbatlar yuzaga kelar, bemorlarning yarimidan ko‘pi nur ololmasdi. Uskunalar yetishmasligi sababli tizimda korrupsiyaga yo‘l ochilardi.

    Hozirda hamma viloyatlarga nur terapiya uskunalari kirib bordi. Bu onkologiyadagi yangi yutuqlardan biri.

    Bundan tashqari, sohamizda dori-darmonlar boshqa yo‘nalishlarga nisbatan ancha qimmat. Shunga qaramasdan davlat tomonidan aksariyat bemorlarga dori-darmonlarning ko‘p qismi qoplab berilmoqda. Bu ham onkologiyaning bitta yutug‘i.

    Hozirgi kunda bizning onkologiyamiz Yevropa yoki dunyoning har qanday davlati onkologiyasi bilan bemalol tenglasha oladi”, — dedi shifokor.

    Maqsud Mallayevning aytishicha, bugungi kunda chet eldan kelgan mutaxassislarga O‘zbekistonda master-klass va operatsiyalar o‘tkazish imkoniyati kengaygan.

    “Eslayman, 2014-2016-yillar oralig‘ida hamyurtlarimiz orqasida chet elga davolanish uchun ketish avjiga chiqdi. Chunki xorijda tibbiyot sifati yuqoriligi aytilardi. Hozir chet el mutaxassislarini o‘zimizga olib kelib, operatsiya qildirish amaliyoti boshlangan. Ya’ni xorijga 100 kishi ketmayapti-da, u yoqdan bir shifokor kelib, shu yerning o‘zida 100 nafar bemorni operatsiya qilmoqda. Bunda yo‘lkira va chet eldagi klinikalarga sarflanadigan mablag‘lar o‘zimizda qolmoqda. Bu tibbiyotga ketayotgan xarajatlarni 70-80 foizga qisqartirib bermoqda. Qolaversa, o‘zimizning shifokorlar ham xorijliklardan bilim o‘rganib, ularning darajasiga chiqmoqda. Bu 2022-yil hisobidan baralla gapirish kerak bo‘lgan yana bir katta yutuq”, — dedi Maqsud Mallayev.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan murojaatida 2023-yilda respublikada 140 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar, 520 ta olis va chekka mahallada ixcham tibbiyot punktlari tashkil etilishini ma’lum qildi.

    Shu bilan birga, kelasi yili onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha uch yillik katta dastur amalga oshiriladi. Barcha tug‘ruq komplekslari to‘liq ta’mirlanadi va jihozlanadi, o‘rinlar soni 35 foizga ko‘paytiriladi.

    Hozir mamlakatda 15 mingga yaqin onkologik bemorlar nur yordamida davolanishga muhtoj. Shu bois, kelasi yilda Samarqand, Farg‘ona va Xorazmda xususiy sherikchilik asosida Radiologiya markazlarini tashkil etish loyihalari boshlanadi.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

    25.12.2022, 18:00   Izoh (0)   14310
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda er xotinini pichoqlab o‘ldirdi

    25.12.2022, 16:41

    O‘zbekistonda Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etiladi

    25.12.2022, 16:21

    Namanganda 9 nafar fuqaroni chuv tushirgan “litsenziya bo‘limi xodimi” qo‘lga olindi

    25.12.2022, 14:54

    Samarqandda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

    25.12.2022, 14:11

    O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

    25.12.2022, 13:10

    Boku xalqaro dengiz savdo porti negizida o‘zbek omborlari va konteyner terminallari ochilishi kutilmoqda

    25.12.2022, 12:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Trampning nabirasi qahvaxonada ishlamoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 09:55

    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

    Reklama | 21 iyun, 09:00

    Isroil mingta ko‘chma boshpana qurish rejasini ma’qulladi

    Dunyo | 21 iyun, 09:50

    Toshkentda fuqaro harakatlanayotgan mashina oynasidan mushukni uloqtirdi (video)

    O‘zbekiston | 21 iyun, 09:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” kutilmaganda Braziliya klubiga mag‘lub bo‘ldi, “Bavariya” qiyinchilik bilan “Boka Xuniors”ni mag‘lub etdi

    Sport | 21 iyun, 09:20

    Pokiston Trampni Tinchlik Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatdi

    Dunyo | 21 iyun, 09:10

    Xyu Jekman muxlislardan qochib notanish kishining mashinasiga o‘tirib oldi

    Layfstayl | 21 iyun, 09:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.