Noyabr oyida Rossiya neft va neft mahsulotlari eksportini aprel oyidan buyon maksimal darajaga ko‘tardi — kuniga 270 ming barreldan 8,1 million barrelgacha. Bu haqda “Daryo”ga Xalqaro energiya agentligi (IEA) hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Shu bilan birga, Rossiyaning eksportdan tushgan daromadlari noyabr oyida 0,7 milliard dollarga kamaydi va 15,8 milliard dollarni tashkil etdi.
Agentlik daromadning kamayish sababini Urals nefti narxining pasayishi va Rossiya xomashyosiga qo‘yilgan cheklovlarning oshishi bilan bog‘lamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning neft eksporti hajmi deyarli o‘zgarishsiz qolgan. Yevropa Ittifoqiga neft yetkazib berish kuniga 430 ming barreldan 1,1 million barrelgacha kamayganiga qaramay, umumiy hajm taxminan 5 million barrelni tashkil etdi.
Hindistonga xomashyo yetkazib berish hajmi yangi yuqori ko‘rsatkichga yetdi — kuniga 1,3 million barrel.
Shu bilan birga, Rossiyaning neft mahsulotlari, asosan dizel yoqilg‘isining eksporti sutkada 300 ming barrelga oshirib, 1,1 million barrelga yetdi.
Avvalroq yuqori narx chegarasi joriy etilganidan so‘ng Rossiya neftining narxi tushib ketgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)