• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Opa-singillar” 10 yoshda: serial qanday suratga olingan? Bosh qahramonlar hozir qanday ko‘rinishda va nima bilan band?

    Keyingi paytlarda yangi nomdagi seriallar tez-tez efir yuzini ko‘ryapti. Ba’zan ularning ko‘pligi va aktyorlar jamoasining bir-biriga o‘xshashligidan tomoshabin ham chalkashib ketadi. Ammo 10-15 yillar avval telekanallar ham, ularda namoyish etiladigan seriallar ham kam edi. Rejissor Zamira Begimqulovaning “Gulxan atrofidagilar”, “Tutash taqdirlar” va “Opa-singillar” kabi ijodiy ishlari serial taqchilligi davrida efir yuzini ko‘rgandi. Shu bois o‘zbek tomoshabinlari orasida bu serialni bilmaydiganlar deyarli topilmasa kerak.

    2022-yilda “Opa-singillar” seriali ilk marta televideniye orqali namoyish etilganiga 10 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova serial rejissori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zamira Begimqulova bilan suhbatlashdi. Rejissor suhbat davomida serialning suratga olinishi bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarni oshkor etdi.

    Serial olinishiga o‘g‘il ko‘rolmaslikda ayblangan ayollar sabab bo‘lgan

    Foto: Zamira Begimqulova arxividan

    Foto: Zamira Begimqulova arxividan

    — “Tutash taqdirlar” seriali namoyish etilganidan so‘ng, Nazar Eshonqul “Opa-singillar” seriali g‘oyasi ustida ishlashni taklif etdi. O‘sha yillari qiz farzand ko‘rgani uchun ajrimlar soni ortgani, o‘g‘il farzand ko‘rolmayotgan ayollar ruhiy tushkunlikka tushib qolgani haqidagi gap-so‘zlar tez-tez quloqqa chalinardi. Nazar Eshonqulning asosiy qahramoni Nafisa (Gavhar Sharipova ijro etgan) bo‘lishi kerak edi. Ammo ssenariy yozilish jarayonida qo‘shimcha personajlar hayoti ham ochilgan. Masalan, serial avvalida Nafisaning singillari Nasiba va Shahnozaga alohida e’tibor berilmagandi. Ammo ular orqali ma’lum bir muammolarni olib chiqishimiz mumkinligini hisobga olib, bu personajlarning ham serialdagi o‘rnini kengaytirganmiz.

    “To‘rt yil dam olishsiz ishladim”

    Foto: Zamira Begimqulova arxividan

    Foto: Zamira Begimqulova arxividan

    — 2010-yilda “Opa-singillar” serialini suratga olishni  boshlaganmiz. 2012-yili esa uning ilk qismi ekran yuzini ko‘rgan. Ijodiy guruh 4 yilda 140 qismli serial suratga olishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirgi ba’zi serialchilar nazarida bu uzoq muddatdek tuyulishi mumkin, ammo o‘sha vaqtdagi sharoit va badiiy saviyaga bu juda yaxshi natija edi. Birinchi faslining ovozlashtirish ishlari yakunlanmay turib, efirdan olib tashlangan turk seriali sabab yarim tayyor ishimiz efir yuzini ko‘rgan. Kunim dublyaj, montaj va syomka maydonchasida o‘tadigan bo‘lib qolgan. To‘rt yil davomida hech qanday dam olish kunisiz ishlashimga to‘g‘ri kelgan. Agar hozirgi “O‘zbektelefilm”dagi tartib bo‘yicha ishlaganimizda, 140 qismli serial uchun kamida 6-7 yil ishlashimiz kerak edi.

    “Gavhar Sharipova bilan ishlash qiyin edi”

