• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yunusoboddagi metro fojiasiga 3 yil to‘lsa-da, yaralar bitmagan, va’dalar bajarilmagan (foto va video)

    Toshkent metropolitenining Yunusobod bekati qurilishi Qashqadaryo viloyatida yashovchi 4 ta xonadon va Samarqanddagi 2 ta xonadon vakillari qatori butun o‘zbekistonliklar uchun “qimmatga tushgan”. 2019-yil 18-dekabr kuni ro‘y bergan baxtsiz hodisa olti nafar marhum yaqinlarining qalbida bir umrlik kemtik hosil bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

    Yunusobodda yerosti metrosining yangi qurilayotgan qismida 2019-yil 18-dekabr kuni tuproqning qisman ko‘chishi yuz berdi. Voqea mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida sodir bo‘lgan. Hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, shu vaqt metro qurilishi tarafdan juda baland, portlashga o‘xshash ovoz eshitilgan. Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotiga ko‘ra, qurilish maydonida 250 metr kub tuproq ko‘chgan. IIV huzuridagi Tergov departamenti keltirgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chkiga davomiy yomg‘ir sabab bo‘lgan — yomg‘ir suvlari kotlovan (poydevor) oldida suv haydash uchun qurilgan lotok va beton to‘siq orasidagi tuproqni yumshatib yuborgan.

    Voqea sodir bo‘lgan paytdagi holat.

    Voqea sodir bo‘lgan paytdagi holat.
    Foto: Facebook

    Hodisadan so‘ng olti kishi — samarqandlik Zarif Karimov va Ixtiyor Rahmatov, qashqadaryolik Davronbek va Oybek Abdullayevlar, shuningdek Jonibek Ravshanov hamda Anvar Diyorovlar jasadi tuproq ostidan olib chiqildi. 2020-yil fevralda hukumat komissiyasi fojia sababini ma’lum qildi va voqeaga “xandaq qiyalik devorini mustahkamlash ishlari jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, loyihadan chetlanish holati mavjudligi, yog‘ingarchilik suvlari hamda oqava quvurlaridan sizib chiqqan suvning intensiv tuproqqa shimilishi” sabab bo‘lganini bildirdi. 2020-yil avgustida fojia joyidagi “Yunusobod” metro bekati foydalanishga topshirildi.

    Toshkentdagi “Yunusobod” metro bekati. 2019-yil 18-dekabr kuni tuproq o‘pirilishi hodisasi shu yerda yuz bergan.

    Toshkentdagi “Yunusobod” metro bekati. 2019-yil 18-dekabr kuni tuproq o‘pirilishi hodisasi shu yerda yuz bergan.
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    “Daryo” internet nashri Yunusobod fojiasiga 3 yil to‘lishi munosabati bilan fojia qurbonlarini yodga oldi.

    Ixtiyor Rahmatov.

    Ixtiyor Rahmatov.
    Foto: “Daryo”
    O‘sha yili 16-dekabr kuni o‘g‘lim Ixtiyorjonni ko‘rib kelish uchun qurilish joyiga bordim. O‘g‘limga kerakli narsalar olib berib, qaytdim. 18-dekabr kuni qizlarim va jiyanlarim kelgani uchun somsa qildik — Yunusobodga boramiz dedim. Shunda singlim telefon qildi va ukam qo‘ng‘iroq qilganini, Yunusoboddagi metro qurilishida ishlayotgan o‘g‘lim Ixtiyorjonning oyog‘i singanini aytdi. Voqea joyiga qanday borganimni bilmayman. Borganimda o‘g‘lim Baxtiyorjonni ko‘rdim, ammo Ixtiyorimni ko‘rmadim. Qayerda desam, shifoxonaga olib ketdi deyishdi. O‘g‘limni o‘sha kuni ham, undan keyin Samarqandga olib borishganida ham ko‘rsatishmadi. O‘g‘limni 16-dekabrda ko‘rganim, undan keyin ko‘rmadim, — deydi marhum Ixtiyor Rahmatovning onasi Farog‘at Turopova.

