Rossiya Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federal xizmati shu kunlarda mamlakatda cho‘chqa grippi keng tarqalayotgani haqida xabar berdi. Hozirgacha ushbu virus davlatning 55 ta ma’muriy hududida ro‘yxatga olingan.
Xastalikning aniqlanayotgan mutatsiyalari orasida A (H1N1), A (H3N2) va B shtammlari ustuvorlik qilyapti. Mutaxassislarning izohlashicha, bu kasallikni an’anaviy gripp turlaridan alomatlari orqali farqlash qiyin. Chunki yuqori tana harorati, tomoq, bosh va mushaklardagi og‘riqlar, yo‘tal, holsizlik, bezovtalik kabi simptomlar har ikkisiga xos. Shu bois aniq tashxis qo‘yish uchun maxsus PZR testlari talab etiladi.
Ma’lumot uchun, 2009-yilda jahon bo‘yicha ommaviy cho‘chqa grippi epidemiyasi kuzatilgan edi. O‘shanda bir yil davomida 60,8 million nafarga yaqin odam ushbu xastalik bilan kasallangan. Bemorlardan 12,4 ming nafari infeksiya oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)