• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Aktrisa, ofitsiant, psixolog, suzuvchi va veb-dizayner: oddiy qizlarga uylangan shahzodalar (foto)

    Shahzodalar faqat ertaklardagina oddiy qizlarga uylanmaydi, real hayotda ham aktrisa, ofitsiant, psixolog yoki suzuvchi qizlar bilan oila qurgan aslzodalar bor: zamonamizning eng go‘zal va mashhur qirollik nikohi haqida ma’lumot beramiz.

    Garri va Megan — Britaniya shahzodasi va aktrisa

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2017-yilning 27-noyabr kuni dunyodagi eng mashhur shahzodalardan biri uelslik Garri amerikalik aktrisa Megan Marklni rafiqasi sifatida butun jamoatchilikka rasman tanishtirdi. Kinodagi faoliyati, turmushidan ajrashishi, kelib chiqishi va, albatta, irqiy mansublik, hatto bo‘lajak gersoginya terisining rangi ham muhokamadan chetda qolmadi — “bag‘rikeng” va “demokratik” dunyo bu yangilikdan aqldan ozay dedi.

    Mavzuga doir: Sobiq malikalar: rasmiy vazifalaridan voz kechib, o‘zi yoqtirgan faoliyat bilan shug‘ullanayotgan qirollik oilasi a’zolari

    To‘y marosimi butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarni televizor ekranlari va kompyuter monitorlariga mixlab, chinakam qirollik miqyosida bo‘lib o‘tdi. Sasseks gersogi va gersoginyasining nikohi hanuzgacha arxaik qadriyatlar va me’yorlariga to‘g‘ri kelmasligi muhokama qilinadi — ammo, xayriyatki, marhum qirolicha Yelizaveta ham, uning nabirasi Garri ham Meganni chin dildan yaxshi ko‘rdi va ularning bolalari — Archi va Lilibet yonida bo‘lishdan juda xursand bo‘lishdi. Keyinchalik ular oilasi bilan yangi hayot boshlash uchun vatani Buyuk Britaniyani tark etib, Amerikaga ketishga qaror qilishdi.

    Xokon va Mette-Marit — Norvegiya valiahd shahzodasi va ofitsiant

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Xokon va Mette-Marit 2001-yilda shov-shuvli janjaldan keyin turmush qurishadi. Norvegiya qirollik oilasi tengsiz nikohga unchalik qarshilik qilishmagan — bir vaqtlar qirol Xarald V Sonya ismli sotuvchi qizga uylangan, keyinchalik u Norvegiyaning sevimli malikasiga aylangan. Muammo bo‘lajak malikaning kelib chiqishida emas, balki uning juda “qora” o‘tmishida edi. Gap shundaki, Xokon bilan tanishishiga qadar Mette-Marit allaqachon ona edi. Ayolning taniqli narkodilerdan nikohsiz tug‘ilgan o‘g‘ilchasi bor edi. Bundan tashqari, Mette-Maritning o‘zi ham yoshligida taqiqlangan moddalarni iste’mol qilgan va hatto Norvegiyaning liberal qirollik oilasi ham bunday tarjimayi holni qabul qila olmasdi.

    Mavzuga doir: Ofitsiant qizlar bilan hayot yo‘lini bog‘lagan mashhurlar (foto)

    Ammo Xokon qarorida qat'iy turdi — Mette uning taqdiri ekanligini ta’kidladi. Shundan keyin ota-onasi ham o‘g‘lining baxtiga chin dildan quvonib, qarshilik qilishmaydi. Ularning to‘yi kuni Mette eri va o‘g‘lini mahkam quchoqlab, tinmay yig‘lagan.

    Emmanuel va Klotilda — Venetsiya shahzodasi va aktrisa

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2003-yil 25-sentabrda Venetsiya va Pyemont shahzodasi Emmanuel Filiberto de Savoy — XI asrdan beri mashhur bo‘lgan eng qadimgi Yevropa sulolalaridan birining vakili, yosh fransuz aktrisasi Klotilda Kurtoga uylandi. To‘y marosimi Santa Mariya del Anjeli soborida bo‘lib o‘tdi, bu yerda 1896-yilda kuyovning katta bobosi — Italiyaning bo‘lajak qiroli Viktor Emmanuel III ning ham nikohi bo‘lib o‘tgan.

