• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    2022-yilda ota-ona bo‘lgan jahonga mashhur juftliklar (foto)

    2022-yil aksariyat mashhur insonlar oilasiga yangi jajji mehmon tashrif buyurib, ularni xursand qildi. Lisa nashri 2022-yilda ota-ona bo‘lgan mashhur juftliklar haqida ma’lumot berdi.

    Kayli Jenner va Trevis Skott

    Fevral oyi boshida, ya’ni 2022-yilning 2-fevralida Kayli va uning sevgilisi, reper Trevis Skott ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi. Mashhur juftlikning oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi, bundan tashqari ularning to‘rt yoshli Stormi ismli qizi ham bor.

    Qizig‘i shundaki, ko‘pchilik Jenner farzand dunyoga keltirishni chiroyli sanada rejalashtirgan deb o‘ylagan, ayrimlar esa uning Yangi yil bayramidan oldin farzand dunyoga keltirishini taxmin qilgan. Biroq Kayli bu taxminlarning hech qaysiga izoh bermadi.

    Kayli farzandiga Vulf deb ism qo‘ydi, biroq keyin fikrini o‘zgartirganini ma’lum qildi, u hozircha bu qanday ism ekanini aytmagan. “O‘g‘limiz bundan keyin Vulf deb nomlanmaydi. Bu chaqaloq uchun to‘g‘ri ism emasligini tushundik. Bundan tashqari, biz bu so‘nggi paytlarda juda mashhur bo‘lib ketganini payqadik”, — deydi Jenner.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Rozi Xantington-Uaytli va Jeyson Stetxem

    Rozi ham shu yilning fevral oyi boshida ona bo‘ldi. Model va aktyor Jeyson Stetxemning oilasida Izabella ismli qiz farzand dunyoga keldi. Juftlikning Jek Oskar ismli besh yoshli o‘g‘li ham bor.

    Qizig‘i shundaki, Rozi va Jeyson 12 yildan beri birga yashaydi, biroq rasman nikohdan o‘tmagan, aktyor 2016-yilda o‘z sevgilisiga turmush qurishni taklif qilgan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges

    Shu yilning aprel oyida Krishtianu va uning sevgilisi egizak farzandli bo‘ldi. Biroq egizak farzandlardan biri tug‘ilish jarayonida vafot etdi, shuning uchun mashhur juftlik uzoq vaqt o‘ziga kela olmadi.

    “Biz kichkina farzandimizning vafot etganini chuqur qayg‘u bilan e’lon qilamiz. Bu har qanday ota-ona boshdan kechirishi mumkin bo‘lgan eng katta og‘riqdir. Faqatgina qizimizning tug‘ilishi bizga bu onni umid va baxt bilan o‘tkazishga kuch beradi. Shifokorlar va hamshiralarga qo‘llab-quvvatlagani hamda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiramiz. Chuqur qayg‘udamiz va bu juda og‘ir vaqtda turli xil asossiz ma’lumotlar tarqatmaslikni so‘raymiz. Bolam, sen bizning farishtamizsan. Biz seni abadiy sevamiz”, — deydi Ronaldu.

    Futbolchi qiziga Bella Esmeralda deb ism qo‘ydi. Juftlikning 3 yoshli Alana Martina ismli qiz farzandi bor. Shuningdek, Rodriges Ronalduning surrogat onadan tug‘ilgan uch nafar farzandiga ham onalik qiladi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Priyanka Chopra va Nik Jonas

    Yanvar oyida Priyanka va Nik Malti Mari ismli qizga ota-ona bo‘ldi. Qizaloqni surrogat ona tug‘ilishidan 12 hafta oldin dunyoga keltirgan. Malti Mari juda kichkina va biroz zaif bo‘lgani uchun u deyarli to‘rt oyni kasalxonada o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi, biroq mashhur juftlik farzandini ommaga ko‘rsatmaydi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Sofi Tyorner va Jo Jonas

    Sofi 2020-yilda birinchi qizi Villa tug‘ilgandan so‘ng, ikkinchi marotaba farzandli bo‘lishni xohlayotganini tan oldi. Biroq u roppa-rosa ikki yildan so‘ng o‘z istagini amalga oshirdi. Sofi va uning turmush o‘rtog‘i, xonanda Jo Jonas 2022-yilning iyul oyida ikkinchi qizaloqqa ota-ona bo‘ldi. Biroq juftlik hozirgacha farzandining ismini ommaga ma’lum qilmagan.

    Foto: Lisa

    Foto: Lisa

    “Men uchun hayotning mazmuni – kelajak avlodni tarbiyalash. Hayotdagi eng ajoyib narsa qizimning kuchayib borayotganini ko‘rishdir. Biz oilamiz kattalashganidan juda xursandmiz. Bu dunyodagi eng yaxshi ne’mat”, — deydi aktrisa.

