• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent metrosining “Yunusobod” yo‘lidagi 2 ta yangi bekat qurib bitkazildi (foto)

    Toshkent metrosining “Yunusobod” yo‘nalishidagi “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlari to‘liq qurib bitkazildi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasi tomonidan ma’lum qilindi.

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Kompaniya tomonidan xabar berilishicha, uzunligi 2,9 kilometr bo‘lgan “Turkiston” va “Yunusobod” metro bekatlarida qurilish-montaj va pardozlash ishlari nihoyasiga yetib, “Shahriston” bekatiga ulandi. Metro poyezdlarining sinov tariqasida harakatlanish ishlari amalga oshirildi.

    Ushbu loyiha “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “Ko‘prik qurilish tresti” unitar korxonasi tizimidagi 67-Ko‘prik qurilish otryadi mutaxassislari tomonidan bajarildi. “Toshkent metro loyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati loyihalari asosida bunyodkorlik ishlari bajarilgan obyektning umumiy qiymati 103,8 million dollarni tashkil etadi.

    Ta’kidlanishicha, ushbu loyihaning yerosti tunnel qismini burg‘ulash ishlari Germaniya texnologiyasi asosida mexanizatsiyalashtirilgan kompleks yordamida amalga oshirildi hamda yuqori sifatli temir-beton tyubinglar o‘rnatildi. Har bir bekat kompleks qurilishida monolit beton uslubi qo‘llanildi.

    Ma’lum qilinishicha, quruvchi mutaxassislar tomonidan yerosti tunnel qismining o‘ng va chap yo‘nalishi bo‘yicha burg‘ulash ishlari 100 foiz bajarilib, “Shahriston” bekatiga ulandi. Tunnel qismining ikki yo‘nalishi bo‘yicha kommunikatsiya (elektr va aloqa kabellarni tortish) ishlari yakunlandi. “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlarida qurilish-montaj va pardozlash ishlari ham yakuniga yetdi hamda bekatlarning 4 tomonli piyodalar o‘tish yo‘laklari to‘liq qurib bitkazildi.

    Shuningdek, yerosti tunnel qismi va bekatlarning o‘ng va chap yo‘nalishlarida 2,9 kilometrdan iborat temiryo‘llarni yotqizish, elektr va aloqa o‘tkazgichlarini o‘tkazish ishlari bajarilib, ushbu yotqizilgan temiryo‘ldan metro poyezdlari sinov tariqasida harakatlandi. “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlari bezaklarida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish xomashyolaridan foydalanib, zamonaviy turniketlar, yerosti tunnel qismi va bekatlarida esa elektr tejamkorli yoritish chiroqlari o‘rnatildi.

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Imkoniyati cheklangan, ko‘zi ojiz yo‘lovchilar uchun bekatlar platformasida maxsus bo‘rtib chiqqan taktil plitkalar yotqizilgan. Shuningdek, bekatlarga tushish va chiqish zinalarida nogironlar aravachasi bilan kirib-chiqishda foydalaniladigan zamonaviy qiyali elektromobil aravachalar o‘rnatilgan.

    Ma’lum qilinishicha, qurilish ishlarida Germaniya hamda Italiya korxonalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy qurilish texnikalaridan ham foydalanildi. Xususan, ikkita 220 tonnali yukni ko‘taradigan zanjirli kran, uchta 70 tonnali yuqori aniqlikdagi (teleskopik) avtokran, ishlab chiqarish quvvati soatiga 20 va 40 kub metrni tashkil etuvchi mobil beton zavodlari, metalloprokatga ishlov beruvchi 14 ta qurilma, ikkita o‘ta og‘ir, 350 tonnali yuklarni tashuvchi avtoulov hamda qurilish qoziqlari qoqadigan va burg‘ulash uskunalaridan yerosti bekati hamda yo‘nalishlarini qurishda foydalanildi.

    Ta’kidlanishicha, “Turkiston” bekati o‘ziga xos ko‘rkam dizayni bo‘yicha Toshkent metropolitenining hech bir bekatini takrorlamaydi. Ushbu bekatning chap va o‘ng tomonidan ikkitadan, jami to‘rtta kirish yo‘lagi qurildi va atrofi obodonlashtirilib, zamonaviy monitorlar o‘rnatildi.