    Farog‘at Turopova.

    Farog‘at Turopova.
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev
    Farog‘at opaning eslashicha, Ixtiyor vafot etgan paytida 23 yosh bo‘lgan.
    Uylantiraman desam, onajon hali uylanolmayman, peshonamda nima bor, nima yo‘q. Uyim bo‘lmasa derdi. Bolamning ko‘ngli sezgandek, birovning bolasini baxtsiz qilmay debdi. Avval hayotim yaxshilansin, uy-joy qilay derdi, — deydi marhumning onasi.

    Voqea sodir bo‘lgan paytdagi holat.

    Voqea sodir bo‘lgan paytdagi holat.
    Foto: Facebook
    “Orzusi Toshkentdan uy olish edi, armon bo‘lib qoldi”
    Ixtiyorjonim o‘limidan keyin men xor bo‘ldim. Menga uning o‘limi uchun berilayotgan pul va mol-dunyo ham kerak emas. Bolam yonimda bo‘lsa shuning o‘zi yetarli edi. Uning mehrini men hech qayerdan topolmayman. Bolam boshqacha mehrli inson edi. Ishdan kelgach, onajon deb salom berishi, ishga ketguncha ko‘rishguncha onajon deyishlarini eslasam, judayam ezilaman. Orzusi Toshkentdan uy olish edi — nasib qilmadi. Orzulari armon bo‘ldi, — deydi onaizor.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev
    Farog‘at opa farzandi o‘limidan keyin xor-u zorlikda yashayotganini, uning o‘rnini hech kim bosolmasligini, o‘g‘li tirik bo‘lganida uning hayoti boshqacha bo‘lishini aytmoqda.
    U tirikligida hatto do‘kondan non ham olib kelmasdim. Har doim onajon deb, ko‘nglimni ko‘tarardi. Betobligim bois ko‘nglim nimani istasa, muhayyo qilardi. Ko‘chada sochiga oq tushgan insonni ko‘rsa otajon, onajon deb hurmatini joyiga qo‘yardi. Yuki bo‘lsa qo‘lidan olib, xizmatini qilardi. Men ham qariganimda odamlardan qaytadi derdi, — deydi Farog‘at opa.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Marhum Jonibek Ravshanovning bevasi Dilobar Bahromovaning aytishicha, ularning to‘yi 2018-yil oktabr oyida bo‘lgan bo‘lib, ular atigi bir yildan oshiqroq yashagan.

    Dilobar Bahromova.

    Dilobar Bahromova.
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev
    Yaxshi insonga hayot yo‘q deyishadi, shu boisdanmi turmush o‘rtog‘im ko‘p yashamadi. U inson men uchun dunyodagi eng yaxshi inson edi. Mehribon inson edi. 2019-yil 1-noyabr kuni turmush o‘rtog‘im ishlash uchun Toshkentga ketdi. O‘sha yilning dekabr oyi boshida telefon orqali gaplashganimizda turmush o‘rtog‘im metropoliten qurilishiga ishga jo‘natishyapti dedi. Borishimiz majburiy ekan dedi. Ammo men bu ishga borishlarini istamay, bormang, yer ostida ishlash qiyin dedim. Yo‘q, men sog‘-omon uyga qaytaman degandi. Ammo uyga o‘ligi qaytdi, — deydi marhumning bevasi.

    Jonibek Ravshanov.

    Jonibek Ravshanov.
    Foto: “Daryo”
    Dilobar Bahromova fojia sodir bo‘lgan kuni marhum turmush o‘rtog‘i soat 10:00 larda unga SMS yozganini, yer ostida ishlashlarini aytib, aloqa bo‘lmasligidan ogohlantirganini aytmoqda.
    O‘sha kuni qaynakam uyga yig‘lab kirganda avvaliga hayron qoldik. Keyin qaynonam kuyovi bilan gaplashganda erimning ismini aytishib, oyog‘iga armatura tushib ketibdi. Oyog‘i sinibdi, yo‘lda ekan, kelishayotgan ekan deyishdi. O‘sha kuni kechroq esa mahalla ahli, shuningdek, qarindoshlar to‘n va do‘ppi kiyib kirib kelishdi. Ularni ko‘rib men hayron qoldim va bundan jahlim chiqdi. Shunda qaynonamga o‘g‘lingiz tirik bo‘lsa, bular bu kiyimda turmay chiqib ketishsin dedim. Qaynonam esa o‘g‘lim tirik dedi. Shu bilan men qizim bilan bo‘lib qoldim. Kechasi esa erim vafot etganini aytishdi, — deydi suhbatdosh.

