Xitoy va Rossiya qiruvchi samolyotlari Janubiy Koreyaning havo mudofaa zonasiga kirdi. Koreya bunga javoban o‘z qiruvchilarini havoga ko‘tardi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Xitoyning ikkita H-6 bombardimonchi samolyoti mahalliy vaqt bilan taxminan 05:50 da Janubiy Koreya havo mudofaasini aniqlash zonasiga kirib, chiqib ketgan. Bir necha soat o‘tgach, Xitoy samolyotlari Rossiyaning Tu-95 bombardimonchi va Su-35 qiruvchi samolyotlari bilan birga yana mudofaa zonasiga qaytgan. Ular Janubiy Koreya havo hududini buzmagan.
Xitoy bombardimonchi samolyotlari Sharqiy Xitoy dengizidan Yapon dengiziga parvoz qilganda Yaponiya ham o‘z samolyotlarini ko‘targan.
Eslatib o‘tamiz, havo hujumidan mudofaa zonasi — bu maxsus choralar ko‘rishni talab qiladigan makon. Bu hudud xalqaro qoidalar bilan tartibga solinmaydi. Moskva Janubiy Koreyaning havo hujumidan mudofaa zonasini tan olmaydi, Pekin esa bu mamlakat havo hududi emasligini, harakat erkinligi bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.
Izoh (0)