O‘zbekistonga asosan 31-55 yoshdagi turistlar kelgani ma’lum bo‘ldi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar—iyul oylarida jami 6,3 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Ularning yosh bo‘yicha taqsimoti quyidagicha
- 0-18 yosh — 849 947 nafar;
- 19-30 yosh — 1 030 286 nafar;
- 31-55 yosh — 3 196 729 nafar;
- 56 yosh va undan kattalar — 1 242 157 nafar.
2025-yil yanvar—may oylarida O‘zbekistonga 4,2 million nafar chet el fuqarolari sayohat uchun kelgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yil mos davridagiga qaraganda 1,4 million nafarga (48,2 foiz) ko‘p. Eng ko‘p sayyohlar Qirg‘izistondan tashrif buyurgan — 1 280,1 ming nafar — 1,3 million nafar. Keyingi o‘rinlarni Tojikiston (993,7 ming nafar) va Qozog‘iston (889,6 ming nafar) vakillari band etgan. Qolgan davlatlardan kelgan sayyohlar soni quyidagicha:
- Rossiya — 334,3 ming nafar;
- Afg‘oniston — 199,2 ming nafar;
- Turkmaniston — 142,5 ming nafar;
- Turkiya — 65,8 ming nafar;
- Xitoy — 51,9 ming nafar;
- Hindiston — 28,5 ming nafar;
- Italiya — 17,4 ming nafar;
- Boshqa davlatlar — 201,1 ming nafar.
Taqqoslash uchun, 2023-yil yanvar—may oylarida O‘zbekistonga 2,6 million nafar sayyoh kelgandi. Ular orasida eng ko‘pi Tojikiston (797,8 ming nafar) fuqarolari bo‘lgan. Keyingi o‘rinni qozog‘istonliklar (656,5 ming nafar) egallagan. Qirg‘iziston fuqarolari esa uchinchi o‘rinda (649,5 ming nafar) qayd etilgan. Yaʼni ikki yil ichida qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga sayohat qiluvchilar soni ikki baravar ortgan. 2023-yilning dastlabki besh oyida respublikaga 9,6 ming nafar xitoylik sayyohlar kelgan. Ular soni ikki yilda qariyb besh baravardan ortiq o‘sgan.
Izoh (0)