    Marhum Jonibek Ravshanovning qizi.

    Marhum Jonibek Ravshanovning qizi.
    Foto: Dilobar Bahromovaning shaxsiy arxivi
    Marhumning ayoli turmush o‘rtog‘i vafotidan keyin yolg‘iz qizi bilan ota-onasining uyida yashayotganini aytmoqda.
    Turmush o‘rtog‘imning vafotidan so‘ng oilaviy kelishmovchilik sabab qizim bilan ota-onamning uyida yashay boshladim. 2021-yil talabalik baxtiga erishdim. Qizim uch yoshni to‘ldirib, to‘rtga qadam bosdi. Allohga shukr, yaxshi. Ammo shu vaqt mobaynida hech kim bizdan xabar olmadi. Tayinlangan nafaqa pullari ham 2022-yilning yanvar oyidan beri to‘lanmayapti, — deydi marhumning xotini.

    Voqea sodir bo‘lgan paytdagi holat.

    Voqea sodir bo‘lgan paytdagi holat.
    Foto: Gazeta.uz
    Dilobarning aytishicha, turmush o‘rtog‘ining o‘limidan so‘ng unga va farzandiga to‘lanishi lozim bo‘lgan nafaqa pullarini qaynonasi olib kelgan. Shundan so‘ng u qaynonasini sudga bergan va bu mablag‘larni undirgan.
    Shahrisabz tumanlararo sudi sudyasi dastlab menga qarshilik qildi. Keyin sudda vaziyatim og‘irligini aytib, menga ham farzandim bilan yashashim uchun pul kerakligini bildirdim. So‘ngra sudda kelishuv bo‘lib, qaynonam menga berilishi kerak bo‘lgan pullarni qaytardi. Lekin ayni kunga kelib, yil davomida olishimiz kerak bo‘lgan nafaqa pullarini ololmayapmiz. Javobgar tashkilot SBK Universal Construction Group rahbariga murojaat qilsak, to‘lab beramiz deyishdan nariga o‘tmaydi, — deydi Jonibek Ravshanovning bevasi.

    Dilobar Bahromova.

    Dilobar Bahromova.
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Farog‘at opaning aytishicha, unga o‘g‘lining o‘limidan so‘ng SBK Universal Construction Group korxonasi mas’ullari nafaqa olib turishi uchun plastik kartochka ochib bergan. Ammo shu o‘tgan yillar davomida bir so‘m ham nafaqa to‘lamagan.

    Baxtiyormi, Bahrommi degan odam menga plastik qilib berdi va o‘g‘limning o‘limi uchun menga nafaqa tayinlanganini, oyma-oy pul tushishini aytdi. Ammo shu paytgacha bir so‘m ham tushmadi. Har doim plastikni tekshirib turaman. Ammo pul tushmagan, — deydi Ixtiyorning onasi.
    Marhum Ixtiyor Rahmatovning onasi Farog‘at opa 2022-yilning 30-oktabr kuni YTHga uchragan. Onaxonning aytishicha, uni Matiz urib ketishi oqibatida ikki oyog‘i va qo‘llari singan. Ayni paytda davolanmoqda.

    Farog‘at Turopova.

