• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Fuqarolar begonalar uchun xayriya yig‘ishi mumkin emas: homiylik xayriyalarini yig‘ishning aniq tartibi belgilandi

    O‘zbekistonda 21-avgust kuni imzolangan qonun bilan homiylik xayriyalarini yig‘ishning aniq tartibi belgilandi.

    Illyustrativ foto: ChatGPT

    Qonun bilan “Homiylik to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, xayriya qutisi tushunchasi kiritildi. Unga ko‘ra, xayriya qutisi naqd pul shaklidagi homiylik xayriyalarini yig‘ish uchun mo‘ljallangan idish bo‘lib, undan foydalanish huquqi homiylik tashkilotlariga, homiylikni amalga oshiruvchi yoki homiylik oluvchi yuridik shaxslarga tegishli bo‘ladi. Homiylik tashkiloti homiylik faoliyatini amalga oshirish uchun tuzilgan nodavlat notijorat tashkiloti ekanligi belgilandi.

    Homiylik oluvchi jismoniy shaxslar homiylik xayriyalarining miqdori va ulardan maqsadli foydalanilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni ushbu xayriyalarni bergan shaxslarning talabiga ko‘ra taqdim etadi.

    Homiylik xayriyalarini yig‘ish 

    Homiylik xayriyalarini yig‘ish muayyan homiylik oluvchilarning manfaatlarini ko‘zlab, oldindan e’lon qilingan muddat davomida amalga oshiriladi.  Homiylik xayriyalari homiylik tashkilotlari, homiylikni amalga oshiruvchi yoki homiylik oluvchi yuridik shaxslar tomonidan o‘z bank hisobvaraqlariga pul mablag‘larini o‘tkazish orqali, naqd yoki mol-mulk shaklida yig‘ilishi mumkin. Ular tomonidan homiylik xayriyalarini naqd pul shaklida yig‘ish faqat xayriya qutisi yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul shaklidagi homiylik xayriyalarini ularning bank hisobvaraqlariga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazish hollari bundan mustasno.

    Homiylik tashkilotlari va homiylikni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar yig‘ilgan homiylik xayriyalari miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotni homiylik xayriyalari yig‘ish jarayoni tugagach, 1 kun ichida OAV yoki o‘z rasmiy sayti yoxud ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qiladi. Ular yig‘ilgan homiylik xayriyalaridan homiylik maqsadida foydalanilgani to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni tegishli soliq hisobotida aks ettirishi shart.

    Jismoniy shaxs homiylik xayriyalarini faqat o‘zi yoki yaqin qarindoshlari (ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukasi, opa-singillari, eri yoki xotini, farzandi, bobosi, buvisi, nevaralari, shuningdek erning yoki xotinning ota-onasi) uchun o‘z bank hisobvaraqlariga yoki shaxsiy bank kartasiga pul o‘tkazish orqali, naqd pul yoki mol-mulk shaklida yig‘ishga haqli.

    Ko‘ngillilar homiylik oluvchilarning manfaatlarini ko‘zlab, homiylik xayriyalarini yig‘ishga faqat e’lon berish orqali ko‘maklashadi. Bunda homiylik xayriyalarini yig‘ish homiylik oluvchi jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari nomlariga ochilgan bank hisobvaraqlariga yoki shaxsiy bank kartalariga pul o‘tkazish orqali yoki ularga bevosita naqd pul (mol-mulk) berish orqali, shuningdek, homiylik oluvchi yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlariga pul o‘tkazish yoki ularga mol-mulk berish orqali amalga oshiriladi. Begonalar uchun xayriya yig‘ilayotgan bo‘lsa, jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan bank hisobvaraqlari yoki shaxsiy bank kartalari raqamlari haqida e’lon berishiga yo’l qo‘yilmaydi.

    Xayriya qutilaridan foydalanish tartibi

    Homiylik xayriyalarini yig‘ish uchun xayriya qutilaridan faqat homiylik tashkilotlari, homiylikni amalga oshiruvchi va homiylik oluvchi shaxslar foydalanadi. Xayriya qutini shaffof bo‘lishi va uni ochiq joyi homiylik tashkilotining, homiylikni amalga oshiruvchi yoki homiylik oluvchi yuridik shaxsning rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan hamda muhrlangan qog‘ozli plomba yoki raqamlangan plomba bilan plombalangan bo‘lishi shart.

    Illyustrativ foto

    Xayriya qutisidagi yig‘ilgan pul quti to‘lganda, to‘plangan mablag‘lardan foydalanish ehtiyoji yuzaga kelganda yoki homiylik xayriyalarini yig‘ish muddati tugaganda olinadi. Xayriya qutisi homiylik tashkilotining, homiylikni amalga oshiruvchi yoki homiylik oluvchi yuridik shaxsning vakolatli xodimi tomonidan kamida ikki nafar xolis hozirligida u o‘rnatilgan joyda ochiladi va hisoblab chiqiladi. Qutini ochish va pullarni sanash videoga olinadi. Pullar qutidan olingan kuni yoki keyingi ish kunida homiylik tashkilotining, homiylikni amalga oshiruvchi yoki homiylik oluvchi yuridik shaxsning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazilishi shart.

    Bu qoidalar ehson qutilarini o‘rnatgan diniy tashkilotlarga va ular tomonidan tashkil etilgan jamoat fondlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Fuqarolar tomonidan homiylik xayriyalarining olinishi ularning qonunchilikda belgilangan boshqa yordam turlaridan, to‘lovlardan yoki imtiyozlardan foydalanishini cheklash yoki to‘xtatish uchun asos bo‘lmasligi belgilandi.

    Homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibini buzganlik uchun javobgarlik

    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks bunday huquqbuzarlik bo‘yicha yangi modda — homiylik to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish  nomli modda bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibini buzish fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 million 236 ming so‘mdan 2 million 60 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 7 baravarigacha (2 million 60 ming so‘mdan 2 million 884 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Xayriya qutisini o‘rnatish va undan foydalanish tartibini buzish fuqarolarga huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

    26 avgust, 17:25   Izoh (0)   681
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Uyda yolg‘iz” komediyasining yulduzi Makoley Kalkin hozir qanday yashaydi?

    Kino | 26 avgust, 20:55

    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport

    Reklama | 26 avgust, 20:15

    “Tramp Modiga to‘rt marta qo‘ng‘iroq qildi, biroq u gaplashishdan bosh tortdi” — OAV

    Dunyo | 26 avgust, 20:45

    Google Play’da pul o‘g‘irlaydigan o‘nlab ilovalar aniqlandi

    Dunyo | 26 avgust, 20:35

    Reuters fotojurnalisti agentlikni “Isroil targ‘iboti”da ayblab, ishdan bo‘shadi

    Dunyo | 26 avgust, 20:23

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    Dunyo | 26 avgust, 20:10

    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi

    Reklama | 26 avgust, 18:00

    “Trampning Rossiyaga nisbatan sabri tugashiga umid qilaman” — Finlyandiya prezidenti

    Dunyo | 26 avgust, 19:55

    UzAutoMotors yangi avtomobil taqdim etdi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 19:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.