    Ammo Emmanuelning ota-onasi o‘g‘lining tanlovidan mamnun emasdi – bo‘lajak kelinining nafaqat zodagon emasligidan, balki uning kasbidan ham xijolat bo‘lishdi. Klotildaning o‘zi butun umri davomida “qalb olijanobligiga” ishonib, zamonaviy aristokratiyaga dosh bera olmasligini tan oldi. Shunday qilib, shahzoda va aktrisa o‘rtasidagi romantika janrning barcha qonunlariga ko‘ra — nafratdan sevgigacha rivojlandi. Vanihoyat shahzoda bahorda qizga turmush qurishni taklif qildi va kuzda juftlik turmush qurdi. O‘sha paytda kelinning olti oylik homilasi bor edi, biroq ularning 1200 ga yaqin odam qatnashgan to‘yi dabdaba bilan o‘tdi.

    Mavzuga doir: Greys Kellidan Megan Marklgacha: Oligarx va qirollik oilasi vakillariga turmushga chiqqan aktrisalar (foto

    Bugungi kunda er-xotin ikki qizni tarbiyalamoqda va Italiyaning asosiy yulduzlari bo‘lib qolmoqda: shahzoda Emmanuel monarxiyaning tiklanishini faol ravishda qo‘llab-quvvatlaydi, malika Klotilda esa nafaqat erini qo‘llamoqda, balki qirollik a’zosi bo‘lishiga qaramay, o‘zi hamon filmlarda rol ijro etmoqda.

    Uilyam va Keyt — Britaniya shahzodasi va veb-dizayner, marketing bo‘yicha mutaxassis

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Butun dunyo tomosha qilagan dabdabali to‘ydan oldin juftlikning munosabatlari juda beqaror edi. Uilyam universitetda tanishgan do‘sti Keyt Middltonga hatto jurnalistlar “intizor Ketti” deb laqab qo‘yishgan. To‘g‘ri, Ketrin, haqiqatan ham, shahzodaning barcha o‘yin-kulgilari va uzoq davom etuvchi sayohatlariga sabr bilan chidadi, lekin kutilmaganda munosabatlarni o‘zi tugatdi.

    Munosabatlarga nuqta qo‘yilgach, Uilyam bir necha bor boshqa ayollar bilan muloqotda bo‘lgan, ammo xató qilganini anglagan shahzoda Keytga turmush qurish taklifini beradi. Mish-mishlarga ko‘ra, uzoqni ko‘ra oladigan buvisi Yelizaveta nabirasining uylanishiga hissa qo‘shgan — axir, mas’uliyatli va jiddiy Keyt, hatto qiz zodagon bo‘lmasa ham, qirolichaga juda yoqib qolgandi. Bundan tashqari Keytning onasi Kerol Middlton ham bu borada qiziga yaxshigina maslahatlar berib turgan.

    Mavzuga doir: Qizlarini bo‘lajak qirolicha va millioner xonim qilib tarbiyalagan sobiq styuardessa — Kerol Middlton hikoyasi (foto)

    2011-yilda to‘y bo‘lib o‘tdi. Hozirda juftlik baxtli oila bo‘lib, uch farzandni tarbiyalamoqda.

    Abdulla va Raniya — Iordaniya shahzodasi va bank xodimi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Raniya Faysal al-Yasin monarxiyaga hech qanday aloqasi bo‘lmagan oilada tug‘ilgan. Bo‘lajak qirolichaning kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan ota-onasi Kuvaytda yashagan. O‘z biznesini ochishni orzu qilgan Raniya Qohiradagi Amerika universitetida ta’lim oladi. O‘qishi tugagach, qiz Iordaniyaga ko‘chib keladi. Mahalliy Citibank’ka ishga joylashgan Raniya shu yerda shahzodani uchratadi.

