O‘zbekistonda kuz faslining oxirgi kunlari salqin va yomg‘irli ob-havo bilan kuzatiladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Ma’lum qilinishicha, 28-noyabr, dushanba kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Seshanba va chorshanba kunlari shimoliy hududlardan tashqari O‘zbekistonning qolgan barcha hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 29-noyabrda ayrim joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ushbu kunlarda harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.
O‘zbekistonda qish o‘z vaqtida boshlanadi. 1-dekabrga o‘tar kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 2-7 daraja iliqdan oshmaydi.
2-dekabrda kam bulutli va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kechasi 0-5 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 darajagacha iliq bo‘ladi.
29-noyabr—1-dekabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
Izoh (1)
Нега об-хаво маълумотларини ёзганда жануб вилоятларини ёзмайсизлар