    Foto: Zamira Begimqulova arxividan

    Foto: Zamira Begimqulova arxividan

    — Oldindan Gavhar Sharipova bilan ishlash qiyin ekanligini bilardim. Ko‘zimni yumib bo‘lsa-da, u bilan ishlashga qaror qilganman. Rahmatli Gavhar Sharipova yaxshi aktrisa edi, ammo fe’l-atvori og‘ir bo‘lgani uchun hamma undan qochardi. Rollar taqsimlanganida operator Sa’dulla O‘rinboyev oldimga kelib: “Opa, Gavharning qandayligini yaxshi bilardingiz-ku, yana u bilan ishlaysizmi?” degandi. Haqiqatan ham “Gulxan atrofidagilar” serialida Gavhar bilan ba’zi muammolar kelib chiqqandi. Ammo Gavharning ko‘zlarida dard bor edi. Syomka maydonchasiga o‘z vaqtida kelardi, aytilgan vazifani bajarardi. Ammo sho‘rlik puldan ancha qiynalardi. “Menga ko‘proq gonorar yozing, ahvolimni bilasiz-ku”, derdi. “Opa-singillar” serialining birinchi va ikkinchi fasllarida yaxshi ishlaganmiz. Ammo uchinchi fasli suratga olinayotganda ko‘p tortishganmiz, aksiga olib u roldan chetlashtirolmasligimni bilib, ko‘proq pul berishimni so‘rardi. Men ajratilgan puldan ortig‘ini berolmasligimni tushuntirardim. Xullas, kadr ortida mana shunday muammolar bo‘lgan. Serial prodyuseri Muzaffar Sa’dullayev (“Osmondagi bolalar” filmidagi Hamdam serialga prodyuserlik qilgan) bilan Gavharni rozi qilish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilgandik.

    “Rasulxonni rolga chaqirmayman, deb ahd qilgandim”

    Foto: Zamira Begimqulova arxividan

    Foto: Zamira Begimqulova arxividan

    — Ikrom roliga ham ham ba’zi muammolar bo‘lgan. Rasulxon Qodirxonovni “Tutash taqdirlar” serialiga taklif etgandim. Rolga tasdiqlanib, suratga olish ishlari boshlanishiga oz qolganida “Men teatrga ishga kiryapman, rahbarlar syomkalarga borishimni taqiqlashdi”, degan. Shundan keyin undan ranjib, endi rollarga taklif etmayman, deb ahd qilgandim. Ikrom roliga Elbek Fayziyevni olgandim. Ammo Nazar Eshonqul “Elbekda qashqadaryolik yigitlarga xos shaxt va shiddat bor. U o‘zbekning Romeosi yoki Otabegi bo‘lolmaydi”, degandi. Bu haqida uzoq o‘yladim. “O‘tkan kunlar”dagi Otabek ham ota-onasiga qarshi chiqolmaganidek, Ikrom ham shunday bo‘lishi kerak, degan to‘xtamga keldim. Ammo “Rasulxonni rolga chaqirmayman”, degan ahdim sabab boshqa aktyorlarni ham sinab ko‘rganman. Ijro yaxshi bo‘lsa-da, ulardan ssenariydagi Ikromni topolmaganman. Shunday keyin Rasulxon Qodirxonovni rolga chaqirganman.

    “Klon” serialidan olingan personaj

    Foto: Zamira Begimqulova arxividan

    Foto: Zamira Begimqulova arxividan

    — “Klon” serialini ko‘rganlar bo‘lsa, yaxshi bilishadi. Unda ko‘zlari ayyor va o‘ta ustomon Aliseniya degan obraz bor. Roldan ta’sirlanib yurganimda, xuddi shu aktrisani boshqa filmda ham uchratdim. Ikki rol bir-biridan tubdan farq qilardi. Yosh aktrisa Zahro Mirzayevani moslab, Aliseniyaga o‘xshash personaj yaratishga qaror qildim. Aktrisa “opa-opa” deb odamlarning ishonchini oladigan ayyor ayol rolini maromiga yetkazib ijro etgan.

    Serial “Osmondagi bolalar”dagi Hamdamning uyida olingan

    Foto: Zamira Begimqulova arxividan

    Foto: Zamira Begimqulova arxividan

    — Serial syomkalari juda uzoq vaqt davom etadi. Bu vaqt mobaynida uy egalari uy qurilishi va jihozlarning joylashuvini o‘zgartirmasliklari kerak. Albatta, bu narsa hammaga yoqmaydi. “Mehmonning izzati uch kun” deyishganidek, serialchilar ham tezda ularning joniga tegib qoladi. “Tutash taqdirlar” serialida uy-joy bilan bog‘liq muammolarga ko‘p uchraganmiz. Muzaffar Sa’dullayev muammo chiqmasligi uchun syomkaga o‘zi va qarindoshlarining uyini bergan. To‘rt yil davomida ulardan beminnat foydalanganmiz.

