Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning aytishicha, deputatlar Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bosqinidan keyin mamlakatni tark etgan Rossiya fuqarolari uchun soliq stavkasini oshiradigan qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Bugungi kunga qadar ketganlar nafaqat Rossiya kompaniyalarida masofaviy ishlamoqda, balki mamlakatimiz qonunchiligiga muvofiq ularga beradigan barcha imtiyozlardan foydalanmoqda. Rossiya Federatsiyasidan chiqib ketganlar uchun imtiyozlarni bekor qilish va ular uchun oshirilgan soliq stavkasini joriy etish to‘g‘ri bo‘ladi”, — deb yozdi u.
Dekabr boshida “Yagona Rossiya” fraksiyasi chet elda yashovchi rossiyaliklarga bank singari qator ishlarda masofadan turib ishlashni taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqqandi. “Verstka” nashrining ta’kidlashicha, cheklovlar axborot xavfsizligi, davlat sektori va transport sohasi xodimlariga ta’sir qiladi. Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi masofaviy ishlashning IT-mutaxassislariga taalluqli bo‘lishini taqiqlashga qarshi chiqqan.
Mavzuga doir:
- Rossiyani tark etgan va fuqarolikdan voz kechgan milliarderlarning aktivlarini muzlatib qo‘yish taklif qilindi
- Meksika orqali AQSHga qochayotgan rossiyaliklar soni 4600 foizga oshib ketdi
- “Urushga qarshi odamlarni izlayapmiz”. AQSH MRB Ukrainadagi bosqindan norozi rossiyaliklarni agentlikka yollamoqchi
Izoh (0)