• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 20-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 20-dekabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Putin Lukashenkoni Ukrainadagi urushga qo‘shilishga ko‘ndira olmadimi? Ayni paytda Rossiya va Belarus munosabatlari 

    ISW Rossiya va Belarus rahbarlari Ukrainadagi urushni muhokama qilishdan tiyilganiga e’tibor qaratdi. Shu bilan birga, Minsk, go‘yoki, “G‘arbdan xavfga duch kelgani”ni aytdi. O‘z navbatida, Putin belaruslik uchuvchilarni “maxsus jangovar kallaklardan iborat o‘q-dorilar”ni qo‘llashga o‘rgatish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

    Ayni vaqtda Lukashenko Moskva S-400 havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari va “Iskander” majmualarini taqdim etishini ma’lum qildi. Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, tomonlar, shuningdek, mudofaa makonini yaratishni ham muhokama qilgan.

    Eslatib o‘tamiz, 19-dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha yil ichida birinchi marta Aleksandr Lukashenko bilan uchrashish uchun Minskka keldi. ISW tahlilchilari Putin bu bilan Ukrainaga qarshi urushning yangi bosqichi uchun axborot sharoitlarini yaratishga urinayotganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Belarus tomonidan hujum imkoniyatlari ham istisno qilinmagandi.

    O‘z navbatida, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa xizmati kotibi Aleksey Danilovning fikricha, Putin o‘z tashrifi chog‘ida Lukashenkoga bosim o‘tkazib, uning Belarus qo‘shinlarini Ukrainaga qarshi urushga yuborishga imkon berishiga erishmoqchi bo‘lgan, biroq Minsk urush qilishni istamagan.

    Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning Belarusni “o‘zlashtirib olish”, “o‘ziga singdirib olish” rejalarini rad etgan va buni safsata deb atagan edi. “Gap o‘zlashtirib olishda emas, masala iqtisodiy siyosatni kelishib olishda, xuddi boshqa ko‘plab integratsion birlashmalarda bo‘lgani kabi”, — deya Putin bunday mish-mishlar haqidagi savollarga javob berdi.

    Jahondagi ayni vaziyatda BMT qaysi tarafning tahdidlariga yon bermoqda?

    AQSH Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrishni “Rossiya tahdidlariga ochiqdan ochiq yon berishda” va Rossiyaning Ukrainaga hujum uchun chindan ham Eron dronlaridan foydalanayotganini tekshirish bo‘yicha missiya jo'natmaganlikda aybladi.

    Bir qator davlatlar BMTdan tergov o‘tkazish uchun Kiyevga guruh yuborishni talab qildiBuyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSH va Ukraina Eronda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchoqlarning Rossiyaga yetkazib berilishi BMT Xavfsizlik Kengashining 2015-yilda qabul qilingan rezolyutsiyasini buzish ekanini da’vo qilmoqda. Ular Guterrishning Kiyevga tekshiruv uchun rasmiylardan iborat guruh yuborishini istamoqda.

    O‘z navbatida, Rossiyaning BMTdagi elchisi Vasiliy Nebenzya bu ayblovlarni “haqiqatdan yiroq” deb atagan va tashkilotni G‘arb davlatlari bosimiga bo‘ysunmaslikka chaqirgan.BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari Di Karlo BMT kotibiyatiga ushbu mamlakatlardan yozma so‘rovlar kelib tushganini tasdiqlab, ma’lumotlarni o‘rganish va xulosalarni Xavfsizlik Kengashiga yetkazishga va’da bergan.

    Guterrishning o‘zi esa dronlar masalasi “urush masalasi bo‘yicha qilinayotgan ishlarning kengroq kontekstida ko‘rib chiqilishi, bu holda rasmiylarni Kiyevga qachon yuborish kerakligi aniqlanishi” haqida gapirdi.

    Starlink Ukrainaga yordam berishda davom etmoqda

    Ukraina Amerikaning Space Exploration Technologies Corp. kompaniyasi bilan Starlink sun’iy yo‘ldoshlari uchun 10 mingdan ortiq terminallar yetkazib berish haqida kelishib oldi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari, raqamli transformatsiya bo‘yicha vazir Mixail Fyodorov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, terminallar yaqin oylarda yetkazib beriladi, to‘lov bo‘yicha yordam berishga esa bir nechta Yevropa mamlakatlari rozi bo‘lgan.