    Foto: Zamira Begimqulova arxividan

    Foto: Zamira Begimqulova arxividan

    Serialda bosh qahramonlarni gavdalantirgan aktyorlar

    O‘tgan vaqt mobaynida “Opa-singillar” serialida aktyor va aktrisalarning hayoti va faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lgani aniq. Хo‘sh, serial bosh qahramonlari ayni kunlarda nimalar bilan band?

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Serialda Diyora rolini ijro etgan Kamola Arslonova sakkiz yildan buyon Turkiyada yashaydi. Diyora taxallusi bilan ham ijod qilib, o‘nlab qo‘shiqlar ijro etgan aktrisa 2014-yilning dekabr oyida turkiyalik Mesut ismli tadbirkorga turmushga chiqqan. Ayni paytda Izmir shahrida oilasi bilan baxtli hayot kechirayotgan Kamola Arslonova ikkinchi farzandiga homilador. Uning to‘rt yoshli Axsen ismli qizi ham bor.

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Ikrom rolini ijro etgan aktyor Rasulxon Qodirxonov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqiy teatrida faoliyat yuritadi. U 25 yoshida “Opa-singillar” serialida suratga tushgan.

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Nargiza Shermatova 21 yoshida “Opa-singillar” serialida Nasiba rolini ijro etgan. U hozirgi kunda oilali va farzandi Yasinbekning tarbiyasi bilan band.

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Aziz Qobilov “Opa-singillar” seriali orqali debyut rolini ijro etgan. U ayni kunda O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritadi.

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Serialda Javlon rolini ijro etgan aktyor Elbek Fayziyev hozirgi kunda suratga olinayotgan ko‘plab tarixiy filmlarda suratga tushmoqda. U “Mendirman Jaloliddin” serialida ham ajoyib rolni ijro etgan.

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    Foto: Kollaj / “Daryo”

    “Opa-singillar” serialida Murod rolini ijro etgan aktyor Behzod Mirzayev hozirgi kunda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalarga aktyorlik mahorati fanidan saboq beradi.

    Foto: Kadr / YouTube

    Foto: Kadr / YouTube

    Serialdagi asosiy qahramon Nafisa rolini ijro etgan aktrisa Gavhar Sharipova 2019-yili vafot etgan.

    Mavzuga doir:

    • Gavhar Sharipova o‘limiga 2 yil to‘lishi arafasida “Bir jinoyat izidan” ko‘rsatuvi namoyish etildi. Unda aktrisaning shaxsiy hayotiga oid faktlar ham bor
    • “Muhabbat sinovlari”dagi Ruxshona, “Opa-singillar”dagi Nasiba va kinoda “yarq etib”, keyin ko‘rinmay qolgan boshqa qahramonlar hozir qayerda? (foto)
    • Fahsh sahnalar, “konfet” aktyor-aktrisalar, saviyasiz ssenariylar. Qo‘ziqorindek bolalagan o‘zbek seriallari haqida
    • “Tutash taqdirlar” serialidagi Ra’no obrazi bilan tomoshabinlar mehrini qozongan aktrisa hozir qayerda? (foto)

    25.04.2022, 15:52   Izoh (0)   65928
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jonni Depp 300 mln dollar va millionta alpaka uchun ham “Karib dengizi qaroqchilari”dagi Jek Chittak roliga qaytmasligini ma’lum qildi

    24.04.2022, 16:55

    Filmlardagi obrazlari ishonchli chiqishi uchun hayotini xavf ostiga qo‘ygan jahon kinosi yulduzlari (foto)

    23.04.2022, 21:57

    “Tor: Sevgi va yashin” filmining birinchi tizeri namoyish etildi

    22.04.2022, 16:46

    “‘Charxpalak’da suratga tushishni istamaganman” — aktrisa Tamara Hazratqulova ukrain millatiga mansub onasi va rollari hayotiga ko‘chishidan qo‘rqishi haqida

    22.04.2022, 10:59

    Birinchi qismidanoq tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan turk seriallari (video)

    21.04.2022, 20:49

    Ko‘p marta ko‘rgan bo‘lsangiz ham, sevimli filmlaringizdagi siz e’tibor bermagan holatlar (foto)

    21.04.2022, 13:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.