• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Iste’foga chiqishni e’lon qilgan Gorbachyov, Charli Chaplin tobutining o‘g‘irlanishi va Afg‘onistonda halokatga uchragan sovet qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 25-dekabr

    25-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan iste’foga chiqishini e’lon qilgan Mixail Gorbachyov, sovet harbiylari bo‘lgan samolyotning Afg‘onistondagi halokati hamda Charli Chaplin tobutining o‘g‘irlab ketilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Iste’foga chiqishini e’lon qilgan Gorbachyov

    1991-yil 25-dekabr kuni Mixail Gorbachyov Rossiya Markaziy televideniyesi orqali iste’foga chiqishini e’lon qilgandi. Soat 19:38 da Kremlda qizil bayroq tushirilgan va SSSR o‘z mavjudligini to‘liq yakunlagan.

    Foto: “Interfaks”

    Foto: “Interfaks”

    “Hurmatli yurtdoshlar! Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkil etilishi munosabati bilan men SSSR prezidenti lavozimidagi faoliyatimni yakunlayman”, — deya boshlanadi Gorbachyovning telemurojaati.

    Bundan ikki kun oldin Kremlda Mixail Gorbachyov va Boris Yelsin o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuv qariyb 10 soat davom etgandi. Unda hokimyatning ittifoq rahbarida Rossiyaning bo‘lajak prezidentiga o‘tishiga oid texnik jarayonlar muhokama qilingan. Xususan, yetakchilar 25-dekabr kuni Yelsinga yadroviy kodlar topshirilishiga kelishib olgan. Bundan tashqari, Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi arxivi hamda SSSR prezidentining shaxsiy arxivi haqida ham gap bo‘lgan.

    Yetakchilar Gorbachyovning iste’fosi shartlariga kelishib olgan: unga nafaqa tayinlash, hovli-joy, avtotransport, qo‘riqchi, “Gobachyov” fondi uchun bino taqdim etishga kelishilgan. SSSR prezidenti yarim yil ichida Rossiya hukumatini tanqid qilmaslik majburiyatini olgan.

    Foto: “Interfaks”

    Foto: “Interfaks”

     

    1991-yil 25-dekabr kuni soat 17:00 da Mixail Gorbachyov ikki kishi bilan telefon orqali muloqot qilgan: AQSH prezdenti Jorj Bush va Germaniya tashqi ishlar vaziri Gans-Ditrix Gensher bilan.

    Bush bilan suhbatda Gorbachyov, ikki soatdan keyin SSSR prezidentligidan ketish bo‘yicha bayonot berishini aytgan va G‘arb davlatlari MDH va Rossiyani qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirgan. Bundan tashqari, Mixail Gorbachyov AQSH prezidentiga yadroviy quroldan foydalanish huquqini Boris Yelsinga topshirayotganini aytgan. “Shunday ekan Rojdestvoni xotirjam nishonlashingiz, kechasi tinch uxlashingiz mumkin. Menga keladigan bo‘lsak, taygada yashirinaman. Men siyosat va jamiyat hayotida qolaman”, — degan Gorbachyov.

    Soat 19:00 larda sovet prezidenti o‘zidan SSSR Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni vakolatlarini yechish va SSSR prezidenti huzuridagi Mudofaa kengashining tugatilishi to‘g‘risidagi qarorni imzolagan.

    Foto: “Interfaks”

    Foto: “Interfaks”

    Shundan keyin Gorbachyov Markaziy televideniye orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish qilib, SSSR prezidentligi lavozimidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan. “Men xalqlar mustaqilligi, respublikalar suvereniteti uchun, shu bilan birga, ittifoq davlatlari, mamlakat yaxlitligi yo‘lida qat’iy turdim. Voqealar boshqa yo‘ldan ketdi. Mamlakatni parchalash va davlatni ajratish to‘g‘risidagi chiziq ustunlik qildi, men bunga qo‘shila olmayman”, — degan u.