    Jennifer Lourens va Kuk Maroni

    Jennifer homiladorligini juda uzoq vaqt davomida, paparatssilar uni sirini ochishga muvaffaq bo‘lmaguncha yashirdi. Biroq, farzandini dunyoga keltirishi haqida uning o‘zi emas, insayderlar gapirgan. Aktrisa va uning turmush o‘rtog‘i Kuk Maroni oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi, ular o‘g‘liga Say ism qo‘ydi.

    Foto: Lisa

    Foto: Lisa

    Rianna va A$AP Rocky

    Butun dunyo homilador Riannaning modadagi chiqishlarini qiziqish bilan kuzatib bordi. May oyida Rianna o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi, biroq xonanda hozircha uning ismini aytmaydi va chaqaloqning suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishdan bosh tortadi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Ed Shiran va Cherri Siborn

    Britaniyalik musiqachi Ed Shiran va uning rafiqasi Cherri ham may oyida ota-ona bo‘ldi. Juftlik ikkinchiga qiziga g‘ayrioddiy — Yupiter Siborn ismini qo‘ydi. “Sizlarga shuni ma’lum qilmoqchimanki, bizning oilamizda yana bir ajoyib qizaloq dunyoga keldi. Ikkalamiz ham oilamiz to‘rt kishiga ko‘payganidan juda xursandmiz”, — deydi Shiran.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Kventin Tarantino va Daniela Pik

    Mashhur Gollivud rejissori, uzoq vaqt bo‘ydoq bo‘lgan va 55 yoshida, bundan to‘rt yil oldin isroillik xonanda Daniela Pikka bilan turmush qurdi. Xonanda Kventindan 25 yosh kichik, 2020-yilda juftlik Leo ismli o‘g‘ilga ota-ona bo‘ldi va 2022-yilning iyul oyida ularning qiz farzandi Isroilda tug‘ildi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Hilariya va Alek Bolduin

    Joriy yilning sentabr oyida Gollivud aktyorining oilasi yanada kengaydi — uning rafiqasi yettinchi farzandini dunyoga keltirdi. Alek va Hilariyaning oilasida yana bir qiz farzand dunyoga keldi. “Biz sizga o‘zimizning kichkina orzumiz Ilariya Katalina Irenani tanishtirishdan juda xursandmiz”, — deydi aktyorning rafiqasi ijtimoiy tarmoqlarda. 2021-yilning mart oyida juftlikning yana bir qizi surrogat ona orqali dunyoga kelgan edi.

    Foto: Lisa

    Foto: Lisa

    Adriana Lima va Andre Lemmers

    2021-yilda braziliyalik model prodyuser Andre Lemmers bilan uchrashishni boshladi va shu yilning kuzida juftlik Siyan ismli o‘g‘il farzandga ota-ona bo‘ldi. “Bu ko‘rinadigan yorug‘lik spektrida yashil va ko‘k o‘rtasidagi rang. Sian — Bora-Bora va Maldiv orollaridagi suvning rangi, bizning oilamiz sevadigan joylar. Sian bizning sevimli rangimizga aylandi. Bu kichkina bolakayimizning ko‘z rangi”, — deydi Adriana. Ma’lumot uchun, Limaning serbiyalik basketbolchi Mark Yarich bilan birinchi turmushidan ikki qizi bor.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Mavzuga doir: 

    • “Yetarlicha ideal emas”: tashqi ko‘rinishi tufayli kastingdan o‘tolmagan mashhurlar (foto).
    • Ishdan haydalgan Madonna, uxlab qolgani uchun aktrisa bo‘lgan Meril Strip, uyida sher va fil boqqan Melani Griffit — mashhurlar haqida siz bilmaydigan qiziqarli faktlar.
    • Mashhurlar qanday uylarda yashaydi? Eng zamonaviy uylarning betakror interyerlari.
    • Maykl Jekson, Nikolas Keyj va boyligini birdaniga yo‘qotib, kambag‘alga aylangan boshqa badavlat mashhurlar (foto).

    18.12.2022, 10:36   Izoh (0)   23246
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Yangi uyga ko‘chgan Yulduz Turdiyeva, oyog‘ini jarohatlab olgan Durdona Qurbonova, Dildora Niyozova Umra safaridan qaytdi

    17.12.2022, 22:13

    2022-yilda eng ko‘p tomosha qilingan 10 ta turk seriali

    17.12.2022, 15:50

    Kichkina demang bizni: juda past bo‘yli mashhurlar va ularning oilalari (foto)

    17.12.2022, 14:52

    Demi Mur 60 yoshda. Aktrisa chiroyli qarish uchun foydalanadigan 5 ta usul

    17.12.2022, 10:38

    84 yoshli Gollivud aktrisasi Jeyn Fonda saraton kasalligini yengdi

    17.12.2022, 09:25

    Jonni Depp bedavo dardga chalingan jajji muxlisiga Jek chittak obrazida murojaat yo‘lladi (video)

    16.12.2022, 21:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.