    Mavzuga doir:  Zamonamiz Zolushkasi: Bir vaqtlar Apple kompaniyasiga ishga olinmagan Iordaniya malikasi Raniya al-Abdulla hikoyasi

    Abdullaning o‘zi esa o‘sha paytda podshoh bo‘lishni rejalashtirmagan edi: bir paytlar uning otasi podshoh Husayn taxtni o‘g‘liga emas, balki ukasiga topshirgan. Aslida Raniya taxt merosxo‘riga emas, balki oddiy Iordaniya shahzodasiga turmushga chiqqan. Biroq eng so‘nggi daqiqada qirol o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘liga valiahd shahzoda unvonini beradi, shuning uchun bugungi kunda Iordaniya tarixdagi eng mos qirollik juftligi bilan maqtanishi mumkin.

    Felipe va Letisiya — Asturiya shahzodasi va telejurnalist

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Felipe va Letisiya cho‘kib ketgan tanker haqidagi reportaj syomkasida tanishib qoladi — shahzoda bir ko‘rishda sevib qolgandi. Bir necha oy o‘tgach, jurnalistning qo‘lini so‘raydi. Bu to‘yni butun dunyo kuzatdi. Kelin nafaqat aslzodaligi bilan maqtana olmasdi, balki 1-turmushidan ajrashgan ham edi. Biroq qirollik oilasining boshqa iloji qolmagan: valiahd shahzoda Felipe ota-onasiga ultimatum qo‘yadi — yo to‘y yoki taxtdan voz kechish. Yaxshiyamki, Letisiyaning birinchi nikohi to‘ysiz bo‘lgan, shuning uchun hatto katolik cherkovi bo‘lajak Ispaniya qirolining ajrashgan ayol bilan nikohiga e’tiroz bildirmaydi.

    Mavzuga doir: Fotogalereya: Dunyoning go‘zal va mashhur birinchi xonimlari

    Bugungi kunda qirol Filipp VI va uning rafiqasi Letisiya oilaviy baxtning timsoli bo‘lib qolmoqda (er-xotinning ikki farzandi bor). To‘g‘ri, Ispaniya qirolichasi vaqti-vaqti bilan jamoatchilikni hayratda qoldiradi: qaynonasi bilan janjallashadi yoki rasmiy tadbirga mutlaqo mos bo‘lmagan kiyim kiyadi — sobiq jurnalist Letisiya sobiq hamkasblarining e’tiborini qanday jalb qilishni biladi.

    Karl Filipp va Sofiya — Shvetsiya shahzodasi va model

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu juftlikning taqdirlarini bog‘lashlari va birgalikda baxtli bo‘lishlari uchun nafaqat shved qiroli va qirolichasining donoligi, balki qirollik saroyining PR xizmatining ham hissasi katta. Shahzoda qaylig‘ining o‘tmishdagi karyerasi qora dog‘lardan xoli emasdi — yarimyalang‘och fotosessiyalar, ikkinchi darajali realiti-shoular va shov-shuvli vaziyatlar. Ammo shved shahzodasi unga oshiq edi, shuning uchun uning oilasi Sofiya Hellkvistni mukammal malika qilish uchun hammasiga ko‘z yumdi.

    Mavzuga doir: Zolushkalarning hayotdagi prototiplari: Hayotda haqiqiy shahzodalarni uchratgan oddiy ayollar (foto)

    Ularning to‘yi munosabatlar boshlanganidan yillar o‘tib, 2015-yilda bo‘lib o‘tdi. Bugun shahzoda Karl Filipp va malika Sofiya ikki yoqimtoy farzandni tarbiyalamoqda, umumiy xayriya loyihalarida ishtirok etib, birgalikda baxtli hayot kechirmoqda.

    Alber va Sharlin — Monako knyazi va suzuvchi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Monako shahzodasi Alber va Janubiy afrikalik professional suzuvchi Sharlin Vittstok tanishganidan 11 yil o‘tgach turmush qurishadi. Ularga rasmiy ravishda taqdirlarini bog‘lashlariga hech narsa to‘sqinlik qilmagan, chunki Greys Kelli davridan beri hech kim kichik knyazlikdagi kelishmovchiliklarga e’tibor bermaydi.

