• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Filippinda 4 ming odam o‘limiga sabab bo‘lgan parom to‘qnashuvi, Gitlerning qamoqdan ozod etilishi va Panamaga bostirib kirgan AQSH harbiylari. Kun xronologiyasida 20-dekabr

    20-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Filippinda 4 mingdan ortiq inson umriga zomin bo‘lgan parom to‘qnashuvi, Gitlerning qamoqdan ozod etilishi hamda Panamaga bostirib kirgan AQSH harbiylariga oid faktlar o‘rin olgan.

    Filippinda 4 ming inson umriga zomin bo‘lgan parom to‘qnashuvi

    1987-yil 20-dekabr kuni Filippinga tegishli “Donya Pas” paromining “Vektor” tankeri bilan to‘qnashuvi oqibatida 4 mingdan ortiq inson halok bo‘lgandi.

    Foto: AP Photo

    “Donya Pas” paromi Yaponiya kompaniyasi tomonidan qurilgan va 1963-yilda suvga tushirilgan edi. Kemaning uzunligi 93 metrni tashkil etib, u 1518 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. U vaqtda parom “Ximeyuri Maru” deb nomlangan va yapon suvlarida harakat qilgan, ammo 1975-yilda uni yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi Filippin kompaniyasi sotib olgan.

    1979-yili Maniladan Sebuga yo‘l olgan paromda yong‘in chiqqan. 1164 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining barchasi qutqarilgan bo‘lsa-da, kemaga jiddiy shikast yetgan va ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. 1981-yilda ta’mirlash ishlaridan keyin u yana yo‘lovchi tashishni davom ettirgan — bu safar “Donya Pas” nomi ostida.

    1987-yil 20-dekabr kuni parom Manila—Katbalogan—Takloban yo‘nalishida haftasiga ikki marta harakatlangan. Erta tongda “Donya Pas” Taklobandan Katbalogan tomon suzgan, kechki soat 22:30 larga borib parom Tablas ko‘rfazidan suzib o‘tayotganida dengiz notinch edi.

    Yo‘lovchilarning aksariyati uyquga ketgan paytda “Donya Pas” Bataandan Masbat tomon ketayotgan “Vektor” tanker bilan to‘qnashgan. Uning bortida 1050 metr kub benzin va boshqa neft mahsulotlari bo‘lgan, to‘qnashuvda esa ular to‘kilib, yong‘in kelib chiqqan.

    “Donya Pas” bortida qutqaruv nimchalari bo‘lsa-da, ular qulf ostida saqlangan. Jamoa ham, yo‘lovchilar ham vahimaga tushib qolgan. Omon qolish ilinjida odamlar yonilg‘i to‘kilgan suvga sakrashga majbur bo‘lgan.

    Foto: AP Photo

    “Na matroslar va na ofitserlar sodir bo‘layotgan voqeaga chora ko‘rgan. Hamma qutqaruv nimalari va qayiqlarini talab qilardi, ammo ular yo‘q edi. Nimchalar saqlangan shkaflarga qulf osilgan, uning kalitini esa topib bo‘lmasdi. Qayiqlar suvga hech qanday tayyorgarliksiz, shunday tashlangan. Vahima, tartibsizlik hukmron edi”, — deydi omon qolgan yo‘lovchilardan biri Pakito Osabel.

    Oradan ikki soat o‘tgach, parom cho‘kib ketgan. Yana ikki soatdan keyin “Vektor” ham suvga g‘arq bo‘lgan. Hukumat rasmiylariga sodir bo‘lgan halokat to‘g‘risidagi ma’lumot 8 soatdan keyin yetib borgan. “Donya Pas”ning faqat 24 nafar yo‘lovchi va “Vektor” ekipajining ikki a’zosi omon qolgan. Ularning deyarli barchasi kuyishdan jarohat olgan. Shuningdek, akulalar tomonidan g‘ajilgan 300 ga yaqin jasad keyingi kunlar davomida qirg‘oqqa chiqib qolgan. Qolgan minglab qurbonlarning jasadlari esa topilmagan.

    Keyinroq tergov davomida aniqlanishicha, to‘qnashuv ikkala kema jamoasining mas’uliyatsizligi oqibatida kelib chiqqan. Na “Donya Pas” va na “Vektor”dagi naviatsiya qurilmalari tekshirilmagan, tankerning dengiz tashuvlarini amalga oshirish uchun umuman litsenziyasi ham bo‘lmagan. To‘qnashuv avvalida “Donya Pas”ning kapitan ko‘prigida jamoaning bir a’zosi qolgan, qolganlar esa pivo ichish va televizor ko‘rishga ketgandi.

    Yong‘in boshlanganida ularning hech biri olovni o‘chirishga yoki yo‘lovchilarni qutqarishga harakat qilmagan. Aftidan kemada radiostansiya ishlamagan — ularning hech biri SOS signalini bermagan.

