• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Tog‘lik kuyov” 23 yoshda: O‘z davrining eng kassabop filmlaridan biri qanday suratga olingan?

    “Tog‘lik kuyov” filmi bundan roppa-rosa 23 yil avval katta ekranga chiqarilgan. Filmning muvaffaqiyatiga ko‘pchilik shubha bilan qaragan bo‘lsa-da, u o‘z davrining eng kassabop filmlaridan biri bo‘lgan. Sodda va samimiy qahramonlari bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan film qanday yaratilgan?

    “Rejissorlar rad etgan ‘Tog‘lik kuyov’ ”

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    — Film ssenariysini qashqadaryolik ijodkor Xayrullo Ergashev yozgan. U Toshkentga kelib, bir nechta rejissorlarga va kinostudiyalarga ssenariysini taklif qilgan. Ammo hech kim bunday mazmundagi film suratga olishni istamagan. O‘shanda filmning yordamchi rejissori Ashur Shokirov ssenariyni Mashrab Kimsanovga ko‘rsatgan. Mashrab akaga o‘zbekona ruhdagi voqealik ma’qul bo‘lib: “Bo‘ldi, filmni men suratga olaman”, degan. Ko‘pchilik filmni ikkita rejissor suratga olgan deb bilar ekan. Rahmatli Ashur Shokirov filmda yordamchi rejissor bo‘lgan, postanovkasi rejissor vazifasini faqatgina Mashrab Kimsanov bajargan, — deydi rejissorning turmush o‘rtog‘i Adolat Kimsanova.

    “Ko‘p aktyorlar filmda suratga tushishni istashmagan”

    Foto:Filmdan kadr

    Foto:Filmdan kadr

    — Avvaliga ko‘pchilik ijodkorlar film muvaffaqiyatiga ishonishmagan. Shuning uchun ham ko‘p aktyorlar Mashrab akaning taklifini rad etishgan. Ayniqsa, Madina Muxtorova roliga juda ko‘p aktrisalar taklif etilgan. Ammo hammasi turli bahonalar bilan suratga tushishni istamagan. U paytlarda Madina Muxtorova faqat teleloyihalarda suratga tushadigan aktrisa edi. “Tog‘lik kuyov”dagi roli faoliyatida o‘ziga xos o‘rin egalladi. Hatto, u intervyularining birida rolni rad etgan aktrisalarga minnatdorchilik ham bildirib o‘tgandi, — deydi Adolat Kimsanova.

    “Xolmurodni ko‘taradigan ot topilmagan”

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    — Mashrab aka bosh rol ijrochisi Yo‘lchi Ortiqov bilan Qozog‘istondagi syomkalarning birida tanishib qolgan. O‘shanda Yo‘lchi Ortiqov Mashrab akaga kaskadyorlik qilgan ekan. “Yonish kerak bo‘lgan sahnani ham tabiiy o‘ynadi”, deb rosa maqtagandi. Haqiqatan ham Yo‘lchi Ortiqov iste’dodli aktyor va sport ustasi. Ammo uning ham o‘ziga yarasha qaysarliklari bor. Mashrab aka u bilan yaxshi til topishgani uchun suratga olish maydonchasida deyarli qiyinchilik tug‘ilmagan. Faqatgina Oqtosh qishlog‘ida Yo‘lchini ko‘taradigan baquvvat ot topolmay rosa xunob bo‘lishgan. Bittagina ot topilgan, ammo u ham chopag‘on emas, oddiy hashaki ot bo‘lgan. Film ssenariysiga ko‘ra, Yo‘lchi ot chopdirib kelishi va u belgilangan manzilga kelganida ulov ikki old oyog‘ini ko‘tarishi kerak edi. Aksiga olib, ot oyoqlarini ko‘tarmagan. Shu bois bu sahna qayta-qayta dubl olingan, — deydi Adolat Kimsanova.