    U SSSRni tugatish to‘g‘risidagi qaror “xalq irodasi” inobatga olinmay qabul qilinganidan afsusda ekanini bildirgan. Biroq shu ondayoq Olmaota bitimi “jamiyatda haqiqiy kelishuvga olib kelishi, inqirozdan chiqishni yengillashtirishi” uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini ma’lum qilgan.

    Soat 19:38 da, Gorbachyovning televizion murojaati hali tugamay turib, Moskva Kremli flagshtokidan SSSR davlat bayrog‘i tushirilgan va Rossiya davlat bayrog‘i ko‘tarilgan. Telemurojaatdan keyin Gorbachyov Amerikaning CNN telekanaliga bergan qisqa intervyusida “yadroviy chamadon”ni Boris Yelsinga berishga tayyorlanayotganini aytgan. Ammo Rossiya prezidenti uchrashuvga kelmagan, chunki Gorbachyovning televideniye orqali chiqishi mazmunidan norozi edi.

    Yelsin yadroviy kodlarni sobiq SSSR prezidentining kabinetida qabul qilishni istamagan va ushbu jarayonni Kremlning boshqa “neytral hududida” — Yekaterina zalida o‘tkazilishini taklif qilgan. Gorbachyov ushbu variantga rozi bo‘lmagan va “yadroviy chamadon”ni SSSR Qurolli Kuchlari qo‘mondoni marshal Yevgeniy Shaposhnikovga bergan.

    Foto: “Interfaks”

    Foto: “Interfaks”

    27-dekabr kuni Gorbachyov oxirgi marta Kremldagi kabinetiga kelib, hujjatlarini olib ketmoqchi va yapon jurnalistlari bilan uchrashmoqchi bo‘ladi. Ammo buni amalga oshira olmaydi — kabinetni Boris Yelsin egallab bo‘lgan edi.

    SSSR prezidenti faoliyatining yakunlanishi bo‘yicha hech qanday rasmiy tadbir tashkil etilmagan. 25-dekabr kechqurun Kreml mehmonxonasida Gorbachyovga yaqin bo‘lgan bir necha kishi ishtirokida kechki ovqat tashkil etilgan.

    Sovet qo‘shinlarini olib ketayotgan samolyotning Afg‘onistondagi halokati

    1979-yil 25-dekabr kuni Kobulda SSSR Harbiy-havo kuchlariga tegishli “Il-76M” samolyoti halokatga uchragan edi. Noqulay ob-havo sharoitidagi parvoz vaqtida havo kemasi yo‘nalishdan adashib ketgan va tog‘ qirrasiga urilib, ikkiga bo‘linib ketgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Hodisa oqibatida samolyot fyuzelyaji daraga tushib ketib, parchalangan. Fojia 67 kishining o‘limiga sabab bo‘lgandi. Halokat sovet qo‘shinlarini Afg‘onistonga kiritish vaqtida yuz bergan edi — bu SSSR Harbiy-havo kuchlarhisobi mazkur urushdagi birinchi yo‘qotishi hisoblanadi.

    Sovet Ittifoqi Afg‘oniston hududiga qo‘shinlarini aynan shu kunda boshlagan edi. Bunga tayyorgarlik bir necha kun davom etgan, jumladan, oy o‘rtasida harbiy-transport aviatsiyasining samolyotlari Turkiston harbiy okrugidagi aerodromlarga joylashtirilgan.

    SSSR—Afg‘oniston chegarasini kesib o‘tish bo‘yicha buyruq soat 15:00 da berilgan, mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da harbiy-transport samolyotlari Kobul va Bagram aerodromlarida desantlarni tashlashni boshlagan.

    Mazkur havo ko‘prigida boshqalar qatori 86036 borti ham ishtirok etgan — uning ichida 350-parashyut-desant polkining muhandislar bo‘linmasi, shuningdek, ikkita “Ural-375” avtomobili, o‘q-dorilar bo‘lgan. Tayyorgarlik shoshilinchda amalga oshirilgan va ekipaj parvozni “asabiylik” holatida amalga oshirgan. 86036 borti Turkmanistonning Mari shahrida havoga ko‘tarilgan va uchlik tarkibida Afg‘onistonga yo‘l olgan.