    Farog‘at Turopova.
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev
    Peshonamda shu kunlar ham bor ekan. O‘g‘limni qaro yerga qo‘ydim, o‘zim bu ahvolda yotibman. Yana qancha sinovlari bor bilmayman. Menga qarayotgan o‘sha bolam edi. Shukrki, yana ikki o‘g‘lim bor. Ammo ularning uy-joyi, xotin-bolasi bor. Oilasidan ortmaydi. Qizlarim esa birovning qo‘liga qaragan insonlar, — deydi o‘g‘lining o‘limidan keyin ovora bo‘lib qolganini aytgan onaizor.
    Ma’lum bo‘lishicha, SBK Universal Construction Group korxonasi Oybek va Davron Abdullayevlarning yaqinlariga to‘lanishi kerak bo‘lgan nafaqa pullarini ham to‘lamay kelmoqda.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    2022-yilning yanvar oyidan beri nafaqa pullarini ololganimiz yo‘q. Bu haqda javobgar tomonga qayta-qayta murojaat qildik. Ammo foydasi yo‘q. Har safar metropolitendan pul olsam, to‘lab beraman deydi. Nega unda boshida javobgar sifatida shu metropolitenni belgilashmadi, — deydi Marhum Oybek Abdullayevning bevasi Gulshan Namozova.

    Marhum Oybek Abdullayevning bevasi Gulshan Namozova hamda farzandlari.

    Marhum Oybek Abdullayevning bevasi Gulshan Namozova hamda farzandlari.
    Foto: Gulshan Namozovaning shaxsiy arxividan

    Haqiqatan ham joriy yil boshidan beri shu muammo bor. Bir yildan beri nafaqa pullari to‘lanmayapti. Murojaat qilsak, to‘lab beramiz deyishdan nariga o‘tishmaydi, — deydi marhum Davronbek Abdullayevning akasi Toshpo‘lat aka Abdullayev.

    Toshpo‘lat Abdullayev.

    Toshpo‘lat Abdullayev.
    Foto arxiv: “Daryo”

    “Daryo” nashri ushbu savolga javob izlab,  SBK Universal Construction Group korxonasining Sanjar ismli mas’uli bilan bog‘lanishga urindi. Ammo bir necha urinishlar besamar yakunlandi. Mas’ullar bilan bu borada gaplashish imkoni bo‘lmadi.

    O‘sha paytdagi mas’uliyatsizlik sabab olti nafar inson vafot etdi. Barcha marhumlarning oila a’zolari bor. Ularning qo‘liga qaragan farzandlari bor. Qizim dadasini judayam ko‘p so‘raydi. Qayerga borsa, tanimagan insonlar dadangni yaxshi ko‘rasanmi yoki onangni deya savol berishsa, dadam osmonga, Allohning oldiga ketgan, dadam kelmayapti deydi. Akalarim uyga kelishsa ham, tog‘a dadamni olib kelmadingizmi deb so‘raydi. Ona uchun bolaning bunday qiynalishi azob ekan, — deydi marhum Jonibek Ravshanovning xotini.
    Aniqlanishicha, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 31-yanvardagi dalolatnomasiga asosan, har bir jabrdiyda xonadoniga 100 million so‘mdan, 2020-yil sentabr oyida esa 161 million so‘mdan pul to‘lab berilgan. Keyinroq marhum qashqadaryolik Anvar Diyorovning bevasi Lobar Rahmonova boquvchisini yo‘qotgani uchun berilgan tovon puli to‘liq emas, deb hisoblab, qaynatasi va qaynakasi bilan birga turmush o‘rtog‘i ishlagan SBK Universal Construction Group qurilish kompaniyasiga nisbatan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan. Sudda Lobar Rahmonova oilaning farzandlari uchun tayinlangan har oylik kompensatsiya va bir martalik nafaqa umuman to‘lanmaganini qayd etgan. Shuningdek, u marhum umr yo‘ldoshining vafoti tufayli yetkazilgan ma’naviy zarar uchun to‘lov undirishni ham so‘ragan.

    Sudning 2020-yil 27-noyabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, javobgar SBK Universal Construction Group’dan da’vogar Lobar Rahmonovaning uch nafar farzandining har biriga 16 yoshga to‘lgunga qadar hamda eng kichik farzandi 3 yoshga to‘lguniga qadar uning o‘ziga ham, ya’ni Lobar Rahmonovaga har oyda 727 ming so‘mdan kompensatsiya, 100 million so‘m bir martalik kompensatsiya va yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 300 million so‘m kompensatsiya undirish belgilangan. Ayni kunga qadar bu pullar to‘lab berilgan yoki berilmagani haqida “Daryo”da aniq ma’lumot yo‘q.

