• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    “Mehnat mavsumi oxirlab, sohadagi ishlar sarhisob qilinayotgan mana shu qutlug‘ damlarda siz, azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi kasb bayramingiz — Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ushbu shukuhli ayyomda, avvalo, halol peshona teri, fidokorona mehnati bilan yerdan noz-ne’mat undirib, hayotimizga qut-baraka, fayzu quvonch olib kiradigan mirishkor dehqonlarimiz, barcha soha xodimlariga eng ezgu tilaklarimizni bildiramiz.

    Biz sizlarning timsolingizda har qanday murakkab sharoitda ham o‘z kasbi va burchiga sodiq qolib, el-yurtimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan zahmatkash, mard va olijanob insonlarni ko‘ramiz. Ayniqsa, butun dunyoda iqlim o‘zgarib, yer va suv resurslari borasida ham turli muammolar ko‘payib borayotgan hozirgi vaqtda haqiqiy matonat va jasorat, omilkorlik fazilatlarini namoyon etib, barcha qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil yetishtirib kelayotganingiz yuksak tahsin va tasannolarga munosibdir”, — deyiladi tabrik matnida.

    Qayd etilishicha, sohani barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida agrar tarmoqda boshlagan islohotlari izchil davom ettiriladi. Xususan, qishloq xo‘jaligida suv ta’minotini yaxshilash, suv xo‘jaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshiriladi. Paxtachilik va g‘allachilikda bozor tamoyillarini keng joriy etish, ilmiy asosda mahsulot yetishtirish, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirish choralari kuchaytiriladi.

    Shu bilan birga, mahalliy sharoitga mos, arzon qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, ularni fermer va dehqonlarmizga imtiyozli shartlarda yetkazib berish, subsidiyalar ajratish va qo‘shimcha moliyalashtirish imkoniyatlari kengaytiriladi. Qishloq xo‘jaligida xizmat ko‘rsatish sifati va darajasini oshirish, amaliyot va ilm-fan integratsiyasini mustahkamlash masalalari ham e’tibor markazida bo‘ladi.

    Mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, bandlikni ta’minlash maqsadida boshlangan ijobiy tajriba davom ettirilib, dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun qo‘shimcha 100 ming gektardan ortiq yer aholiga tarqatiladi.

    “Mana shu quvonchli ayyomda o‘zining fidokorona mehnati, boy bilim va tajribasi bilan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi rivojini yangi bosqichga olib chiqishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan dehqon va fermerlarimiz, agroklasterlar rahbarlari va xodimlariga, sohada mehnat qilayotgan barcha vatandoshlarimizga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman”, — deyiladi prezident tabrigida.

    Ma’lumot uchun, 2017-yildan buyon O‘zbekistonda dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida bayram qilinadi.

    11.12.2022, 10:23   Izoh (0)   13793
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning Luvr ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan ilmiy katalogi chop etildi (foto)

    11.12.2022, 08:59

    Termizda elektr qarmoq bilan baliq ovlagan 2 fuqaro 45 mln so‘m jarimaga tortildi

    11.12.2022, 08:15

    “Ba’zi yigitlarning onasi ‘Yo meni tanla, yo ayolingni’, deb tanlov qo‘yyapti. Aslida onaning shunday shart qo‘yishi gunoh” — Nuriddin Xoliqnazarov

    11.12.2022, 00:57

    O‘zbekistonda o‘tgan sutkada 2470 nafar chaqaloq dunyoga keldi, ularning 11 nafari egizak

    10.12.2022, 22:04

    Andijonda YHXB xodimi 2 nafar piyodani urib yuborishi oqibatida ulardan biri vafot etdi

    10.12.2022, 21:00

    Rossiyada o‘zbekistonlik erkak mast tanishining qulog‘ini kesib tashladi. U voqea joyida halok bo‘lgan

    10.12.2022, 20:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    “Jaloliddin Masharipov uzoq muddatga safdan chiqdi” — manba

    Sport | 5 avgust, 23:05

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Bo‘stonliqdagi tog‘ga yuk mashinasida chiqindi to‘kkan fuqarolar jazolandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:58

    Gulistondagi drama teatrida chiqqan yong‘in qariyb 1 soatda o‘chirildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.