• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonlik tadbirkor hokimlikdan pulini ololmayotganini aytdi, hokimlik esa hozir pul yo‘q demoqda

    Andijon viloyatining Paxtaobod tumani “Hayrabod” mahallasida yashovchi tadbirkor Abdurashid Zokirov “Daryo”ga murojaat qilib, uch yil avval tuman hokimi topshirig‘iga ko‘ra qurilish ishlarini bajarib, mablag‘ini ololmayotganini aytmoqda. “Daryo” muxbiri murojaatini o‘rganish maqsadida Paxtaobod tumanida bo‘ldi.

    Tadbirkor Abdurashid Zokirovning aytishicha, u 2019-yilda tumanning sobiq hokimi Mahmudjon Bozorovning iltimosiga ko‘ra, hokimlik va jamiyat o‘rtasida shartnoma tuzib, bir nechta qurilish ishlarini amalga oshirgan. Biroq oradan uch yil o‘tgan bo‘lsa-da, sobiq va amaldagi hokimlar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmay, qilingan ishlar uchun mablag‘ to‘lanmagan.

    Abdurashid Zokirov.

    Abdurashid Zokirov.
    Foto: “Daryo”
    Ushbu MCHJ boshlig‘ining dadasi va ta’sischisi bo‘laman. Shu sababli doimiy birga ish yuritamiz. 2019-yilda tuman hokimi Mahmud Bozorov oldiga chaqirib “Hoji aka, shu Paxtaobodimizning kirish qismida, daryo bo‘yida stella qurib, chiroyli qilib berasiz. Pulingizni to‘lab beraman”, dedi. Hokimga ishonib, ishni boshladik. Keyinchalik bevosita iltimoslarga binoan stelladan tashqari qolgan boshqa montaj ishlarini ham bajardik. Ammo uch yildan beri shu qilgan qurilish ishlarimizning pulini ololmayapmiz.

    Bir necha marotaba tuman hokimiga, moliya boshlig‘iga, kim qilingan ishlarga javobgar bo‘lgan bo‘lsa shularga uchrashib chiqdik. Lekin pul to‘lash bo‘yicha hech qanday siljish bo‘lmayapti. Mana shuning natijasida uyimizda tinch o‘tirolmayapmiz. Har kuni shuning ortidan o‘g‘lim bilan kelishmovchiliklar kelib chiqyapti. Vaholanki, bu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Qurilishlarga juda ko‘p material sarflaganmiz. Shu qurilish materiallari olgan do‘kon egalari, ya’ni bizdan haqdor bo‘lgan tadbirkorlar ham qarzni berishimizni tinimsiz talab qilishmoqda. Na ko‘chada, na uyda tinchlik bor. Hattoki juma namoziga chiqqanimizda ham to‘xtatib, qarzimizni so‘rayapti, — deydi murojaatchi tadbirkor.

    Tadbirkor Abdurashid Zokirovning aytishicha, tuman hokimligida jami 758 million so‘m mablag‘i bor.

    Foto: “Daryo”

    Tuman hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Zafarbek Fozilovning ta’kidlashicha, qurilish va montaj ishlari qonun doirasida sifatli va loyiha hujjatlari asosida qilingan. Bu bo‘yicha shartnoma ham qilingan. Biroq Fozilov to‘lov masalasida aniq ma’lumotga ega emasligini bildirgan.

    Hokim o‘rinbosari sifatidagi ish faoliyatimni 2022-yil mart oyidan boshlaganman. Ushbu qurilish firmasini yaxshi taniyman. 2019—2020-yillarda tuman hokimligi topshirig‘i bilan ijtimoiy soha obyektlari, bosh vazir qabulxonasi va tumanga kirishdagi joylarda stellalar qurilishini qilganidan xabarim bor. Lekin qo‘limda shu kunga qadar qaysi obyektlarda qancha mablag‘, moliyaviy ishlarda qancha qarzdorligi borligi bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q. Ammo hokimlikka ushbu masala bo‘yicha murojaat qilganidan xabarim bor.