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Bekatning ichki qismi oppoq marmar plitalar bilan bezatilgan bo‘lib, 100 metrli perron va unda ikki qator oq marmar toshlar bilan pardozlangan ustunlar o‘rnatilgan. Bekat devorining bir tomoniga O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda Turkmaniston davlatlarining diqqatga sazovor joylari, tarixiy maskanlari, ikkinchi tomoniga esa O‘zbekistonning qadimiy Buxoro, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri hamda Farg‘ona viloyatining tarixiy maqbaralari, muqaddas qadamjolari mozaika ko‘rinishidagi suratlarda ishlangan.

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Bekatning har bir hududi to‘liq kuzatuv va xavfsizlik kameralari, konditsionerlar hamda havo ventilyatorlari va tovush chiqaruvchi texnikalar bilan jihozlangan. Bekatlarga kirish va chiqish hududlarida yo‘nalish belgilari o‘rnatilgan.

    Qayd etilishicha, “Yunusobod” bekati “Turkiston” bekatiga nisbatan qurilishi va bezak berish uchun ishlatilgan materiallar rangi va ko‘rinishi hamda dizayni bo‘yicha biroz farq qiladi. Ikki bekat ko‘rinishi va fasadi bir-birini mutlaqo takrorlamaydi. “Yunusobod” bekatining ichki qismi hamda 100 metrli perron o‘ziga xos qiya shaklida bunyod etilgan. Perron o‘rtasida bir qatorli naqshinkor ustunlar bunyod etilgan.

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari”

    Bekatga kirish qismida Toshkent shahrining zamonaviy va qadimiy ko‘rinishi aks etgan tasviriy oyna ko‘rinishidagi suratlar o‘rnatilgan. Bekatning ikki tomoni esa oltita zamonaviy monitor bilan jihozlangan.

    Yunusobod yo‘nalishi yangi bekatlar bilan hisoblaganda sakkizta bekatdan iborat: Ahmad Donish ko‘chasida qurilgan “Tukiston”, “Yunusobod” hamda mavjud “Shahriston”, “Bodomzor”, “Minor”, “Abdulla Qodiriy”, “Yunus Rajabiy”, “Ming o‘rik”. Ushbu yo‘nalish “Yunus Rajabiy” bekatidan “Chilonzor” yo‘lining “Amir Temur”, “Ming o‘rik” bekatidan esa “O‘zbekiston” yo‘lining “Oybek” bekatiga ulanadi.

    Mavzuga doir: Toshkent metropoliteni — bekatlarining nomi juda ko‘p o‘zgargan yerosti saroyi

    Ma’lum qilinishicha, ushbu yangi bekatlar foydalanishga topshirilgach, bir kunda “Yunusobod” bekatida qo‘shimcha 5 ming yo‘lovchiga, “Turkiston” bekatida esa 2,5 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

    Avvalroq Toshkent halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan Do‘stlik—Qo‘yliq metro liniyasi qurib bitkazilgani haqida xabar berilgandi.

    Eslatib o‘tamiz, “Yunusobod” yo‘lining ikkinchi bosqichi hamda yerusti halqa metro yo‘lining birinchi bosqichini 2020-yil martida foydalanishga topshirish rejalashtirilgandi.

    Ma’lumot uchun, “Yunusobod” yo‘lining mazkur ikkita yangi bekatini qurish ishlari chog‘ida 2019-yilning 18-dekabr kuni tuproq o‘pirilib tushishi oqibatida olti nafar ishchi halok bo‘lgan.

    Mavzuga doir:

    • Sergeli yerusti metro liniyasida dastlabki relslarni o‘rnatish boshlandi (foto)
    • Sergeli metro liniyasining qurilishi qanchaga tushishi aniq bo‘ldi

    15.06.2020, 19:55   Izoh (0)   49439
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘aygan bemorlarni reabilitatsiyaga kuzatish tajribasidan voz kechildi

    15.06.2020, 19:44

    Surxondaryoda koronavirusga chalingan yangi bemorlar haqida ma’lumot berildi. Viloyatning 7 hududida karantin choralari kuchaytirildi

    15.06.2020, 19:08

    O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati biroz pasayadi

    15.06.2020, 18:56

    O‘zbekiston OTMlariga kirish uchun 2020-yilda 7 toifadagi 8694 nafar abituriyentga imtiyozli davlat granti ajratiladi

    15.06.2020, 18:21

    Samarqandda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 11 nafari tuzaldi. Ular orasida 2 yoshli bola ham bor

    15.06.2020, 17:53

    O‘zbekistonda OTMga kirish imtihonlarini 1-avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda

    15.06.2020, 17:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.