    “Tog‘lik kuyov bo‘lishni istamaganman”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlaganimdan so‘ng ketma-ket ikkita tarixiy filmga taklif qilishdi. 1998-yil rahmatli Shuhrat Abbosov “Jaloliddin Manguberdi” filmini suratga olishni rejalashtirgandi. Xuddi shu paytda Habibulla Fayziyevning “Alpomish” filmiga taklif qilindim. Lekin ikkalasida ham suratga tushish nasib qilmadi. “Jaloliddin Manguberdi” filmi ba’zi sabablarga ko‘ra suratga olinmaydigan bo‘ldi. Afsonaviy qahramon Alpomish filmda turyuklarni bajarishi shart emas va ko‘rinishi ham baquvvat bo‘lmasligi kerakligi haqida eshitib, havfsalam pir bo‘ldi. Shundan keyin Mashrab Kimsanov rejissorligida “Tog‘lik kuyov” telefilmi suratga olinadigan bo‘ldi. Unda tog‘lik kuyov — Xolmurod roliga 25 kishi sinovdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan. Mashrab aka: “Rolga ko‘rinishing ham ijrom ham mos kelyapti. Seni tasdiqladik”, dedi. Ammo bu rolda suratga tushgim kelmadi. Bu rol orqali masqarabozga o‘xshab qolaman, keyinchalik odamlar meni jiddiy rolda ko‘risholmaydi, deb o‘ylagandim, — deydi aktyor Yo‘lchi Ortiqov.

    “Syomkada kiyimlarimni qaychilab ketishgan”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Oradan ikki oycha vaqt o‘tgach, filmning suratga olish jarayonlari boshlandi. Bir kuni televideniyega ketayotsam, Navoiy ko‘chasida syomka bo‘layotgan ekan. Rahmatli To‘ti Yusupova va Ravshan Solihovni ko‘rib, ular bilan salomlashish uchun oldilariga bordim. Ravshan aka: “Qayerlarda yuribsan? Nega rolni o‘ynamayman deding? Mashrab qiynalib ketyapti”, deb kuyunib gapirdi. Shundan so‘ng filmda suratga tushishga rozi bo‘lganman. Uning muvaffaqiyatli chiqishini hech kim kutmagandi.Birinchi bo‘lib shaharda olinadigan kadrlar tasvirga olingan. Syomka bosh operatori Akmal Umarbekovning xonadonida bo‘lgan. Ijodiy jamoa bilan ahil bo‘lsak ham kimdir bu rolni ijro etishimni istamaganini payqaganman. Chunki syomkada kiyishim kerak bo‘lgan yaktak, shimlarni kimdir atayin qaychilab qo‘ygan. Ammo bu haqida hech kimga aytmaganman. Boshqa sahnalar suratga olinguniga qadar Chorsu bozoriga borib, o‘zimga mos yaktak-shim olib kelganman, — deydi aktyor Yo‘lchi Ortiqov.

    “Rejissorni qiynamaganmiz”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — “Tog‘lik kuyov” filmi bilan bog‘liq shirin xotiralar juda ko‘p. Mashrab aka rolga taklif qilganida “Komediya, mazza qilib o‘ynaydigan rol” deb maqtagan. Haqiqatan ham rejissor sifatida hech qanday chegara qo‘ymagan. Shuning uchun ham harakat va gap-so‘zlar juda samimiy chiqqan. Bundan tashqari, atrofimdagi aktyor va aktrisalar ham professional bo‘lgani uchun rejissorni qiynamaganmiz. Syomka jarayonidagi qahramonimning juda ko‘p gap-so‘zlari improvizatsiya natijasida paydo bo‘lgan. Xullas, hazil-huzul qilib, filmni suratga olganmiz, — deydi aktyor Botir Muhammadxo‘jayev.