     

    Qo‘shinlarni havo orqali tashish jadal sur’atlarda amalga oshirilgan. Zimiston va qor yog‘ayotganiga qaramay, “Il-76” bir necha daqiqa farq bilan belgilangan joyga yetib kelayotgandi. Ammo ko‘p o‘tmay Bagram aviabazasi hisob bo‘yicha samolyot hamon yetib kelmagnaini ma’lum qiladi.

    Mari aerodromidagilar esa havo kemasi uchib ketganini bildirgan. Qolgan samolyotlarning ekipajlari bilan bog‘lanilgan va sakkizinchi samolyot ekipaji qo‘nish vaqtida u qorong‘ulikda chaqnashni ko‘rganini aytgan. Bu “Il-76” halokatga uchraganini anglatar edi.

    30-dekabr kuni “Mi-8” vertolyotidan halokat joyi aniqlangani bo‘yicha hisobot berilgan — Kobuldan 4269,36 metr balandlikda. Qo‘nish sxemasidan chetga chiqib ketgan samolyot soat 19:33 da tog‘ qirrasiga urilib, ikkiga bo‘linib ketgandi. Havo kemasining bortida bo‘lgan barcha halok bo‘lgan. Bu o‘sha vaqtda “Il-76” bilan sodir bo‘lgan eng yirik aviahalokat edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    1-yanvar kuni soat 10:30 qidiruv ekspeditsiyas uchuvchilarning jasadlari bo‘lgan fyuzelyajning old qismi topilganini ma’lum qiglan. Desantchilar, texnika va qurollanish bo‘lgan fyuzelyajning qolgan qismi daraga yetib borish qiyin bo‘lgan darajaga tushib ketgandi. Ular faqatgina 2005-yilga kelib topilgan.

    Charli Chaplin tobutining o‘g‘irlanishi

    Charli Chaplin yumor qiroli va parodiya ustasi edi. U tomoshabinlarni boy repertuarlari bilan xushnud eta olish bilan birga, boshqa qiziqchilarning hazillari ustidan kula olgan. Ammo Chaplin vafotidan keyin tobutining o‘g‘irlab ketilishini qanday baholagan bo‘lardi.

    Foto: Vintag

    Foto: Vintag

    Chaplin 1977-yil 25-dekabr kuni kechqurun uyqusida vafot etgan. U 88 yoshga to‘lgan edi. Dunyoga mashhur aktyor Shveysariyaning Korso-syur-Veve shaharchasidagi mahalliy qabristonga dafn etilgan. Ushbu shaharchada Chaplin oxirgi 25 yildan buyon rafiqasi va farzandlari bilan yashab kelayotgandi.

    Oradan ikki oy o‘tgach, 1978-yilning bahori boshida qabriston qo‘rqichisi marhumning bevasiga aql bovar qilmas yangilikni aytadi: artist ko‘milgan joy bo‘shab qolgan va tobut olib ketilgan edi.

    Chaplinning hisobi bo‘yicha to‘rtinchi rafiqasi Une ONil va ularning sakkiz nafar farzandiga qo‘ng‘iroqlar bo‘lib, pul talab qilgan. Jinoyatchi aktyorning qoldiqlari uchun 600 ming dollar so‘ragan, beva ayol esa mutlaqo rad javobini bergan. Ayol o‘zining ushbu qarorini agarda turmush o‘rtog‘i tirik bo‘lganida pul to‘lash bo‘yicha bunday fikrni “ichakni uzadigan kulgili voqea”, deb hisoblagan bo‘lishini aytgan.

    Foto: Vintag

    Foto: Vintag

    Kimligini oshkor etmagan abonent marhumning boshqa oila a’zolariga birma-bir qo‘ng‘iroq qilib chiqib, so‘ragan pullari miqdorini muntazam tushirib borgan.

