Argentinaliklar “Fransiya, yig‘lashni bas qil” nomli petitsiyani boshladi.
Hozirda petitsiyani 200 mingdan ortiq inson imzolagan. Katta ehtimol bilan bu fransuzlarning JCH—2022 finalini qayta o‘tkazishni so‘rab boshlagan petitsiyasiga javob.
“Jahon Chempionati finalidan so‘ng fransuzlar yig‘lashni, shikoyat qilishni to‘xtatmayapti. Argentina Jahon Chempioni bo‘lganini tan olishni istamayapti.
Bu petitsiya fransuzlar yig‘ini bas qilib, Messi futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchiligi va Mbappe unga xuddi o‘g‘lidek ekanligini qabul qilishlari uchun”, — deyiladi manbada.
Izoh (0)