    Foto: Skrin

    Foto: Skrin

    Film ijodkorlarining ta’kidlashicha, kelin-kuyovning ustidan gul sochish aynan “Tog‘lik kuyov” filmidan so‘ng urfga kirgan. Chunki syomka vaqtida gul topilmagan va yordamchilar rejissorning jahlini chiqarmaslik uchun hovlidagi qiyg‘os ochilgan atirgul yaproqlarini uzib, kelin-kuyovning ustidan sochishgan.

    Foto: Skrin

    Foto: Skrin

    Ssenariyga ko‘ra, Xolmurod To‘ti Yusupovaga “ena” emas, “buvi” deb murojaat qilishi kerak bo‘lgan. Ammo aktyor qishloqda hech kim buvi demasligini aytgan. Rejissor esa “Badiiy kengash nima derkan?” deb biroz ikkilangan.

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    Mashrab Kimsanov akyor va aktrisadan “Qani kuyov yuguring” qo‘shig‘iga ishlangan kompozitsiyada andijoncha raqsga tushishini so‘ragan. Ammo aktyor raqsga tushishga qiynalgani uchun “Tog‘lik odamlar raqsga tushishni bilmaydi”, deb o‘ziga xos xatti-harakatlar qilgan.

    Foto: Filmdan kadr

    Foto: Filmdan kadr

    Film premyerasi 1999-yili bo‘lib o‘tgan. U yillari kinoteatrlardagi sharoitlar talab darajasida bo‘lmasa-da, “Tog‘lik kuyov” yilning eng kassabop filmlaridan biri bo‘lgan.

    Eslatib o‘tamiz, filmda Yo‘lchi Ortiqov, Madina Muxtorova, To‘ti Yusupova, Botir Muhammadxo‘jayev, Ravshan Solihov, Barno Qodirova, Mehri Bekjonova, Orif Sultonov, Zuhra Otaboyeva, Xayrullo Ergashev, Maxfirat Siddiqova, Nodirbek Lutfullayev, Ulug‘bek Atabayev kabi aktyorlar suratga tushishgan.

    Tasvirga olish ishlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Oqtosh qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan. Suratga olish ishlari bir oyda yakunlangan.

    Mavzuga doir:

    • Epizod rollardagi mashhurlar, kompyuter grafikasisiz olingan sehrgarlik sahnalari. 27 kunda suratgan olingan “Yaratganga shukur” filmining muvaffaqiyati siri nimada?
    • “Opa-singillar” 10 yoshda: serial qanday suratga olingan? Bosh qahramonlar hozir qanday ko‘rinishda va nima bilan band?
    • “Osmondagi bolalar” 20 yoshda: Film qanday suratga olingan? Bosh qahramonlar bugungi kunda nima ish bilan band? (foto)

    16.12.2022, 14:53   Izoh (0)   49288
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Farzandli bo‘lgan Aziz Rametov, qizini uzatgan Mahmud Namozov, Shahzoda Matchonova xonadonidan reportaj

    15.12.2022, 22:32

    “Mening ko‘p oilaviy sirlarimni rahmatli dadam bilmay ketgan”. Muyassar Berdiqulova ota-onasi, bolalik yillari, hayotidagi qiyinchiliklari haqida

    15.12.2022, 19:23

    “Uenzdey” Netflix tarixida eng ko‘p tomosha qilingan ikkinchi serialga aylandi

    15.12.2022, 17:48

    Rejissor Jahongir Ahmedov Bahodir Yalangto‘sh haqida film suratga olmoqda (video)

    15.12.2022, 16:19

    “Quchoqlamoqchi bo‘lganimda ular o‘zlarini juda sovuqqon tutgan”. Megan Markl shahzoda Uilyam va Keyt Middlton u bilan qanday tanishgani haqida

    15.12.2022, 12:30

    “Oq nilufar”, “Ajdarho uyi”, “Uenzday”: “Oltin globus” mukofotiga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi

    15.12.2022, 09:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53

    O‘zbekistonda 6-iyul kuni havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 16:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.