    Bloomberg’ga bergan intervyusida Fyodorov SpaceX va uning rahbari Ilon Mask “muammolarga tezkorlik bilan javob qaytarayotgani” va Ukrainaga yordam ko‘rsatayotganini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, u amerikalik biznesmen bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilgan. “Mask Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga ishontirdi. Bizda katta ko‘lamli o‘chishlar bo‘lganida, o‘sha kuniyoq unga yozdim, u esa zudlik bilan javob qilib, bir qancha choralar ko‘rishga ham ulgurdi”, — dedi Mixail Fyodorov.

    Uning aniqlik kiritishicha, Rossiya harbiy operatsiyasi boshlanganidan buyon Ukraina qariyb 22 mingta Starlink antennalarini qo‘lga kiritgan. Vazir Yangi partiyani yetkazib berish haqida“ayni paytda barcha moliyaviy masalalar hal qilingan”ini qo‘shib qo‘ygan.

    Starlink tarmog‘i Ukrainada urush boshlanganidan keyin ko‘p o‘tmay ishga tushirilgan edi. Kommunikatsiya infratuzilmasi o‘qqa tutilishi sharoitida u mamlakat mudofaa qobiliyati uchun muhim ahamiyatga ega: undan ukrainalik harbiylar ham foydalanadi. Ayni vaqtda, kompaniya ko‘pchilik xizmatlarni bepul taqdim etmoqda.

    O‘zbekistonda 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb e’lon qilindi. Kelayotgan yilda O‘zbekistonliklarni qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

    Bugun 20-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnoma yo‘lladi. Davlat rahbari 2023-yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb e’lon qildi.

    “Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta’lim dargohlarida o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, sifatni oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak. Kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz ko‘targan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritishimizda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol bo‘lishlarini so‘rayman”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

    Prezident kelgusi yilda oliygohlar uchun imtiyozli ta’lim kreditlariga resurslar 2 barobar ko‘paytirilishi va 2023- o‘quv yilidan barcha viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham bepul ovqatlanish joriy etilishi haqida ma’lum qildi.

    Hozirda dolzarb masala hisoblangan energetika sohasidagi muammolarga to‘xtalar ekan Shavkat Mirziyoyev yil boshidan quvvati 1,5 ming megavattli 7 ta elektr stansiyasi ishga tushirilganini aytdi. “Kelasi yilda yana 4,5 ming megavattli 11 ta yirik loyihani yakuniga yetkazamiz. Jumladan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida barpo etiladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga, qo‘shimcha 14 milliard kilovatt elektr ishlab chiqariladi. Bu orqali xonadonlarga beriladigan elektr energiyasi 50 foizga ko‘payadi”, — degan prezident.

    Shuningdek davlat rahbari iqtisodiyot, sog’liqni saqlash va sud-prokuratura yo‘nalishlarida ham qator o‘zgarishlar haqida e’lon qilgan. O‘zbekiston prezidenti 2023-yilda ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tishni taklif qilib,vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytirilishini ma’lum qildi.

    20.12.2022, 23:35   Izoh (0)   13716
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” ayollarning universitetda tahsil olishini taqiqladi

    20.12.2022, 23:16

    Britaniya mudofaa vaziri: “Rossiya dronlar evaziga Eronga ilg‘or harbiy qismlar bermoqchi”

    20.12.2022, 23:09

    “Har qanday ssenariyga tayyormiz” — Ukraina TIV Putin va Lukashenkoning uchrashuviga izoh berdi

    20.12.2022, 21:35

    Olimlar Yerga o‘xshash ikkita sayyorani aniqladi (foto)

    20.12.2022, 21:32

    “Tolibon” a’zolari ayollarni omma oldida qamchiladi

    20.12.2022, 21:10

    Afg‘onistonda 80 kishi noma’lum kasallikka chalindi, ikki bola vafot etdi

    20.12.2022, 20:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32

    Ukraina armiyasiga 23 ming zirhli transport vositasi kerak — OAV

    Dunyo | 26 iyul, 22:13

    Gaz va elektr tokini behuda sarflaganlar javobgarlikka tortiladi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:07

    Mahkumni ozodlikka chiqarib berish uchun 30 ming dollar talab qilgan advokat qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.