    Paromga egalik qilgan Sulpicio Lines kompaniyasining ma’lum qilishicha, kema portida 1553 kishi bo‘lgan — 1493 nafar yo‘lovchi va 60 nafar ekipaj a’zosi. Ammo haqiqiy raqamlar kutilgandan ancha ko‘p chiqqan. Kompaniyaning anonim manbalariga ko‘ra, kema bortida rasmiy ro‘yxatlarga kiritilmagan yo‘lovchilar bo‘lgan. Omon qolganlarning aytishicha, paromda odam shu qadar ko‘p bo‘lganidan ular paluba va koridorlarga joylashgan. Filippin Vakillar palatasi deputati Raul Dazaning ta’kidlashicha, paromda rasmiy keltirilgan raqamlardan tashqari yana kamida 2 ming kishi bo‘lgan.

    Tergov bilan shug‘ullangan komissiya 1999-yilda yakuniy raqamlarni e’lon qilgan: parom bortida 4341 kishi bor edi. Fojia jami 4386 kishining umriga zomin bo‘lib, tinchlik vaqtidagi eng dahshatli halokatga aylangan.

    Sulpicio Lines vakillari halok bo‘lganlarning oilasiga 20 ming Filippin pyesosidan va’da qilgan. Oilalar kompensatsiyani 2017-yil martga kelibgina olgan.

    Qamoqdan ozod etilgan Gitler

    1924-yil 20-dekabr kuni Landsberg shahri qamoqxonasidan Adolf Gitler ozod etilgandi. To‘qqiz oy davomida qamoqda saqlangan vaqtida fyurer o‘z yordamchisi Emir Morrisga kitobi mazmunini aytib turgan, u esa oqqa ko‘chirilgan. Keyinchalik mazkur kitob “Mayn kampf” nomini olib, Uchinchi reyx fuqarolarining asosiy kitobiga aylangan.

    Foto: Wikipedia

    1924-yil fevral—mart oylarida omadsiz yakunlangan “Pivo isyoni”dan keyin Adolf Gitler omadsiz davlat to‘ntarishining qolgan rahbariyati bilan birga sud qilingan. Bo‘lajak fyurer davlatga xiyonatda ayblangan va besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan, biroq to‘qqiz oydan keyin u muddatidan oldin ozodlikka chiqarilgan.

    Landsberg qamoqxonasi rahbariyati Milliy-sotsialistik nemis ishchilar partiyasi (MSNIP) tarafdori bo‘lgan, shu bois Adolf Gitler va partiyaning boshqa a’zolari to‘qqiz oy davomida qamoqda ancha qulay hayot kechirgan. Xususan, ikkita kamera Gitlerning ixtiyorida bo‘lgan, ulardan biri yotoqxonaga aylantirilgan, bittasida mehmon kutilgan. Mahbusning ovqatlanish ratsioni ham joyida bo‘lgan: unga tashqaridan mevalar, dudlangan go‘sht, kolbasa va hatto tort va konfetlar yetkazib turilgan.

    Gitlerning Landsbergdagi qamoqxonada saqlanishi nafaqat qulay, balki samara ham keltirgan. Gitlerning oldiga boshqalardan ko‘ra ko‘proq do‘sti va qo‘riqchisi Emil Moris kirib turgan — u ham isyonning boshqa ishtirokchilari kabi jazo muddatini o‘tardi. Gitler unga kitobini yozdirgan va natijada “Mayn kampf” (“Mening kurashim”) kitobi paydo bo‘lgan. Unda bo‘lajak fyurer bolaligini tasvirlagan, siyosiy qarashlari qanday shakllanganini tushuntirgan. Kitobda asosiy mavzu “yahudiylar xavfi” g‘oyasiga qaratilgandi. Adolf Gitlerning fikricha, nemis xalqining barcha falokatlariga, jumladan, Germaniya imperiyasi va Avstra-Vengriyaning Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyatiga ham aynan yahudiylar aybdor.

    Foto: Wikipedia

    “Mayn kampf”ning birinchi nashri 1925-yilda chop etilgan. Bir yildan keyin milliy-sotsialistik harakat va Gitler tasavvur qilgan Germaniya kelajagiga bog‘liq ikkinchi qismi qo‘shilgan. 1933-yilga qadar kitob yaxshi sotilmagan, ammo natsistlarning Germaniyada hukumat tepasiga kelishi ortida kitobning tiraji yiliga bir necha yuz ming nusxaga chiqib ketgan.