     

    Politsiya ham qo‘lini qovushtirib o‘tirmagan va qo‘ng‘iroqlarni kuzatish orqali jinoyatchi foydalanayotgan shahar telefonini aniqlagan. Yaqin atrofdagi barcha telefon budkalari kuzatuvga olingan — jinoyatchi marhumning qarindoshlariga yana qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lganida ushlanishi kerak edi.

    Hammasi rejadagidek amalga oshgan. Oradan 5 hafta o‘tgach, tobut o‘g‘risi qo‘lga olingan. Avvaliga poltisya polshalik 25 yoshli Roman Vardasni ushlagan, u birinchi so‘roqdayoq sherigi — bolgariyalik muhojir Gancho Ganayevni sotgan.

    O‘g‘rilar jinoyatni amalga oshirish g‘oyasini gazetadan o‘qib olgan, unda Italiyada shu kabi holat yoritilgandi. To‘g‘ri, hamtovoqlar yangilik kiritib, o‘g‘rilikni tobutni olib qochmasdan amalga oshirishni o‘ylagan. Ular tobuyni yarim metr chuqurroqqa ko‘mib, pul mukofotini olgandan keyin o‘z nayranglarini shunchaki aytib qutilmoqchi bo‘lgan.

    Foto: Vintag

    Foto: Vintag

    Ammo jinoyat sodir etilgan kechada sharros yomg‘ir quygan va ular yog‘ochdan ishlangan tobutni chiqarib olib, uni yashirish uchun aravacha qidirishga majbur bo‘lgan. Kavlab olingan tobut qabristonda 15 kilometr, Chaplin oilasining uyidan 1 kilometr uzoqlikdagi bug‘doy dalasiga yashiringan. Politsiyachilar mashhur aktyorning qoldiqlarini shu yerdan topgandi.

    Dekabr oyida mazkur jinoyat tashkilotchisi Vardas 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, Ganayev esa shartli ravisda 1,5 yilga qamalgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular o‘z harakatidan pushaymon bo‘lib Uniga maktub yozgan. Oxir-oqibat ayol ularni kechirgan.

    Foto: Vintag

    Foto: Vintag

    Charli Chaplinni qayta dafn etish jarayoni 17-mayda amalga oshirilgan va bu safar qabr betonlab tashlangan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

     

    Mavzuga doir: Peruda samolyot halokatidan keyin omon qolgan yagona qiz, Ku-kluks-klanning tashkil etilishi va Parijga uchayotgan samolyotni egallagan terrorchilar. Kun xronologiyasida 24-dekabr

     

    25.12.2022, 09:30   Izoh (0)   47265
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘n qurbon, ellikdan ortiq yarador: Rossiyaning Xersonga yangi hujumi oqibatlari (foto)

    25.12.2022, 08:53

    “Roskosmos” XKS ekipajini qutqarish rejasini tuzmoqda

    25.12.2022, 08:38

    Bloomberg butun dunyo milliarderlarining “yaxtalar bazmi” qayerda bo‘lib o‘tayotganini oshkor qildi

    24.12.2022, 20:45

    Putinga harbiy operatsiya haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar berilayotgani rad etildi

    24.12.2022, 15:02

    AQSHda qor bo‘roni oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi (video)

    24.12.2022, 12:23

    Bayden 847 mlrd dollarlik mudofaa budjetini imzoladi

    24.12.2022, 10:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

    Dunyo | 20 iyun, 13:32

    “Respublikadagi barcha tuman hokimlari Shahrisabz, Yakkabog‘ va Ko‘kdalani kelib ko‘rsin, o‘rgansin” — prezident

    O‘zbekiston | 20 iyun, 13:29

    Megan Markl bolalarini bozorda ishlab pul topishga majburlamoqda

    Layfstayl | 20 iyun, 13:28

    “Manchester Yunayted” Mbeumoni xarid qilish uchun katta summa taklif qildi

    Sport | 20 iyun, 13:10

    Qashqadaryoda viloyat “Islohotlar shtabi” tuziladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 13:05

    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim

    Reklama | 20 iyun, 12:00

    Shifokor surunkali stress asab tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berdi

    Maslahatlar | 20 iyun, 12:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.