AQSHning Arizona shtatida Kongress saylovini qayta o‘tkazish kerak, dedi mamlakat sobiq prezidenti Donald Tramp.
“Bu saylovlar sharmandalik bo‘ldi. Respublikachilar saylov kuniga hamma narsani tayyorlab qo‘ygan edi, o‘sha kuni esa respublikachilarning ovoz sanash mashinalari buzilib qoldi. Hech bo‘lmaganda, Arizonada takroriy saylovlar o‘tkazilishi kerak”, — deb yozadi respublikachi Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Tramp 12-noyabr kuni ham shtatda takroriy saylov o‘tkazilishini talab qilib post yozgandi. Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, shtatdagi saylovlar,“korrupsioner” amaldorlarning harakatlari tufayli “buzilgan”. Uning ta’kidlashicha, shtatning markaziy qismidagi Marikopa okrugida elektron ovoz berish mashinalari ishlamagan va bu “faqat respublikachilar” hududlarida sodir bo‘lgan.
Noyabr oyi boshida AQSH Kongressining Senat va Vakillar palatasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Respublikachilar Vakillar palatasi ustidan, demokratlar esa Senat ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi. Arizonadan demokratik nomzod Mark Kelli senator bo‘ldi, deb yozadi The New York Times. U respublikachi Bleyk Mastersni 46,5 foizga qarshi 51,4 foiz ovoz bilan ortda qoldirgan.
Donald Tramp 2016-yilgi AQSH prezidentligi saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan edi.
Izoh (0)