    Gap bunda Gitler yoki MSNIPga bo‘lgan qiziqish ortganidan emasdi, balki kitob ko‘plab fuqarolarga o‘qish majburiy bo‘lgan adabiyot sifatida bepul tarqatilgan. Masalan, partiya a’zolari yoki oila qurayotgan yoshlarga. Shu bilan birga, ayrim nemis oilalari xavfsizlik nuqtayi nazaridan uni fyurerning portreti yonida, ko‘zga tashlanadigan joyda saqlashni ma’qul ko‘rgan.

    Yosh oilalarga “Mayn Kampf” topshirilmoqda, 1936-yil

    Yosh oilalarga “Mayn Kampf” topshirilmoqda, 1936-yil
    Foto: Wikipedia

    Ikkinchi jahon urushi va Adolf Gitlerning o‘limidan keyin kitobga egalik hududi Bavariya hukumatiga o‘tgan, chunki fyurer rasman Myunxenda ro‘yxatdan o‘tgandi. Kitobni chop etish bilan shug‘ullangan partiyaning markaziy nashriyoti ham aynan shu shaharda joylashgandi. To‘g‘ridan to‘g‘ri taqiq yo‘qligiga qaramay, u 70 yil davomida chop etilmagan. 2016-yilga kelibgina mualliflik huquqi muddati yakunlangach, Myunxen Zamonaviy tarix instituti xodimlari “Mayn kampf”ni qayta nashrdan chiqargan. Muallif matnidan tashqari yangi nashrda Gitler tomonidan ilgari surilgan tezislarni yo‘qqa chiqaruvchi tanqidiy izohlar ham keltirilgan.

    Panamaga bostirib kirgan AQSH harbiylari

    1989-yil 20-dekabr kuni AQSH qo‘shinlari Just Cause operatsiyasini boshlab, Panamaga bostirib kirgandi. Ekspertlarning fikricha, ushbu mojaro davomida amerikaliklar birinchi marta “demokratiyani tiklash” borasidagi o‘z agressiyasini asoslagan. Qo‘shma Shtatlar ushbu davlatni o‘z ta’sir doirasidan chiqarib yubora olmasdi, chunki uning hududidan strategik muhim transport arteriyasi — Panama kanali o‘tgan.

    Foto: AFP

    20-dekabr kuni AQSH qurolli kuchlari Panama hududiga keng ko‘lamli hujumlarni boshlagan. Vashington rasman ushbu operatsiyani Panama kanali hududidagi Amerika fuqarolarini himoya qilish, shuningdek, “demokratiyani tiklash” deya oqlagan. “1989-yilgi voqealar maqsadini tushunish uchun amerikaliklarning o‘zi uni Panama kanalini qurish uchun uni Kolumbiyadan ajratib olganini eslash kifoya”, — degandi AQSH va Kanada Harbiy-siyosiy tadqiqot markazi rahbari Vladimir Batyuk.

    Panama kanalini qurish bilan 1879-yilda Suvaysh kanali ustida ishlagan Ferdinand de Lesseps shug‘ullangan. Ammo u ish ko‘lamini to‘g‘ri baholay olmagan va oxir-oqibat bankrot bo‘lgan. 1902-yilda fransuz konsessiyasi kanal qurilishini Qo‘shma Shtatlarda sotib olgan. Ammo o‘sha vaqtda zamonaviy Panama hududi tarkibiga kirgan Kolumbiya senati AQSH uchun foydali bitimni ratifikatsiya qilishdan bosh tortgan.

    Manuel Noryega

    Manuel Noryega
    Foto: AFP

    1987-yilda Panama AQSHga Qo‘shma Shtatlar mamlakatning ichki ishlariga aralashoytgani yuzasidan norozilik notasini yuborgan. Shundan keyin Vashington Panamaga iqtisodiy va harbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatgan, AQSH Adliya vazirligi esa “Panama Che Gevarasi” hisoblangan Manuel Noryeganing giyohvand moddalar savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorligi masalasini ko‘targan.

    Oradan ikki yil o‘tgach Panamada prezident va parlament saylovlari o‘tkazilgan. G‘arbda yangi prezident sifatida ko‘proq ovoz to‘plagan Gilyermo Endaruni tan olish talab qilingan. Ammo Noryega saylovlardagi qator qonunbuzarliklar va xorijliklarning aralashuvi sabab uning natijalarini tan olmagan. Muhandis Fransisko Rodriges mamlakatning vaqtincha prezidentiga aylangan.

    Shu yilning 3-oktabr kuni Panamada omadsiz harbiy to‘ntarish ro‘y bergan. Fitnachilarning katta qismi halok bo‘lgan yoki hibsga olingan, ikki nafari Amerika harbiy bazasi hududiga berkingan. To‘ntarishga tayyorgarlikni yashirish ayblovi bo‘yicha Gilyermo Endara qo‘lga olingan AQSH Panama hukumatining harakatlarini qoralab, uni demokratik yo‘ldan yurmaslikda ayblagan.