    Mavzuga doir: Belgiyadan Esvatinigacha: Turli mamlakatlarning malikalari qanday ko‘rinishga ega? (foto)

    Sharlin vatani Janubiy Afrikada eng yaxshi suzuvchilardan biri edi. U Monakoga  musobaqa tufayli keladi, lekin kutilmaganda o‘z sevgisini uchratadi. Bugungi kunda ularning nikohi unchalik yaxshi emasligi haqida gaplar tarqalgan. Biroq shuncha yil o‘tgach ham shahzoda va malika hali ham birga, go‘zal egizaklarni tarbiyalashmoqda — ajrashish niyatida emasga o‘xshaydi.

    Fumixito va Kiko — Yaponiya shahzodasi va psixolog

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Akisino shahzodasi Fumixito katta akasidan keyin Yaponiya taxtiga merosxo‘r sifatida ikkinchi o‘rinda turadi. Yaponiya imperator oilasidagi qoidalar qat’iy: bu yerda kelishmovchiliklar juda kam uchraydi. Bundan tashqari, agar kelin “xalq orasidan chiqqan” bo‘lsa, unda hech bo‘lmaganda moliyaviy jihatdan malika roliga mos kelishi kerak. Masalan, hozirgi imperator Michiko kelib chiqishi bilan maqtana olmasa ham uning otasi yirik tegirmon kompaniyasini boshqargan. Fumixitoning akasi mashhur diplomat Xisashi Ovadaning qiziga uylanadi, u hatto Yaponiyaning BMTda vakili bo‘lgan.

    Mavzuga doir: Foto: Dunyoning turli mamlakatlari malikalari qanday hayot kechiradi?

    Ammo akasidan oldin uylangan Fumixito o‘ziga boy bo‘lmagan qizni tanlaydi. Iqtisodiyot professorining qizi Kiko Kavashima bilan shahzoda Gakushuin universitetining birinchi kursida tanishadi va ko‘p o‘tmay unga turmush qurishni taklif qiladi. Sevishganlar to‘yni uch yil kutishi kerak edi — barcha rasmiyatchiliklar hal qilinmaguncha va Imperator uyi kengashi sulolada yangi oila yaratishga ruxsat bermaguncha ular shunday qilishga majbur bo‘ladi. Fumixito va Kiko 1990-yilda turmush quradi. Hozirda er-xotinning uchta farzandi bor: ularning eng kichigi shahzoda Hisahito hozirda Yaponiya taxtining bevosita vorisi hisoblanadi, chunki uning amakisi imperator Naruxitoning o‘g‘illari yo‘q.

    08.12.2022, 12:57   Izoh (0)   19911
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Nilufar Usmonovaning Shohruxxonga syurprizi, tug‘uruqxonadan chiqqan Oyxon Iforzoda, Malika Ravshanovadan yangi qo‘shiq

    07.12.2022, 22:41

    Yulduz shaxmatchilar: mashhurlardan kimlar shaxmat bilan jiddiy shug‘ullanadi?

    07.12.2022, 21:43

    Sahna ortidagi janjal, Sitoraning kelinsalomi, “Mario” va “I operatsiyasi”. “Dizayn shou”ning yangi konsert dasturidan reportaj (video)

    07.12.2022, 18:47

    Ijoddan baxt topgan, ammo shaxsiy hayotda omadi kulmagan va farzandli bo‘lolmagan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    07.12.2022, 15:04

    Sevimli filmlarimizning turli aktyorlar tomonidan ijro etilgan afsonaviy qahramonlari (foto)

    07.12.2022, 11:58

    “Dadamning boshqa oilasi bor, ulardan qizg‘anaman”. Xonanda Nargiz hayotidagi eng katta armoni — otasiz ulg‘aygani ekanligi haqida (video)

    07.12.2022, 09:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.