    Qurilish yo‘nalishi bo‘yicha shaxsan o‘zimga berilgan savolga javob beradigan bo‘lsam, qilingan ishlarga hech qanday e’tirozim yo‘q. Hammasi qonun doirasida sifatli va loyiha hujjatlari asosida qilingan. Tuman hokimligi bilan shartnoma ham qilingan. Haqiqatda mablag‘ to‘lanish masalasi shaxsiy fikrimcha, tuman hokimligi tomonidan orttirilgan budjet mablag‘i hisobidan bajariladi. To‘lov masalasiga keladigan bo‘lsak, hozirda budjet qanday holatda ekanligi bo‘yicha aniq ma’lumotga ega emasman, — deydi Zafarbek Fozilov.

    Zafarbek Fozilov.

    Zafarbek Fozilov.
    Foto: “Daryo”

    Tuman hokimligining moliya bo‘limi boshlig‘i Javlonbek Faxriddinovning aytishicha, tadbirkorga orttirilgan mahalliy budjet mablag‘i hisobidan to‘lanishi belgilangan. Biroq mablag‘ turli daftarlar va ochiq budjet loyihalari uchun ajratilayotganligi sababli shartnomada belgilangan vaqtda to‘lanmasdan kelingan.

    Tadbirkor qurgan bino.

    Tadbirkor qurgan bino.
    Foto: “Daryo”
    Moliya bo‘limiga rahbar bo‘lib o‘tganimdan keyin “Paxtaobod qurilish sifat” MCHJning rahbari bir marotaba xat bilan murojaat qilgan. Ularning hokimlikdan haqdorliklaridan xabarim bor. Bu bo‘yicha tuman hokimligi orqali yuborilgan xatga ham, o‘ziga ham javob yozib berganman. Mablag‘ning nega hozirgi kunga qadar to‘lanmay kelayotganligi sababiga keladigan bo‘lsak, ushbu qarzdorlik tuman mahalliy budjetining daromadlari rejasidan ortig‘i bilan bajarilishi hisobidan to‘lanishi belgilangan.

    Hozirgi kunda daromadlarni ortig‘i bilan bajarilgan qismi prezident qaroriga asosan “ayollar”, “yoshlar” va “temir daftar”larga 15 foizdan, bundan tashqari ochiq budjet loyihalari uchun 30 foiz taqsimot qilinayotganligi sababli ortiqcha mablag‘ qolmayapti. Ya’ni belgilangan rejadan katta miqdorda mablag‘ orttirish imkoni bo‘lmayapti. Agarda to‘rtinchi chorakda daromadlar rejasi orttirilib bajarilsa, ushbu qismdan Хalq deputatlari tuman kengashining tegishli qaroriga asosan mablag‘ ajratib berishimiz mumkin. Agarda reja bajarilmasa, keyingi yilga ham o‘tishi mumkin, — deydi Javlonbek Faxriddinov.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    25.11.2022, 20:58   Izoh (0)   28240
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda bank xodimlari bankomatlardan qaytgan 400 mln so‘mdan ortiq pulni talon-toroj qildi

    25.11.2022, 20:27

    BAA kompaniyalari bilan “Navoiy” EIZ va Navoiy xalqaro aeroporti yuk terminalini boshqarish bo‘yicha hujjatlar imzolandi (foto)

    25.11.2022, 20:05

    “Hozir odamlarda mahalla raisi bo‘lish orzusi paydo bo‘lyapti” — Zafarbek Solijonov

    25.11.2022, 19:47

    “Quyi Chotqol” GES: xalq farovonligi yo‘lidagi yana bir yirik loyiha

    25.11.2022, 19:32

    Shavkat Mirziyoyev 250 mln dollarlik loyiha — “Zarafshon oyna” korxonasini ishga tushirdi (foto)

    25.11.2022, 19:16

    Qonun kuchga kirdi: tartibga bo‘ysunmaganlar bilan xayrlashiladi. “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga sharh (video)

    25.11.2022, 18:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Amerikalik olimlar fikrni ovozlantirish uchun miya implantini yaratdi

    Dunyo | 16 avgust, 14:14

    Jizzaxda maktabga ishga qabul qilish uchun pora so‘ragan masʼul qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 13:58

    “Manchester Siti” Rodrigo bilan 5 yillik shartnoma tuzmoqchi

    Sport | 16 avgust, 13:35

    Xitoyda 75 yoshli pensioner sun’iy intellektda yaratilgan ayol tufayli xotini bilan ajrashmoqchi bo‘ldi

    Layfstayl | 16 avgust, 13:23

    Xitoy hukumati armiya haqida noqonuniy kontent joylashtirgan bir qator onlayn manbalarni aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 13:15

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.