    Amerika harbiylari Panamada

    Amerika harbiylari Panamada
    Foto: AFP

    Parallel ravishda rasmiy Vashington Panama hududiga harbiy bosqinni boshlagan. 15-dekabr kuni Noryega mamlakat AQSH bilan urush holatida ekanini ma’lum qilgan. Ertasi kuni panamalik askarlar AQSH dengiz piyodalari leytenanti Robert Pasni otib tashlagan, bir necha amerikalik kaltaklangan. 20-dekabrda amerikaliklar Noryegani ag‘darish bo‘yicha harbiy opresatiyani boshlagan.

    AQSHning Panamaga bostirib kirish rejasi

    AQSHning Panamaga bostirib kirish rejasi
    Foto: AFP

    AQSH aviatsiyasi Panama shaharlariga zarbalarni amalga oshirgan, shuningdek, aeroportlarga shaxsiy tarkib va texnikalarini tashlagan. Panama televideniye va radiosi bloklangan. Gilyermo Endara AQSh harbiy bazasida prezident sifatida qasamyod qilgan.

    21-dekabr kuni amerikalik harbiylar Panama Bosh shtabi binosini egallagan. Noryeganing o‘zi esa 1990-yilda hibsga olingan va AQSHga yuborilgan. 1992-yilda u giyohvand moddalar savdosi va tovlamachilik uchun 40 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinroq esa uning jazo muddati 30 yilga qisqartirilgan.

    Foto: AFP

    2010-yilda Noryega Fransiyaga ekstraditsiya qilinib, “pul yuvish” ayblovi bilan yana 7 yilga qamalgan. Bir yildan keyin fransuz hukumati uni Panamaga topshirgan va 1995-yilda Noryega siyosiy qotillik uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. U 2017-yilda vafot etgan.

    Bosqinchilik vaqtida Amerika generallaridan biri Mayk Snell Noryega tez-tez borib turgan uylarning biridan 50 funt kokain bor qopchalar topilganini ma’lum qilgan. OAVda uning giyohvand moddalar savdosiga aloqadorligi bong urilgan. Biroq ko‘p o‘tmay amerikaliklar bu oddiy un bo‘lganini tan olgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: SSSR samolyotini Xitoyga olib qochgan uchuvchi, birinchi jahon kubogining o‘g‘irlanishi va otib tashlangan afsonaviy “SMERSH” rahbari. Kun xronologiyasida 19-dekabr

    20.12.2022, 09:30   Izoh (1)   43433
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 573171756@telegram.org / 20.12.2022, 10:58

      20-dekabr sanasiga bag‘ishlangan kun xronologiyasi matnida imloviy hatolar ko‘p ekan, menimcha ushbu matnni qayta tahrirlash kerak.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin Rossiya Belarusni “o‘zlashtirib olish”ni rejalashtirmayotganini aytdi

    20.12.2022, 09:14

    Moldova razvedka rahbari: Rossiya 2023-yil boshida mamlakatga bostirib kirishni rejalashtirmoqda

    19.12.2022, 23:27

    BMT bosh kotibi: Ukrainadagi urush 2023-yilda tugashi mumkin

    19.12.2022, 22:30

    “Daryo” kundaligida 19-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    19.12.2022, 22:00

    “SSSR parchalanganidan keyin qilingan xatolarni takrorlamasligimiz kerak” — Lukashenko

    19.12.2022, 21:45

    Zelenskiy Rossiya Erondan 250 ta Shahed dronlari olganini aytdi

    19.12.2022, 21:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    American University of Technology (AUT) Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mubashshir Ahmad Istanbulda qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 12 may, 15:08

    Tinch okeanida 55 kun qolib ketgan 5 nafar baliqchi qutqarildi

    Dunyo | 12 may, 14:45

    Hande Erchelning unashtiruv marosimi, Kerem Bursinning orzusidagi roli va tergov qilinayotgan Feyza Jivilek: turk seriallari yangiliklari

    Kino | 12 may, 14:40

    Toshkentda bir oilani 150 ming dollar evaziga AQSHga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 14:25

    Erling Holand “Real” va “Barselona” o‘rtasida tanlov qildi — manba

    Sport | 12 may, 14:15

    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida

    Reklama | 12 may, 13:30

    Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya tahdidi sabab minalarni taqiqlovchi shartnomadan chiqadi

    Dunyo | 12 may, 14:10

    Internetdagi erkinlik va masʼuliyat: huquqlar va majburiyatlarni aniq belgilash vaqti keldi

    O‘zbekiston | 12 may, 14:09

    Zelenskiy Putin 30 kunlik sulhdan voz kechsa ham, Istanbulga boradi — Axios

    Dunyo | 12 may, 13:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.