Navoiy viloyatining Uchquduq tumanidagi metan zapravkada Damas yonib ketdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, voqea 16-dekabr kuni soat 19:25 larda Uchquduq tumanidagi metan zapravkalarning birida yuz bergan. Tuman elektr tarmoqlari korxonasiga tegishli Damas gaz to‘ldirib, chiqib ketayotganida avtomobilda to‘satdan yong‘in chiqqan.
Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, yong‘in mashina texnik nosozligi oqibatida qisqa tutashuv yuz bergani sababli sodir bo‘lgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar va zapravka xodimlari yordamida bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, gaz zapravkaga ham zarar yetmagan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)