Energetika vazirligi 2022-yilning yanvar—noyabr oylarida respublikada ishlab chiqarilgan va iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi bo‘yicha ma’lumot e’lon qildi.
Qayd etilishicha, bu vaqt davomida jami 67,2 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu 2021-yilning mos davriga nisbatan 2,8 mlrd kVt-soatga yoki 4,4 foizga ko‘pni tashkil qiladi.
Yanvar-noyabr oylarida respublika iste’molchilariga 56,4 mlrd kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bo‘lib, bu 2021-yilning mos davriga nisbatan 3,4 mlrd kVt-soatga yoki 6,3 foizga ko‘pni tashkil etgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)