    Fotokollaj: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lgani shuki, qolgan to‘rtta xonadon vakillari — marhum Oybek va Davron Abdullayevlar, Jonibek Ravshanov hamda Ixtiyor Rahmatovlarning yaqinlari ham fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudiga shikoyat qilib, 4 nafar marhumning o‘limi uchun javobgarlardan 300 million so‘mdan 1 milliard 200 million so‘m kompensatsiya to‘lab berilishini talab qilgan.

    Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2022-yilning 29-iyuldagi qaroriga ko‘ra, “Toshkent metropoliteni” UK va “Ko‘prik qurilish” UK trestidan solidar tartibda SBK Universal Construction Group korxonasi foydasiga 1 milliard 26 million so‘m moddiy zarar undirilishi, shuningdek 4 nafar da’vogar tomonlarning har biriga 300 million so‘mdan ma’naviy zarar to‘lab berilishi borasida qaror qabul qilgan. Biroq, javobgarlar sudning mazkur qaroriga norozilik bildirib, kassatsiya shikoyatini kiritgan.

    Shundan beri javobgar tomon sudni qoldirishni so‘rab sudga iltimosnoma kiritaveradi. Sud esa doim aytilgan vaqtda bo‘lmay, ortga suriladi. 16-dekabr kuni bo‘lishi kerak bo‘lgan sudga borsak, endi sudya almashibdi. Yangi sudya ish bilan tanishib chiqishi uchun vaqt ketishini aytib, yana sudni qoldirdi, — deydi Dilobar Bahromova.
    Marhum Ixtiyor Rahmatovning onasi Farog‘at opa o‘g‘li va uning sheriklari vafot etgan metro bekatiga ularning nomi berilishi va’da qilingani aytilsa-da, va’da bajarilmaganini aytmoqda.
    O‘g‘lim va uning sheriklar shu metro qurilishida shahid ketdi. Ularning nomi metro bekatiga berilishi va’da qilingan edi. Ammo bu va’da ham bajarilmaydi, — deydi u.

    18.12.2022, 15:22   Izoh (0)   45380
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident topshirig‘iga ko‘ra Toshkentning barcha tumanlaridagi ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish ishlari olib borildi

    18.12.2022, 15:08

    Xorazmda fermer xo‘jaligi yeridagi 83 tup daraxt qo‘porilgani aniqlandi

    18.12.2022, 14:11

    Navoiydagi gaz zapravkada tuman elektr tarmoqlari korxonasiga tegishli Damas yonib ketdi (video)

    18.12.2022, 13:29

    Prokuratura Yakkabog‘da o‘lik holda topilgan 45 yoshli erkak ishi bo‘yicha ma’lumot berdi

    18.12.2022, 12:09

    Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 20-dekabr kuni bo‘lishi kutilmoqda

    18.12.2022, 11:50

    O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

    18.12.2022, 10:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK’dan 5 daqiqada InfinBLACK kredit kartasi 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Korzinka “365 kun” brendini yangilamoqda: keng assortiment va sifat – har kuni 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz VoWiFi texnologiyasini ishga tushirmoqda


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Portativ geyming evolyutsiyasi: ROG Ally X o‘yin konsoli haqida nimalarni bilish kerak?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Yevropa Chempionlar Ligasining yangicha formati: asosiy o‘zgarishlar va buning muxlislarga qanday foydasi bor?

    30.08.2024, 10:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

    O‘zbekiston | 11 may, 20:20

    Superliga. “Navbahor” minimal hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 11 may, 20:09

    Lab bo‘yog‘i nega uzoq turmaydi: siz bilmagan 5 xato

    Layfstayl | 11 may, 19:50

    Makron Ukrainaga qancha harbiy yuborilishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 11 may, 19:21

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.