Italiyaning “Kalyari” jamoasi Klaudio Ranyerini bosh murabbiy etib tayinladi.
Klub 71 yoshli mutaxassis bilan 2025-yil iyun oyiga qadar shartnoma imzoladi.
“Kalyari” hozirda B Seriya jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ranyeri 1988—1991-yillarda “Kalyari” bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Murabbiy 1989-yilda jamoani C Seriyadan B Seriyaga olib chiqqan. Shundan so‘ng jamoa bilan birga 1990-yilda yuqori divizionga chiqqan.
Klaudio Ranyerining so‘nggi ishlagan klubi “Uotford” edi. Mutaxassis 2022-yil yanvar oyida iste’foga chiqqandi.
Izoh (0)